Mavzu: Islom dini tarixi va falsafasi
Download 138.98 Kb.
|
Islom dini
Imom al-Buxoriy 810 yilning 20 iyulida Buxoro shahrida dunyoga kelgan. Otasi shayx Ismoil ibn Ibrohim o‘z davrining ilmli odamlaridan edi. Imom al-Buxoriy go‘dakligidayoq otadan etim qolib, onasi qo‘lida katta bo‘ladi. Aql-idrokli, o‘tkir zehnli bo‘lgan Imom al-Buxoriy 10 yoshidanoq arab tili va hadis kitoblarini astoydil o‘qish va ularni yodlashga qunt bilan kirishadi.
825 yilda Imom al-Buxoriy onasi va akasi bilan haj safariga yo‘l oladi. Hajdan keyin onasi va akasi qaytib ketgach, 6 yil Hijozda yashab hadis ilmidan astoydil saboq oladi. SHundan so‘ng o‘z bilimini yanada oshirish maqsadida o‘sha paytda ilm-fanning yirik markazlaridan hisoblangan Damashq, Qohira, Basra, Kufa, Bag‘dod kabi shaharlarda yashab mashhur olimlardan hadis, fiqh ilmidan tahsil ko‘radi. Ilmiy bahslar va munozaralarda qatnashadi, toliblarga dars beradi. At-Termiziyning yozishicha, u o‘z asarlari uchun ko‘plab ma’lumotlarni al-Buxoriy bilan o‘tkazgan maroqli suhbatlaridan olgan. O‘z navbatida al-Buxoriy ham shogirdi va safdoshi at-Termiziy salohiyatini yuqori baholab: «Sen mendan bahra topganingdan ko‘ra, men sendan ko‘proq bahra topdim»1, — deydi. Bu so‘zlar al-Buxoriyning at-Termiziyga bo‘lgan cheksiz hurmatining belgisi edi. Imom al-Buxoriy zehni o‘tkirligi va yodlash qobiliyatining kuchliligi bilan g‘oyatda keng shuhrat qozongan inson edi. Manbalarda al-Buxoriyning 300 mingga yaqin hadisni yod bilgani qayd qilingan. Buxoroda ham ko‘plab shogirdlar va ulamolarga hadis ilmidan saboq berdi. Biroq, Buxoriy bilan Buxoro amiri o‘rtasida kelib chiqqan ixtilof tufayli uning o‘z vatanidagi hayoti og‘ir kechdi. Buxoro amiri Xolid ibn Ahmad az-Zuhaliy al-Buxoriy huzuriga odam yuborib «Al-Jome’ as-sahiyh» (Ishonarli to‘plam), «At-Tarix al-kabir» (Katta tarix) kitoblarini saroyga kelib bolalariga o‘qib berib turishni tayinlaydi. Lekin, al-Buxoriy «Men ilmni xor qilib, uni hokimlar eshigiga olib bormayman. Agar amirga ilm kerak bo‘lsa, bolalarini uyimga yoki masjidga yuborsin», — deb javob qaytargan. Buxoro amiri unga Buxoroni tark etishni amr etadi. Imom al-Buxoriy Samarqandga ko‘chishga majbur bo‘ladi va Samarqand yaqinidagi Xartang qishlog‘ida yashaydi. Bu orada kasalga chalingan al-Buxoriy 870 yili 62 yoshda vafot etadi va shu erda dafn qilinadi. Hozir uning qabri musulmonlarning tabarruk ziyoratgohiga aylangan. Imom al-Buxoriydan boy va qimmatli ilmiy me’ros — 20 dan ortiq asar qolgan. Ularning ichida «Al-Jome’ as-sahiyh» (Ishonarli to‘plam) va «Al-Adab al-mufrad» (Adab durdonalari) eng mashhurlaridir. Imom al-Buxoriyning umr bo‘yi kuch sarflab yuzaga keltirgan «Al-Jome’ as-sahiyh» (Ishonarli to‘plam) kitoblari Islom olamida Qur’ondan keyingi ikkinchi muqaddas kitob deb yakdillik bilan e’tirof etilgan. Imom al-Buxoriy jami 600 ming hadis to‘plab, shulardan 100 ming «sahiyh» va 200 ming «g‘ayrisahiyh» hadislarni yod olgan. Uning «Al-Jome’ as-sahiyh» (Ishonarli to‘plam) deb nomlangan 4 jilddan iborat hadislar to‘plami kitobiga 7275 ta eng «sahiyh» (ishonarli) hadislar kiritilgan2. Bu hadislarning tarbiyaviy ahamiyati beqiyosdir. quyida ulardan namunalar keltiramiz: to‘g‘ri e’tiqodli bo‘lmoq; kishilar bilan yaxshi munosabatda bo‘lmoq; kishi o‘z ustida ishlamog‘i va o‘zini ibodat va toatda chiniqtirmog‘i. Kimki bularni to‘la o‘zlashtirsa, iymoni mukammal bo‘lg‘aydir. «qo‘li bilan va tili bilan o‘zgalarga ozor bermagan kishi musulmondir»; «Ochlarni to‘yg‘azish islomdandir»; «O‘zi yaxshi ko‘rgan narsani birodariga ravo ko‘rmoqlik iymondandir»; «Fitnadan hazar qilmoq dindandir»; «Hayo iymondatsdir»; «Gunohlar jaholat qilmishidir»; «Zakot berish islomdandir»; «Janozada qatnashish iymondandir»; «Omonatga xiyonat qilmoqlik, yolg‘on so‘zlash, so‘zida turmaslik, kek saqlashlik, nohaqlik qilish munofiqlikning alomatlaridir». «Al-Adab al-mufrad» (Adab durdonalari) kitobiga 4 jildlik «Ishonarli to‘plam»dan 1322 ta hadis va xabarlar kiritilgan. Bu kitob farzandlarning ota-ona oldidagi burchi haqidagi hadislar bilan boshlanadi. «Biz hamma insonlarga ota-onalariga yaxshilik qilmoqliklarini buyurdik»; «Ota-ona farzandga zulm qilsa ham bola ularni ranjitmasligi kerak»; «Alloh taologa shirk keltirish, odam o‘ldirish, urush maydonidan qochish, pokiza ayolni fohisha deb tuhmat qilish, ijaraxo‘rlik, etimlar molini emoq, odamlarni masxara qilish, kamsitish, ota-onani xafa qilib yig‘latish — mana shular eng katta gunohdir»; -«Ota-onang nimani istasa, o‘shani ijro qilishdan imtino qilma»; -«Gunohlarning eng kattasi — Alloh taologa shirk keltirish va ota-onaga oq bo‘lishdir»; -«Ota-onasiga la’nat o‘qigan kishiga Alloh taoloning la’nati bo‘lsin; -«Ota-ona keksaygan vaqtida duolarini olmagankishilar xor bo‘ladi»; —«Kim ota-onasini rozi qilsa, Alloh taolo uning umrini ham ziyoda qiladi»; -«Ota-onang ikkalasi yoxud ulardan bittasi keksayib qolsa, ularga «uff» degan so‘zni aytma, gaplarini qaytarma, ularga yoqadigan gaplarni gapir, ularga rahmdillik yuzasidan qanotingni qoqib tur»; -«Kishining o‘z ota-onasini so‘kishi katta gunohdir»; -«Ota-onaning yig‘lashi bolasidan norozi bo‘lganliklaridan dalolat beradi va bu esa eng katta gunohlardandir». -«Qo‘shni haqqi — qo‘ldan kelganicha unga yaxshiik qilish: hadyalar berish, ko‘rganda ochiq yuzlik bilan muomala qilish, salomlashish, ahvolidan xabar olib turish, muhtoj bo‘lgan narsalarini qo‘ldan kelsa muhayyo qilish, unga moddiy va ma’naviy jihatdan zarar etkazmaslikdan iboratdir»; -«qo‘shnichilikda hech qanday din va millat e’tiborga olinmasligi lozim; -«qo‘shnilarning eng yaxshisi qo‘shnisiga munosabatda mumtozidir»; -«Foniy dunyodagi yomon qo‘shnidan ko‘chibgina qutulishing mumkin»; -«qaysi bir qo‘shni o‘z qo‘shnisiga zulm qilib,uni o‘z hovlisidan chiqib ketadigan holatga keltirsa, albatta halokatga uchraydi». -«Beshikdan lahad og‘ziga qadar ilm talab qilinglar»; -«Ilmni izlanglar, agarchi CHinu Mochindan uzoq joyda bo‘lsa ham». Download 138.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling