Mavzu: Ishsizlik, uning turlari va O’zbekistonda bandlik muamollari
O’zbekistonda ishchi kuchi bandligi muammolari va ularni bartaraf etish
Download 56.88 Kb.
|
Ro\'zaRajabbayeva kurs ishi
O’zbekistonda ishchi kuchi bandligi muammolari va ularni bartaraf etish.
Bozor munosabatlariga o’tish davrida davlatning ijtimoiy siyosati faqat jamiyat a’zolari manfaatlarini himoya qilmasdan, balki mavjud ishchi kuchlarining ish bilan bandligini ta’minlashni ham o’z ichiga oladi.Ayniqsa, aholining o’sish yuqori sur’atlar bilan brayotgan va o’ziga xos aholi tarkibiga ega bo’lgan respublikamizda ishchi kuchining ish bilan bandlik masalasi eng muhim muammolardan biri hisoblanadi.mamlakatimizda turli xil islohatlar jarayonida aynan shu masalalarni hal etish uchun bir necha tadbirlar amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda. Birinchidan,keng faoliyat turlari, ya’ni yakka tartibli tadbirkorlikni kengaytirish uchun turli xil sharoitlar yaratib berish.buning uchun avvalo qishloq xo’jaligi xomashyosini qayta ishlash talab qilinadi,ya’ni bulardan tashqari xalq iste’mol mollarini, mahalliy xom ashyodan qurilish materiallarini tayyorlovchi xususiy korxonalarni rivojlantirish va ularni rag’batlantirib turish kerakdir. Ikkinchidan,xizmat sohasini rivojlantirish, aholiga ko’rsatilgan maishiy-texnika va qurilish bo’yicha xizmatlarini yanada kenggaytirish.Uchinchidan, qishloqda keng tarmoqli ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasni yaratib,shu orqali yangi ish o’rinlarini yaratib. Bu vazifalarni amalga oshirish uchun respublikamizda qishloq ijtimoiy infratuzilmasini rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish ishlari uzluksiz davom ettirilmoqda.To’rtinchidan,ishdan ma’lum bir sabablar bilan bo’shagan xodimlarni qayta tayyorlash va qayta o’qitishlarni tubdan o’zgartirish.Bunda ishdan bo’shagan va ishlashni istamagan shaxslarga qisqa davrda, bozor iqtisodiyotiga hamda iqtisodiyotning o’zgarib borayotgan tuzilishiga muvofiq keluvchi kasbkorni o’rgatishga e’tibor qaratish.shu maqsadda maxsus maslahat va o’quv markazlari,biznes maktablarning keng tarmog’ini yanada kengroq rivojlantirish ko’zda tutiladi.Beshinchidan,vaqtincha ishga joylashtira olmagan ishchi kuchini davlat tomonidan ishonchli tarzda o’z himoyasiga olish.Bu siyosat ularni o’ta zarur ehtiyojlarini qondirish va kafolatli tirikchilik manbalariga ega bo’lishiga qaratiladi. Ishchi kuchining ish bandligi muammosi ko’p qirrali bo’lib,u barcha odamlarga o’z qobilyatini ishga solishni,o’z o’z ehtiyojlarini qondirish maqsadida davlat va bozor mehanizimini vujudga keltirish; ishchi kuchini unumli va samarali ta’minlash; zarur hollarda ishchi kuchini iqtisodiy tarmoqlar va sohalar o’rtasida qayta taqsimlash kabi masalalarni o’z ichiga olish to’g’risida ko’rsatib o’tilgan. Mamlakatimiz Prezidenti “ Jahon moliyaviy iqtisodi inqirozi, O’zbekiston sharoitida uni to’laqonli bartaraf etishning yo’llari va choralari “ nomli asarida xizmat ko’rsatish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilash; aholi bandligini taminlash 2009 yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning ustuvor yo’nalishidan biri bo’lib qolishni ko’rsatib o’tgan.Asarda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik aholi bandligi va uning daromadlarini oshirish muammolarini o’ziga xos lokamativ vazifalarni bajaryotganligi ichki bozorda iste’mol tovarlri bilan to’ldirishga salmoqli hissa qo’shayotganligi, uning bugungi kunda mamlakatimizda eng yirik ishchi bozori, mulkdorlar o’rta shaklini shakillantirishning asosiy omili, millionlab insonlar uchun daromad va farovonlik manbai hisoblanishini ta’kidlab otilgan. Hozirgi kunda aholini ish bilan ta’minlash jarayonlarida jiddiy sifat ko’rsatkichlari ko’zda tutilmoqda. Biz uchun o’ta dolzarb bu masalani yechishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish bilan bir qatorda, xizmat ko’rsatish sohasi va kasandachilikni turli xil shakillarini keng targ’ib qilish, qishloq xo’jaliklarida chorvachilikni rivojlantirishda rag’batlantirishda alohida e’tibor berilmoqda. Bugungi bosqichda kasanachilik sohasi bandlike va oila byudjet daromadlarini oshirishning qo’shimcha manbaiga aylanib bormoqda.Ayni vaqtda kasanachilik birinchi navbatda, xotin-qizlar, ayniqsa , ko’p bolali ayollar, yordamga muhtoj nogironlar va mehnat qobilyati cheklangan boshqa shaxslarni ishlab chiqarish faoliyatiga jalb etish uchun muhim ijtimoiy ahamiyat kas etmoqda.2008 yil hisobiga kasanachilar tomonidan 34 milliard so’mlik mahsulot ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatgani qayd etilgan.Kasanachilik uchun ish o’rinlari ochgan korxonalar,shu borada o’zlariga berilgan imtiyozlardan 1 milliard so’mdan ortiq mablag’ni tejashga erishilgani aytib o’tilgan . Aholini,ayniqsa qishloq aholisini ish bilan ta’minlashning yana bir muhim yo’nalishi shaxsiy yordamchi va qoramol boqish bilan shug’ullanuvchi odamlar sonini ko’paytirishdan iborat.Qayd etish kerakki, bu masalada muayyan ijobiy natijalar qo’lga kiritildi. Mamlakatimizda qoramollarni aholiga va fermer xo’jaligiga kimoshdi savdolar orqali sotish, ularga maqsadli va imtiyozli kridetlar berish, veterinariya xizmat ko’rsatishning sifati va hajmini oshirish,ozuqa bilan samarali mexanizmlari yaratilgan. Chorvachilikni rivojlantirish dsturining ijrosi doirasida 2008 yili kimoshdi savdolarida 20 ming 300 bosh qoramol sotilgan, 2009 yilda yana 24 ming 600 bosh qoramol sotilishi ko’zda tutilmoqda. Va shularni aytib o’tish kerakki davlatda aholini ish bilan ta’minlash va ishchi kuchuni oshirish aholi bandligini ta’minlash maqsadida yuqoridagi ishlar bajarilgan va bu jarayonlar hozirgi kunda yanada jadallasha bormoqda. Davlatimoz tomonidan nogironlar ham uyida bo’sh o’tirmaslik uchun turli xil shart- sharoitlar yaratib berilmoqda. Bu nafaqat nogironlarni ko’nglini ko’taradi balki ularning ko’zida men ishga loyiq bo’ldim ishlash orzuim amalga oshirildi deb ko’zlarida quvonch paydo bo’lmoqda. Mamlakatimizda ishchi kuchi bandligi samaradorligini ta’minlash uchun davlatning bandlike siyosatining quyidagi yo’nalishlarini kuchaytirish maqsadga muvofiqdir: oilaviy biznes va xususiy korxonalarni yanada rivojlantirishni ta’minlash -mazkur maqsadlarda mikrokridetlash tizimini rag’batlantirish; Yirik korxonalar va nisbatan kichikroq bo’lgan ishlab chiqarish korxonalari bilan kasanachilikni kengaytiriish asosidagi kooperatsiyani rivojlantirish imkoniyatlaridan keng qamroli foydalanish; Mahalliy xomashyoni puxta qayta ishlashga va tayyor, raqobatga bardoshli mahsulot ishlab chiqarishga qaratilgan yengil va oziq-ovqat qayta ishlash sanoatini ko’p mehnat talab qiladigan tarmoqlarni jadal rivojlantirish; Xizmat ko’rsatish sohalarini rivojlantirish, qishloq joylarida qishloq xo’jaligiga taalluqli bo’lmagan bandlike sohalarni kengaytirish masalalarini hal etishga e’tiborni kuchaytirish Ishsizlikni kasbiy o’qitish va jamoat ishlari tizimilarini takomillashtirish bilan shug’ullanadigan xizmatlar ishini faollashtirish; Mazkur chora-tadbirlarning amalga oshirilishi xalqimizning farovon turmushini ta’minlash manbai bo’lgan ish bilan bandlik darajasini yanada oshirishga, aholining ijtimoiy muhofazasining kuchaytirishiga Yanada keng yo’l ochib berildi. Xulosa Ishsizlk insoniyat hayotining barcha bosqichlarida hamroh bo’ladi va bu bizning hayotimizning ajralmas bir qismi bo’lib hisoblanadi.Demak, ishsizlikning paydo bo’lishining ko’plab nazariyalari mavjud,unga qarshi kurashish usullari ishlab chiqarilmoqda, ammo ularning barchasi bu muammolarga nisbatan kuchsizdir. Ular olib kelishi mumkin bo’lgan narsa-ishsizlikning tabiiy darajasining yaqinlashishidir. Ko’rib turibmizki ishsizlikning bu modeki ham mukammal emas. Raqobatbardosh mehnat bozorida sizning ishingiz talabga ega bo’lishi va yuqori baholanishi,sizga eng yaxshi ish sharoitlarini taklif qilinishi har doim ham mavjud.Ammo sizning o’rningizni boshqa birov egallashi ehtimoli yuqori bo’ladi va yana qo’shimchasiga uning ishi samaraliroq bo’ladi.Ishchi kuchining kuchining xaridori talabchan va eng yaxshi kadrlarni izlashni istamaydigan bo’ladi va mehnat uchun mukofot o’rinli bo’ladi. Raqobatbardosh mehnat bozori ishsizlikka qarshi kurash sari qadamdir. Bu yo’lda yana bir qadam -investitsiyani jalb etish.Katta miqdordagi sarmoyani jalb qilish orqali yangi ishlab chiqarish quvvatini kengaytirish yoki ochish,shu orqali yangi ish o’rinlari yaratishimiz mumkin.Ammo bu yeda ham tuzoqlar mavjud. Ishlab chiqarishning rivojlanishi fan-tehnika taraqqiyoti bilan birga boradi,insonmehnatini mashina mehnati bilan almashtiradi. Bu yana ishsizlikka olib keladi. Ishsizlik hayotimizning bir qismi bo’lishiga qaramay,uni nazorat qilishni unutmasligimiz kerakdir.Shuning uchun davlat turli usullar bilan mehnat bozorini tartibga solishga harakat qiladi.Ish beruvchi xodim o’rtasidagi munosabatlarda barqarorlashtiruvchi rol o’ynaydi. Ishsizlik-zamonaviy jamiyatning ofati.Hozirda bu muammoning yechimi yo’q. Minimallashtirish uchun har qanday harakat qilish kerak ishsizlik darajasi va raqobat muhitini yaxshi mehnat sharoitlarini yaratish. 2017-2021- yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning bevosita ustuvor yo’nalishlari bo’yicha Harakatlar strategiyasi va harakatlar strategiyasini davlat tomonidan tasdiqlandi.Mazkur harakatlar stradegiyasining to’rtinchi yo’nalishi aholi bandligini oshirish, fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish va ularning salomatligini saqlash,yo’l-transport, muhandislik-komunikatsiya hamda ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish va modernizatsiyalash, aholini elektr energiya, gaz bilan ta’minlash,umumiy o’rta ta’lim,o’rta maxsus ta’lim va oliy ta’lim sifatini yaxshilash hamda ularni yanada rivojlantirish cora-tadbirlari amalga oshirish nazarda utilgan. Xususan, hududlarni har tomonlama rivojlantirish va aholi bandligini ta’minlash bo’yicha 25 ming investitsiya loyihasini ro’yobga chiqarish hisobiga 256,4 ming ish o’rinlari yaratilgan.Bundan tashqari ishsizlik darajasi eng yuqori bo’lga mintaqalarda 46,8 ming yangi ish o’rinlari yaratilgan va tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun ta’lim muassasalarining 10 ming nafar bitiruvchisiga kreditlar ajratish rejalashtirilgan. Shu ajratilgan kretidlarning hisobiga hozirda O’zbekistinda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga o’z hissalarini qo’shib kelishmoqda. Ushbu kurs ishini yozish davomida mavzuning qanchalik dolzarbligi va qanday qilib ularga yechim topish kerakligi haqida tanishdim va bulardan tashqari jamiyatda ko’pgina muammoli masalalarning yechimlarini shuningdek, pedogogikaga oid o’quv qo’llanmalar va ulardan foydalanish yo’llari, ijtimoiy hamda iqtisodiy hayotdagi keng ko’llamli olib borilayotgan turli xil islohatlar bilan tanishib chiqdim.Va bundan tashari ko’plab litseylarni yopilib qolishi orqali ish kuchiga talabni ham qisqartirib yuboradi,natijada ish kuchining bir qismi ortiqcha bo’lib qolgan va malakali ish kuchiga qanchalik talab oshsa, malakasiz hodimlar shunchalik kerak bo’lmay qoladi.Aholi ishchilarga nisbatan tez o’sgan kezlarda, uning bir qismi ortiqcha bo’lib natijada ko’plab kishilar ishsiz qoladilar. Download 56.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling