Mavzu: Islom dini tarixi va falsafasi
Lavx ul maxfuz yozilgan iloxiy kalom
Download 138.98 Kb.
|
Islom dini
Lavx ul maxfuz yozilgan iloxiy kalom.
Ilohiyot ilmi. Tasavvufda Allohning irodasi, kalomi. Kalom islomning ilohiyot falsafasi sifatida uning aqidalari -Allohning yakkayu-yagonaligi, qudrati, azaliy donoligi. nozirligi, odilligi, jami asomoi husna, Alloh er yuziga yuborgan risolat soxiblari - Paygambarlari, shu jumladan, Muhammad (s.a.v) barcha ilohiy azoblar, takdirning yaxshi-yomonligi, Allohdan ekanligi, oxiratning mavjudligi, YAvmatdin Kiyomat kuni), o‘lgandan so‘ng tirilishning haq ekanligini e’tirof etish va iymon keltirish, shariat arkonlarini nazariy asoslash va amalda chin islomiy ixlosni namoyon kilish (sidk) haqidagi falsafiy ta’limotdir. Kalom ta’limoti turli bid’at va mazhablarni inson akli ilm-fan va hayot dalillari 'bilan isbot va himoya qiladigan ta’limotdir. Eng asosiysi hozirgi dunyo, jamiyat va shaxs taraqqiyoti qo‘yayotgan muammolarga “labbay” deb o‘z vaktida javob beradigan, musulmon olamining ilmiy sa’y-harakati, qudratida barq urib, sivilizatsiya, ilm-fan, texnik va texnologik ma’naviy taraqqiyotning oldingi saflarda olib borish imkoniyatlarini topib beradigan ta’limotdir. Abul Mu’iyn an-Nasafiy ushbu asarida Xanafiya yo‘nalishidagi ustozlariga sodiq shogird sifatidalar yo‘lidan borib, ahli sunna val jamoatning al-Motrudiya maktabiga o‘z sadoqatini izhor ayladi. Asarning eng qimmatli tomoni shundaki, unda IX-XII aerlarda Movarounnaxrda faoliyat ko‘rsatgan allomalar hakidagi ma’lumotlar ham o‘rin egallagan. An-Nasafiyning ustozi Imom Abu Mansur al-Motrudiy hakidagi ma’lumotlardan shuni kayd etish kerakki, alloma 944 yilda vafot etgan uning shogirdlaridan biri Ash-SHayx Abul Qosim al-Hakim as-Samarkandiy Imom al- Motrudiy qabri ustiga: “Bu qabr o‘z aql-zakovati va tafakkuri bilan ko‘plab ilmularning yuksak -cho‘qqisini zabt etgan, u (ilm) larning dunyo bo‘ylab tarqalishida butun kuch-quvvati va salohiyatini tinmay sarflagan, dinu diyonat soxasidagi asarlari unga mislsiz shonu shavkat keltirgan, umr buyi insonlarga ilmning lazzatli mevasini ulashgan allomaning qabridir”4 - degan bitikni ilishlarini amr kilgan. An-Nasafiyning ijodkor shogirdlari xam juda ko‘p bo‘lgan. Bular Najmiddin Umar an- Nasafiy (1068, Nasaf - 1142, Samarkand), Alovuddin as-Samarkandiy (vafoti - 1180), Abu Bakir p-Kosoniy (vafoti - 1182), Abul Muzaffar at-Talakoniy (vafoti - 1145) va boshkalardir. An- Nasafiy shogirdlaridan biri Najmiddin Umar an-Nasafiy: “SHark va G‘arbning olimu ulamolari Abul Mu’iyn an-Nasafiy ilmining dengizidan baxra topib, ul taratgon ziyo nurlarini ko‘zlariga tutiyo kilib surtgonlar”5, - deb uning ilmiy salohiyatiga yuksak baho bergan.Qariyb 10 asr muqqaddam yashab o‘tgan buyuk ajdodimiz Abul Mu’iyn an-Nasafiy koldirgan boy ilmiy ma’naviy meros hozirgi davrda ham ilmiy-amaliy ta’limot sifatida muhim manbadir. TAKRORLASH UCHUN SAVOLLAR 1. Qur’onning 23 yil mobaynida nozil bo‘lishi. 2. «Qur’on» so‘zining ma’nosi. Uning tarkibi. 3. Suralarning nozil bo‘lish davriga qarab taqsimlanishi. 4. Ilk «suhuf» - qur’on oyatlarining jamlanishi. 5. Xalifa Usmon ibn Affon avrida Qur’onning kitob holiga keltirilishi. 6. Hadis. Al-hadis an-nabaviy. Al-hadis al-qudsiy. 7. Hadislar islom dinining Qur’ondan keyingi manbai. 8. Hadislarni yig‘ish (talab al-ilm) va jamlash (VIII-IX asrlar). 9. Mashhur muhaddislar.Imom al-Buxoriy – buyuk muhaddis. 10.Islom ta’limotining keyingi davrdagi taraqqiyoti va axloq me’yorlarini ishlab chiqishda hadislarning o‘rni. 11.Abul Mu’iyn an-Nasafiy: xayoti va merosi. ADABIYOTLAR RO‘YXATI SH.M.Mirziyoev. BMT Bosh assambleyasining 72-sessiyasida nutqi. 2017 yil 19 sentyabr. “Xalq so‘zi” gazetasi, 2017 yil 20 sentyabr. Karimov I.A. YUksak ma’naviyat - engilmas kuch. T., Ma’naviyat, 2008. 37-38-betlar. Karimov I.A. Vatan ravnaki uchun xar birimiz mas’ulmiz. 9-tom T., Uzbekistan, 2001. 128-bet. Qur’oni Karim ma’nolarining tarjimasi. Tarjima va izohlar muallifi Abdulaziz Mansur. T.Toshkent Islom Universiteti” nashriyoti. 2001 y. Qur’oni Karim. O‘zbekcha izohli tarjima Tarjima va izohlar muallifi Alouddin Mansur T., CHo‘lpon nashriyoti 1992 y. Imom Al-Buxoriy Al-Jomi’, al-saxix. 4 jild. Toshkent “Qomuslar bosh taxririyati”, 1991-1993 yillar. Imom Al-Buxoriy Al -Adab al -mufrad .T.. O‘zbekiston nashriyoti 1990 y. Ismoil Maxdum. Toshkentdagi Usmon Musxafining tarixi. T.,Movarounnaxr, 1995 y. At-Termiziy. SHamoili Muxammadiya /Sayid Maxmud Taroziy-Alixonto‘ra tarjimasi. T.: Mexnat nashriyoti. 1991 y. At-Termiziy Saxix at-Termiziy // A.Abdullo tarjimasi T.. G‘.G‘ulom nomli“Adabiyot va san’at” nashriyoti 1993 y. Uvatov U. Muslim ibn al-Hajjoj. T.: A.Kodiriy nomli «Xalk merosi» nashriyoti,1995 y. Uvatov U. Muxaddislar imomi. T.: Ma’naviyat, 1998 y. Uvatov U. Abul Mu’iyn an-Nasafiy: xayoti va merosi. T., Ma’naviyat, 2003. 20-bet. Islam. Ensiklopedicheskiy slovar. M., 1991 y. Ss. 141-144, 282-263 Xrestomatiya po islamu. Per. s arabskogo, vved i prech. M., 1994 y. 1Ислом маърифати. “Тошкент ислом университети”. Тошкент, 2005, 6-7 бетлар. 2 Ислом маърифати. “Тошкент ислом университети”. Тошкент, 2005, 6-7 бетлар. 3Қаранг. Имомназаров М., Эшмуҳамедова М. Миллий маънавиятимиз асослари. Тошкент, “Тошкент ислом университети”, 2001, 134-135-бетлар. 4Қаранг: Миллий истиқлол ғояси: асосий тушунча ва тамойиллар. Тошкент, “Ўзбекистон”, 2000, 18-бет. 5 Каримов И. А. Юксак маънавият-енгилмас куч. Тошкент, “Маънавият”, 2008, 37-40- бетлар. 6 Қаранг: Каримов И.А. Ўзбек халқининг ислом маданияти ривожига қўшган беқиёс ҳиссасининг юксак эътирофи. “Куч-адолатда” газетаси, 2007, 23-феврал. 7 Каримов И. А. Ўзбек халқининг ислом маданияти ривожига қўшган беқиёс ҳиссасининг юксак эътирофи. “Куч-адолатда” газетаси, 2007 йил 23февраль. 8 Каримов И. А. Озод ва обод Ватан, эркин ва фаровон ҳаёт – пировард мақсадимиз. Тошкент., Ўзбекистон, 2000., 26-бет. 9 Каримов И. Оллоҳ қалбимизда, юрагимизда. “Халқ сўзи” газетаси, 1999 йил 6 март сони. 10Ш.М.Мирзиёев. БМТ Бош ассамблеясининг 72-сессиясида нутқи. 2017 йил 19 сентябрь. “Халқ сўзи” газетаси, 2017 йил 20 сентябрь. 11Ш.М.Мирзиёев. БМТ Бош ассамблеясининг 72-сессиясида нутқи.2017 йил 19 сентябрь. “Халқ сўзи” газетаси, 2017 йил 20 сентябрь. Download 138.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling