Mavzu: Islom dini tarixi va falsafasi


Download 138.98 Kb.
bet7/14
Sana18.12.2022
Hajmi138.98 Kb.
#1030843
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
Bog'liq
Islom dini

Imom At-Termiziy 824 yilda Termizdatug‘ilgan. YOshlik chog‘laridan boshlab ilmga katta qiziqish va ishtiyoq ko‘rsatgan. Hijoz, Xuroson va boshqa joylarda mashhur muhaddislar, ulammolar bilan muloqotda bo‘lgan, ulardan saboq olgan. Imom al-Buxoriyni o‘z ustozi deb bilgan.
Hofiz Umar ibn Alak bunday degan: «Imom al-Buxoriy vafot etib, butun Xurosonda ilmda taqvoda va zuhdda Abu Iso Termiziyga teng keladigan ulug‘ zotni o‘zidan keyin qoddirmadi»1.
Imom at-Termiziyning mashhur asari ham «Al-Jome’ as-sahiyh» deb ataladi. SHuningdek, «SHamoili Nabaviya» (Payg‘ambar alahissalomning shakl va sifatlari), «Kitob o‘z-zuhd» (Zohidlik kitobi), «As-mo’ us-sahoba» (Sahobalarning ismlari), «Al-Asmo’ val kuna» (Ismlar va kunlar), «Kitobul-ilal» (Illatlar kitobi) kabi asarlar ham bitgan.
Imom at-Termiziy hadislarni 3 guruhga ajratgan. Ular sahiyh, hasan, zaif deb atalgan. Bu bilan Imom at-Termiziy hadisning sahiyhligini (ishonarliligini) aniqlashda yana bir bosqinchga ko‘tarildi. Har bir hadisga «sahiyh», «hasan» yoki «zaif» belgilarini qo‘ygan edi.
Imom at-Termiziy har doim ilm-fanni targ‘ib etgan, ayniqsa boshlarni ilm olishga da’vat qilgan. Ayni paytda, muloyimlik va xushfe’llik ul kishining go‘zal fazilati edi.
Umr bo‘yi qilingan mashaqqatli mehnat, hayotiy uqubatlar o‘z ta’sirini ko‘rsatmay qolmas edi. Hayotining so‘nggi yillarida Imom at-Termiziyning ko‘zlari ojiz bo‘lib qoladi. Ul zot 892 yili 70 yoshida vafot etadi.
Imom at-Termiziy to‘plagan hadislardan namunalar:

  • «Kimki yolg‘on so‘zlashni, boshqa birovga bo‘hton qilishni qo‘ymasa, uning tutgan ro‘zasiga Alloh taolo muhtoj emas»;

  • «Ayol kishiga diyonati uchun uylan»;

  • «Agar to‘yga chaqirilsangiz, albatta boring»;

— «Mo‘minlarning iymonlari komilrog‘i yaxshi xulqlilaridur va sizlarning yaxshilaringiz axloqda xotinlaringizga yaxshi bo‘lganlaringizdur»;

  • «Hazrat Rasululloh (sallollohu alayhi vassalam) jonlini (hayvon va qushlarni) nishon qilib o‘q otmaslikka buyurdilar»;

  • «Har bir mast qiluvchi narsa haromdir»;

  • «YO Rasululloh! Kimga ezgulik qilay?» Rasululloh: «Onangga», dedilar. «YAna kimga?» dedim. «Onangga», dedilar. «YAna kimga?» deb edim: «Onangga», dedilar. «YAna kimga?» deb edim: «Otangga, undan keyin barcha yaqinlarga», dedilar. So‘ng: «Ona jannatning o‘rtadagi eshiklaridan biridir, dedilar»;

  • «Ezgulikning eng yaxshisi o‘z otasining sevgan odamlariga yaxshilik qilishdur»;

  • «Uch xil duo shaksiz mustajobdur: mazlumning Duosi; musofirning duosi; otaning bolaga qilgan duosi».

  • «Qaysingizning uchta qizingiz va yoki uchta singlingiz bo‘lsa, ularga yaxshilik qilsangiz, jannatga kirasiz»;

  • «Kimgaki Alloh taolo qiz farzandlar bersa, ularni sabr bilan tarbiyalab, voyaga etkazsa, ular unga do‘zaxdan parda bo‘ladi».

— «Kimki kichiklarga rahm-shafqat qilmasa va kattalarga izzat-hurmat ko‘rsatmasa, bizdan emas»;

  • «Kichiklaringizga rahm-shafqat qilmagan, kattalarga hurmat ko‘rsatmagan, amr-ma’ruf ila ezgulikka chaqirmagan va yomonlikdan qaytarmagan kishilar bizdan emasdur»;

  • «Musulmon kishi musulmon uchun bamisoli birimorat, ular bir-birini ushlab turadi»;

— «Bir-biringizdan orangizni uzmang, bir-biringizning orqangizdan ayb qidirmang, bir-biringizni yomon ko‘rmang, bir-biringizga hasad qilmang»;
— «Rostguylikni mahkam ushlang, chunkirostgo‘ylik ezgulikka olibboradi»;

  • «O‘lganlarni so‘kib, tiriklarga ozor bermanglar»;

  • «Birovga dushmanchilik kayfiyatida yurmoq gunohdir»;

— «YAxshi xulq ochiq yuzlilikdir, ezgulikni eyish va odamlardan aziyatli narsani uzoqlashtirishdir»;

  • «Qaysi bir yosh kishi qari kishini hurmat qilsa, u keksayganida o‘sha hurmatni ko‘radi»;

  • «SHarmu hayo va tortinchoqlik iymonning ikkishoxobchasidur. Besharmlik va surbetlik esanifoqning ikki shoxobchasidur»;

  • «Fitnadan hazar qilmoq dindandir»;

  • «Kimki musulmon mamlakatida yashovchi boshqa dinga mansub kishini haqorat qilsa, qiyomat kuni o‘tdan yasalgan qamchi bilan uriladi»;

  • «Kimni sulh bitimi bilan yashayotgan g‘ayridinni o‘ldirsa, u jannatning bo‘yini ham hidlamaydi».

Xulosa qilib aytganda, Islom dinining asosi bo‘lgan Qur’oni karimdan keyin har bir musulmon amal qilishi lozim bo‘lgan dasturi — Hadisning buyuk yurtdoshlarimiz tomonidan to‘langanligi tengi yo‘q savob ishdir.
SHialarda hadislarni to‘plash o‘ziga xos xususiyati bilan ajralib turadi. Ularning to‘plamlari «Axbor» (Xabarlar) deb ataladi. Ular o‘zlarining imomlarinigina va avval boshdan Alini hamda uning avlodlarini qo‘llab-quvvatlagan arboblarni nufuzli hisoblaydilar. Aliga va uning avlodlariga qarshi ko‘rashgan shaxslardan eshitgan hadislarni inkor etadilar.
Muhammad al-Qummiy va Muhammad al-Qulayniy tomonidan (X asr) tuzilgan hadislar to‘plami shialar uchun eng obro‘li to‘plamlardir.
Islom ta’limoti va qoidalarining asosiy manbalari – Qur’on va hadislardan tashqari ikkinchi darajali manbalari ham mavjud.
SHariat (arabchadan tarjimasi — to‘g‘ri yo‘l, ilohiy yo‘l, qonunchilik) — islom diniy huquqi, ya’ni barcha musulmonlar uchun bajarilishi majburiy bo‘lgan qonunlar, huquqiy-axloqiy ko‘rsatmalar majmuasi. SHariat ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar va axloqiy-maishiy normalarning islom ruhida talqin qilinishidan kelib chiqadigan juda ko‘p huquqiy masalalarni ham qamrab olgan.
Musulmon huquqshunosligida Qur’on, Sunna, Ijmo’ va qiyos shariat manbalari hisoblanadi.
SHariat kategoriyalari 5 ta. Ularning 2 tasi musulmonlar tomonidan bajarilishi shart. Bular — farz va mandubdir.
Ijmo’ — Qur’on va Hadisda (Sunnada) aniq ko‘rsatma berilmagan huquqiy masalalarni hal etishda faqih va mujtahidlarning to‘planib yagona fikrga kelgan holda hukm chiqarishi (fatvo berishi).VII asrning ikkinchi yarmidan yo‘lga qo‘yilgan ijmoning islom ahkomlarini bir me’yorda bo‘lishi hamda musulmonlar orasida turli ixtiloflar kelib chiqishining oldini olishdagi ahamiyati beqiyosdir.
Qiyos — u ilk islomdan keyingi davrlarda vujudga kelgan,Qur’on, Sunna, Ijmo’da biror huquqiy masalaga aniq javob topilmaganda, uni shunga o‘xshash masalaga taqkoslash yo‘li bilan hukm chiqarish. Farz — nihoyatda majburiy hisoblangan amallardir.Bunda olimlar tarafidan mo‘‘tabar manbalar matnida o‘rganilayotgan muammoga o‘xshash masalalar tadqiq qilinadi. SHu asosda mantiqiy javob topilib, hukm qilinadi. Qiyos jamiyatda vujudga keluvchi turli muammolarni mantiqiy jihatdan oson hal qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Mandub — majburiy emas, lekin ma’qul, lozim deb hisoblanadigan amallar.
YAna ikkita kategoriya borkim, ular taqiqlangansohalarni o‘z ichiga oladi.
Bular — harom, ya’ni qat’iy ravishda taqiqlangan amallar va makruh, ya’ni taqiqlanmagan, lekin ma’qul ko‘rilmaydigan amallar.
So‘ngra — beshinchi kategoriya muboh deb ataladi. Muhboh — taqiqlanmagan ham, ma’qullanmagan ham amallardir.
SHariatda hayotning barcha masalalari, chunonchi, mulk, mulkchilik, vorislik, meros, qarz, jarima, garov, oila va nikoh masalalari, jamiyat a’zolarining yurish-turish me’yorlari, jinoyat va jinoyat uchun belgilanadigan jazo va boshqalar o‘z ifodasini topgan.
YUqoridagilardan kelib chiqib xulosa qiladigan bo‘lsak, Qur’oni Karim va hadisu sharif musulmon dunyosida alohida ahamiyatga ega bo‘lgan, insoniyatni to‘g‘ri yo‘lga etaklaydigan insonparvarlikning yuksak namunasini yaratadigan buyuk manbalardir. Zero, Prezidentimiz SH.M.Mirziyoev ta’kidlaganidek, “Biz butun jahon jamoatchiligiga islom dinining asl insonparvarlik mohiyatini etkazishni eng muhim vazifa, deb hisoblaymiz.Biz muqaddas dinimizni azaliy qadriyatlarimiz mujassamining ifodasi sifatida behad qadrlaymiz. Biz muqaddas dinimizni zo‘ravonlik va qon to‘kish bilan bir qatorga qo‘yadiganlarni qat’iy qoralaymiz va ular bilan hech qachon murosa qila olmaymiz. Islom dini bizni ezgulik va tinchlikka, asl insoniy fazilatlarni asrab-avaylashga da’vat etadi”.11
4/2.Moturidiylik va ash’ariylik. Moturidiya kalom maktabi vakillari.

Download 138.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling