Mavzu: Islom dini g’oyalarining ta’lim tarbiyaga ta’siri Reja: Kirish
Islomda bola va farzand tarbiyasi
Download 78.53 Kb.
|
7)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
Islomda bola va farzand tarbiyasi
Olamlar Rabbisi Ollohga hamdu sano, sayyidimiz as-sodiqul vadul amin Muhammadga salotu salomlar bulsin. Ey Olloh, bizni jaholat va gumrohlik zulmatlaridan marifat va ilm nurlariga, shahvatlar botqogidan qurbat bustonlariga chiqargin! Muhtaram birodarlar, «Islomda farzand tarbiyasi» nomli darslarning birinchisini boshlaymiz. Farzand — dunyo hayotining ziynati Dastavval shuni aytib utishimiz darkor, bolalar hayot kurtaklari, umid uchqunlari, kuz quvonchi, ummat chechaklari va shonalaridir. Ular khushkhabar hisoblanadilar: «Ey Zakariyo, Biz senga bir farzand khushkhabarini berurmiz»1. Ular kuz quvonchimizdir: «Rahmonning suyukli bandalari: «Parvardigoro, Uzing bizlarga jufti halollarimizdan va zurriyotlarimizdan shod-khurramlik hadya etgin va bizlarni taqvodorlarga peshvo qilgin», deydigan kishilardir». Ular muhabbat, ular mehr va rahmatdirlar: «Uning oyatlaridan (yana biri) U zot sizlar hamdam bulishlaringiz uchun uzlaringizdan juftlar yaratishi va urtalaringizda oshnolik va mehr-muhabbat paydo qilishidir»2. Tafsir olimlari oyatdagi mehr-muhabbatni “farzand”, deganlar. Ular bu dunyo hayotining bezagidir: «Mol-mulk, bola-chaqa shu hayoti dunyo ziynatidir»3. Farzand tarbiyasi — diniy vazifa Azizlar, farzand tarbiyasi diniy vazifa bulib, ularni yakhshi kurish Ollohga yaqinlashtiradi, chunki ular Ollohning suygan bandalaridir. Buni oydinlashtirish uchun ramziy bir misol keltiraman: bir paygambar tandirning bir yoniga ugilchasini quyib, tandirga non yopayotgan ayolning yonidan utdi. Ayol tandirga har non yopishtirganida bolasini bagriga bosib, uni hidlab, upardi. Buni kurgan paygambar: “Ey Rabbim, bu qanday mehr bulsa?!” dedi. –Bu Olloh azza va jallaning rahmatidir.– Shunda Olloh taolo: “Usha mehrni undan olib quyaman (ushanda nima bulishini kurgin)”, dedi. Vaqtiki, onaning qalbidan rahmat olib quyilgach, bola yiglagan edi, onasi uni tandirga itqitib yubordi. Bundan kurinadiki, ota-onalarning farzandlariga bulgan muhabbati, aslida Olloh bergan muhabbatdir: «Men sening ustingga Uz tomonimdan bir muhabbat tashladim»1. Bu goyat nafis kalomdir. Demak, ota-onaning qalbini tuldirib turgan muhabbat, Olloh tomonidan usha insonga berilgan muhabbat ekan. Olloh uni ota-onaning qalbiga joylab quydi. Bolalar Ollohning suygan bandalari bulib, ularni yakhshi kurish kishini Ollohga yaqinlashtiradi, ularni tarbiyalash esa diniy vojib hisoblanadi. Endi ushbu oyati karimaga tukhtalib utsak: «(Ey Muhammad), mana shu shahar bilan, siz muqim turgan bu shaharla qasam. Va ota va undan tarqalgan bolalar bilan qasam»1. Otalik va farzandlik nizomi Ollohni tanishimizda yorqin misol buladi. Insonning birinchi uyi farzandining saodatidir, holbuki, u unga muhtojmas aslida. Insonning butun uy-khayoli esa farzandining ulgayishi, sogligi va saodatidir. Qarangki, ota-ona uchun bolasidan kura qadrliroq biror narsa yuq, u uchun bor butini, joni-yu molini ayamaydi. Ona bulsa bolam tuysin, deya och qoladi, khotirjam bulsin, deya bezovta buladi. Ota va bola misolidagi borliq nizomi bizga Olloh azza va jallani tanitadi. Misol uchun, ona bolasini deb kechasi bilan mijja qoqmasligiga qarang! Agar bolasi betob bulsa, dunyo kuziga qorongu buladi. Bu, Olloh taolo onaning qalbiga joylab quygan rahmatdir. Endi rahmat sohibi bulgan Zotning rahmatini nechoglik ekanini bir tasavvur qiling! Ushbu oyatlarga etibor qiling: «(Ey Muhammad) Olloh tomonidan bulgan bir rahmat sababli ularga muloyim buldingiz»1. «Va Rabbing sermagfirat va rahm-shafqat sohibidir»2. Odamlar ichida ularga eng rahimli bulgani Rasulullohdir, shunga qaramay oyati karimada rahmat kalimasi noaniq holatda keldi, «(Ey Muhammad) Olloh tomonidan bulgan bir rahmat sababli ularga muloyim buldingiz»3. Olloh esa, «sermagfirat va rahm-shafqat sohibidir»4. Oyati karimaga qaytsak, «(Ey Muhammad), mana shu shahar bilan, siz muqim turgan bu shaharla qasam. Va ota va undan tarqalgan bolalar bilan qasam»1. Otalik va farzandlik nizomi, Olloh taoloning rahmati va rioyasining eng buyuk tarifidir. Oyati karimada shunday keladi: «Parvardigoringiz rahm qilgan kishilargina (haq yulda ittifoq bulib yasharlar). Ularni shuning uchun yaratgandir»2. Olloh odamlarni ularga rahm qilish uchun yaratdi. Endi ikkinchi oyatga quloq tuting: «Olloh sizga farzandlaringiz haqida vasiyat qiladi»3. Quroni Karim oyatlarining jamladagi oqimi, oldingi va keyingi oyatlarga boglangan manosi buladi. Agar siz bir oyatni oqimidan ajratib olsangiz, u zamon va makonlardan oshib, boshqa bir haqiqatga ishora qiladi. «Kim Ollohga taqvo qilsa, U zot uning yulini ochib quyur»1. Bu oyat «Taloq» surasida kelgan, uning siyoqiy manosi, kimda-kim khotinini taloq qilishda bir taloq berish bilan Ollohga taqvo qilsa va sunnatga muvofiq khotiniga bir taloq bersa, Olloh unga khotinini qaytarib olishiga yul ochib quyadi, deganidir. Endi bu oyatni oqimidan ajratib oling, shunda oyat boshqa bir haqiqatga ishora qiladi. Kim pul topishda Ollohga taqvo qilsa, U zot uning moliga baraka yulini ochib quyadi; kimki farzand tarbiyasida Ollohga taqvo qilsa, U zot unga farzandlarining itoatkor bulishi yulini ochib quyadi; kim kasb qilishda Ollohga taqvo qilsa…, kim jufti halol tanlashda Ollohga taqvo qilsa…; khullas, bu oyat ustida bir necha tom kitob yozish mumkin… Demak, bir oyat jumladagi oqimidan ajratilsa, u umumiy qonunga aylanar ekan. Yuqoridagi oyat meros mavzusida kelgan, uni siyoqidan ajrating, «Olloh sizlarga farzandlaringiz haqida vasiyat qiladi». Osmonlaru Erning Kholiqi bizga farzandlarimiz khususida vasiyat-amr qilayapti. Farzandning bakhtsizligi — ota-onaning bakhtsizligidir Ollohga qasamki birodarlar, bu kalima balki alamlidir, lekin achchiq haqiqat, lazzatli khatodan ming marta afzaldir. Musulmonlar qulida farzandlaridek muhim narsa qolmadi. Har qancha mol-dunyo tuplamang, mansablarga kutarilmang, yuksak maqomlarga chiqmang, agar farzandingiz orzu qilganingizday bulmasa, siz odamlarning eng bakhtsizi hisoblanasiz. Shuning uchun Olloh taoloning kalomida shunday keladi: «Bas, u (yani shayton) ikkovingizni jannnatdan chiqarmasin»1. Khitob ikki kishi, yani Odam va Havvoga bulayapti, «Bas, u (shayton) ikkovingizni jannatdan chiqarib, bakhtsiz bulib qolmagin»2. Arab tili qoidalariga kura, bakhtsiz bulib qolmanglar, bulishi kerak edi. Oyatda esa, «Bas, u ikkovingizni jannatdan chiqarib, bakhtsiz bulib qolmagin»1, deyilayapti. Lekin jumlaning oqimiga kura “bakhtsiz bulib qolmanglar” bulishi kerak. Khush, tafsir olimlari bu haqda nima deydilar? Ular shunday deydilar: Bu katta mujizadir, chunki kishining bakhtsizligi jufti uchun ham hukmiy bakhtsizlikdir. «Bas, u ikkovingizni jannatdan chiqarib, bakhtsiz bulib qolmagin»2. Ota-ona bunga qiyos qilinsa, ular bolalarining bakhtsizligi sabab bakhtsiz buladilar. Undan boshqa barhaq iloh yuq bulgan Ollohga qasamki, bazan ota-onalardan biri menga telefon qilib, farzandining tugri yuldan chiqib ketganini aytishadi. Ushanda ularni alamdan dunyo kuzlariga qorongu bulgan holida kuraman. Ey ota-onalar! Agar farzandingizda tariflashga til ojiz bulgan bakhtni kursangiz yoki his qilsangiz, bilingki, usha kuz quvonchidir. Oyati karimada shunday keladi: «Rahmonning suyukli bandalari: «Parvardigoro, Uzing bizlarga jufti halollarimizdan va zurriyotlarimizdan shod-khurramlik hadya etgin va bizlarni taqvodorlarga peshvo qilgin», deydigan kishilardir»1. Okhiratdagidan tashqari shu dunyoda ham buyuk mukofoti bulgan ish — farzand tarbiyasidir. Okhiratdagi mukofoti esa buyukdir. Khush, bu mukofot nima? «Uzlari iymon keltirib, zurriyotlari ularga iymon bilan ergashganlarning zurriyotini ularga qushdik»2. Yani zurriyotlarining amallarini ularga qushdik. Agar solih bir farzand tarbiyalasangiz, uning barcha solih amallari sizning ham amal daftaringizda buladi. Uning farzandlarining ham barcha amallari sizning amal daftaringizda, uning bolalarining bolalarini ham barcha amallari sizning amal daftaringizda, khullas qiyomat kunigacha keladigan zurriyotlaringizning barcha amallari sizning amal daftaringizda buladi. Shuning uchun, «Kishi kasbining eng afzali, farzandidir», deyilgan1. Kasb-korlarining eng ulugi, uzingizdan keyin qoladigan farzandingizning solih bulishiga etibor berishingizdir. Farzand tarbiyasi — inson borligining davomidir Bundan ilgari ham aytgandim, inson uz borligini, uning salomatligini, mukammaligini, uning davom etishini yakhshi kurish tabiati bilan yaratilgan. Borligingizning salomat bulishi, Ollohning toati bilan buladi. Toat kupincha salbiy shaklda ifoda etiladi: men yolgon gapirmadim, men igvo qilmadim, men nuqsonga yul quymadim, deyiladi. Toat salbiy shaklda ifodalansa-da, natijasi saodatdir. Lekin solih amal esa, ijobiy shaklda Tabaroniy rivoyati. Abu Burda ibn Nayyordan rivoyat qilgan. ifodalanib, saodatni ruyobga chiqaradi. Istiqomat-toatda bardavom bulish, «mo» yani biror narsani qil«-madim» deyish bilan boshlansa, solih amal fido qildim, berdim, qurbon qildim, khizmat qildim, infoq qildim, yullantirdim bilan boshlanadi. Istiqomatda bulish bilan gunohlardan salomat bulsangiz, solih amal bilan bakhtli bulasiz va farzand tarbiyasi bilan esa borligingiz davom etadi. Ulug bir olim kishi vafot etdi. Taziya kunlarining okhiri edi, uning ugli turib, ajoyib bir khutba qildi. Ushanda juda tasirlandim va «demak, u ulmabdi!» dedim. Modomiki, uziga ukhshab Ollohga davat qiladigan ugil tarbiya qilibdimi, demak, u ulmabdi! Toatda bulish bilan gunohlardan salomat bulsangiz, solih amal bilan bakhtli bulasiz va farzand tarbiyasi bilan borligingiz davom etadi. Hadisi sharifda ham shunday keladi: «Farzandlaringiz kasblaringizning eng yakhshisidandir»1. Lekin bunga vaqt kerak, uglingiz siz bilan birga bulishi, siz ham undan ajralmasligingiz, unga etibor berishingiz kerak. Hamma vaqtingizni oladigan ish katta yuqotish bulib, otaligingizni, farzandlarningizga tarbiya berishni-yu, ularga etiboringizni yuqotadi. Sizlarga kup bor takidlaganman, hayotdagi muvaffaqiyat juziy-qisman bulmaydi. Katta daromadga ega bulib, farzandlaringizni beetibor tashlab quygan bulsangiz, bu hayotda yutuqqa erishgan sanalmaysiz. Katta daromatni qulga kiritib, amalingizga beetibor bulsangiz, bu hayotda muvaffaqiyatga erishgan hisoblanmaysiz. Farzandlaringizga ahamiyat berib, Rabbingiz bilan aloqangiz sust bulsa, yutuqqa erishgan sanalmaysiz. Bu hayotdagi muvaffaqiyat shumuliy-bir butun bulishi kerak. Kishi Olloh bilan munosabatida, ahli ayoli va Abu Dovud rivoyati. Abdulloh ibn Amr ibn Osdan rivoyat qilgan. farzandlari bilan, ishi va sogligi bilan bulgan munosabatida muvaffaqiyat qozonishi kerak. «Farzandlaringiz kasblaringizning eng yakhshisidandir»1. Qasamki, mubolaga qilmayapman, qilgan amalingizning eng ulugi, farzandingizni iymoniy, akhloqiy, ilmiy, ruhiy, ijtimoiy, jismoniy tarbiya qilishingizdir. Uglingizni mana shu tarbiyada tarbiyalasangiz, ushanda u kuzingiz quvonchi buladi. Masjidda, bizning huzurimizda, darslarida ilgor, khulqi guzal, Quroni Karim urganib, muntazam talim olib kelayotgan boamal bir bolaning otasiga urni kelganda shunday dedim: vallohi, bu bola moddiy ulchovda yuz milliard dollar turadi. Agar yuz milliardingiz bor bulsa, bu bola usha mablagdan qimmatroqdir. Agar kuningiz uchma-uch utasa-yu, mana shu bolangiz bulsa, biron narsa yutqazmabsiz, dedim. Abu Dovud rivoyati. Abdulloh ibn Amr ibn Osdan rivoyat qilgan. Farzand tarbiyasi farzi ayndir «Olloh sizga farzandlaringiz haqida vasiyat qiladi»1. Buyuk Olloh shunday deydi: «Ey muminlar, sizlar uzlaringizni va ahli-oilalaringizni utini odamlar va toshlar bulgan duzakhdan saqlangiz»2. Farzand tarbiyasi, ushbu oyatga kura farzi ayndir, «uzlaringizni va ahli-oilalaringizni utini odamlar va toshlar bulgan duzakhdan saqlangiz»3. Bazi rivoyatlarda kelishicha, bir qiz bulib, otasi unga tarbiya bermaydi. Qiz akhloqsiz bulib, qiyomat kuni duzakhga hukm qilinadi. Shunda usha qiz Rabbul izzaning qarshisida tukhtab, ey Rabbim! Mendan oldin otam duzakhga kirmagunicha men ham kirmayman, chunki u mening badbakhtligimga sabab bulgan, deydi. Demak, insonning oliy illiyyinga kutarilishiga va asfali safiliynga tushib ketishiga farzandlarining tarbiyasi sabab bulishi mumkin ekan. Muhtaram birodarlar! «Olloh sizga farzandlaringiz haqida vasiyat qiladi»1. «Ey muminlar, sizlar uzlaringizni va ahli-oilalaringizni utini odamlar va toshlar bulgan duzakhdan saqlangiz». Buning muqobilida esa, «Ey muminlar, na mol-dunyolaringiz va na bola-chaqalaringiz sizlarni Ollohning zikridan (yani Ollohga ibodat qilishdan) yuz ugirtirib quymasin!»3 deyilgan. Bu oyati karima keng kulamli manoni takidlaydi, «na mol-dunyolaringiz va na bola-chaqalaringiz sizlarni Ollohning zikridan yuz ugirtirib quymasin!». Farzandlaringizga tarbiya berishingiz lozimki, Olloh azza va jalla sizga ularni vasiyat qildi. Va yana iymoningizga, toatda bulishingiz va solih amalingizga etiborli buling. Agar qatl kalimasi tilga olinsa, aqlimizga faqat uldirish manosi keladi, aslida unday emas, mana Olloh taolo shunday deydi: «Fitnaga solish uldirishdan yomonroqdir». Johiliyat zamonida tiriklayin kumilgan begunoh qizning oqibati nima? Oqibati jannat, tiriklayin kumilgan bulsa bulsin. Olloh azza va jalla aytadiki: «Tiriklay kumilgan (har bir) qizdan qanday gunoh sababli uldirilgani suralganida». Olloh taoloning «Fitnaga solish uldirishdan yomonroqdir»3, degan suzidan kelib chiqib, uning manosi agar qizingizni tarbiya qilmasangiz, u akhloqsiz bulib, fitnalarga giriftor bulsa va Ollohning manhajidan uzoq bulib ulgaysa, bu bilan guyo siz qizingizni uldiribsiz. Bunga dalil «Fitnaga solish uldirishdan yomonroqdir»4. Shuning uchun oyati karimada keladiki: «Bolalaringizni kambagallikdan (qurqib) uldirmangiz». Oyatdagi «imloq», kambagallik deganidir. Bu oyatdan keng manoni tushunishimiz mumkin, yani katta daromadni kuzlab, uning dini-yu etiqodiga ahamiyat bermaysiz-da, farzandingizni boshqa bir ulkaga junatasiz. U katta daromadni qulga kiritaman deb diniga va ummatiga kofir bulib qaytadi. Bu narsa ota-onalar farzandlarining dunyosini uylab tushib qoladigan khatarli jarlikdir. Ular farzandlarining dunyosini uylaydi-yu, biroq u joyning fitna, fasod, erkak-ayol aralashib yuradigan, haqdan uzoq va olis ulka bulishini kuzdan qochiradi. U buzuq ishlardan tap tortmaydigan bulib qaytishi mumkin. Otaning bolasining topish-tutishiga va ishiga etibor berganidek, diniga ahamiyat berganini kurmaysiz. Bu narsa musulmonlar hayotidagi khatarli jarlikdir. Olloh taoloning «Bolalaringizni kambagallikdan (qurqib) uldirmangiz», degan suzidan shu manoni anglashimiz mumkin. Chunki «Fitnaga solish uldirishdan yomonroqdir»1, agar siz farzandingizning dini, etiqodi va toatda bulishiga parvo qilmasangiz hamda uning halolligi yoki yuldan adashishi sizni qiziqtirmasa, guyoinki siz uni uldiribsiz, «Fitnaga solish uldirishdan yomonroqdir». Farzand — Olloh bergan hadyadir Birodarlar! Keling endi boshqa masalaga utaylik: «Farzandlaringiz, sizlarga berilgan Ollohning hadyasidir»3. Ollohning hadyasi juda qiymatlidir. Mana men, vallohi, uttiz yildirki, ayollarga homilalarni oldirishlariga rukhsat bermayman. Agar homila 40 kunlik bulsa, bas, bu Ollohdan berilgan hadyadir, bu bola katta islohotchi yoki katta davatchi yoda ulug olim bulib etishishi mumkin, deb umid qilaman. Farzand Ollohdan bulgan hadyadir, hadyaga esa, etibor berilishi kerak. «Farzandlaringiz. Xulosa Ko‘rinib turibdiki, islom dini har taraflama mukammal, kamchiliklarsiz din hisoblanadi. Xoh ilmiy jihatdan, xoh falsafiy jihatdan, xoh diniy ta’limot nuqtayi nazaridan olib qaralsa ham islom dinidagi ajoyib tizimni, aniqlikni ko‘rishimiz mumkin bo‘ladi. Islom dinining muqaddas kitobi hisoblangan Qur’onni mukammal orqali inson ko‘p tomonlama muvaffaqiyatga erishishi mumkin. Oddiy misol,Qur’onni bilish, uning mohiyatini anglash orqali inson ruhiy, ma’naviy, aqliy barkamollikka erishadi. Insonda iroda, sabr-toqat, matonat kabi ijobiy hislatlarning yanada sayqallanishi kuzatiladi. Insonlarda Allohga, uning taqdiriga ishonch, yomonqilmishlar uchun Alloh oldida shaxsiy javobgarlikni anglab yetish va buning natijasida Allohning hukmidan qo‘rquv kabi tuyg‘ular kuzatiladi. Natijada insonlar o‘z-o‘zidan yomon ishlardan, umuman olganda gunoh qilishdan tiyilishadi. Insonlarni yomon yo‘ldan qaytargani, yaxshi yo‘lga yetaklagani uchun ham islom dini haq din, adolatli din hisoblanadi. Islom dinida har bir muslim va muslima uchun farz hisoblangan 5 vaqt namozda ham ulkan hikmat jamlangan. Namoz inson ruhini yuksaltiradi. Olimlarning aytishlariga qaraganda namoz eng yaxshi gimnastika ham hisoblanadi. Ya’ni sajda,ruku kabi namoz amallarini bajarish jarayonida inson tanasi uchun foydali hisoblangan hamda tananing ijobiy ritmini bir maromda saqlash uchun foydali hisoblangan jarayonlar sodir bo‘ladi. Islom dini barcha hayrli diniy va dunyoviy g‘oyalarni qo‘llab- quvvatlashi bilan alohida ajralib turadi. Bular qatoriga ilm olish, oila muqaddasligi, ayolga ehtirom, ota- onaga hurmat, farzand oldidagi ota- onaning burchi kabilarni kiritish mumkin. Masalan, islom dinining muqaddas manbalarida aytilishicha ilmni kerak bo‘lsa Chinmochinga borib bo‘lsa ham olish kerak. Islom dini har bir musulmon uchun ilm olishni farz deb e’lon qilyapti. Shuning uchun ham bu din ulug‘vordir. Dinda ota-onaga hurmat masalasi ham juda go‘zal bayon etilgan: “Jannat onalar oyog‘i ostidadir” degan ta’rif ham bejiz ishlatilmagan. Islom dini orqali bizga ma’lum bo‘ladiki, farzand o‘z ota-onasini Hajga qadar o‘z yelkasida ko‘tarib olib borsa ham ota-ona oldidagi qarzini ado etolmaydi. Ota ham dinda shu darajada ulug‘langanki, xatto farzandga o‘z otasinining yuziga tik boqish, gapini inobatga olmaslik qat’iyan ta’qiqlanganini ko‘rish mumkin. Ota-ona duosi farzand muvaffaqiyatlarining kaliti ekanligi ham alohida ta’kidlab o‘tiladi. Shuning uchun ham hozirgi kunda ko‘plab g‘arb mamlakatlaridan farqli o‘laroq aholisining katta qismini musulmonlar tashkil etadigan islom mamlakatlarida ota-onaga bo‘lgan hurmat-e’tibor, farzand tarbiyasi, oilaga sadoqat, adolatli turmush tamoyillari bilan butun jahonga namuna bo‘la olmoqda. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1. https://qomus.info/oz/encyclopedia/i/islom/. 2. https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Islom. 3. C. Окилов. Ислом дини тарихи ва фалсафаси. Т. –Б. 5. 4. A. Sarimsakov/N. Dexkanov. Jahon tarixi/Osiyo va Afrika mamlakatlarining o‘rta asrlar tarixi. T.: O‘zkitob savdo, -2021. –B. 62. 5. A. Muhammadjonov. O‘zbekiston tarixi. T.: Sharq, -2017. –B. 28. 6. I. Saifnazarov. Falsafa. T.: Innovatsion rivojlanish, -2021. –B. 249. 7. E. Yusupov. Falsafa. T.: O‘qituvchi, -2005. –B. 46. 8. https://www.britannica.com/topic/Islamic-philosophy. Download 78.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling