Mavzu: Issiqlik texnikasi predmeti va maqsadi. Asosiy tushunchalar va kattaliklar


Download 0.6 Mb.
bet24/50
Sana03.10.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1690830
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   50
Bog'liq
MARUZALAR ISSIQLIK TEXNIKASI

1.O’zgarmas me’yorda oqish

Texnikaning turli sohalarida uzluksiz gaz yoki bug’ oqimlari bilan ishlashga to’g’ri keladi. Masalan, bug’ mashinalarida, gaz turbinalarida, turbokompressorlarda, reaktiv dvigatel va qurilmalarda va x.k.


Gaz va bug’larning uzluksiz oqimi termodinamikada muvozanatlashgan, bunda quvur ko’ndalang kesimi bo’yicha gaz teng tarqalgan, quvur ko’ndalang kesimi o’zgargani bilan undan o’tayotgan gaz miqdori vaqt davomida o’zgarmas va gaz oqimi bo’yicha asosiy ko’rsatkichlari o’zgarmay qoladi. Bundan tashqari gaz (yoki bug’) tashqi muxit bilan issiqlik almashmaydi, ya’ni adiabatik oqim deb qaraladi.
YUqorida qabul qilingan shartlarga ko’ra o’zgaruvchan ko’ndalang kesimli quvur (truba) dan 1 sek.da oqib o’tayotgan gaz massasi quyidagicha bo’ladi.


, (144)
bu yerda, m - 1 sek.da quvurdan oqib o’tayotgan gaz massasi, kg/sek;
f1,f2,f3 - quvur(lar) ning ko’ndalang kesim yuzalari, m2;
1, 2, 3- ko’ndalang kesimlarda gaz solishtirma hajmlari, m3/kg;
C1,C2,C3 - bu ko’ndalang kesimlarda gaz tezligi, m/sek;
YUqoridagi(144) tenglik gaz oqimining uzluksizlik yoki sidirg’alik shartining analitik ifodasi xisoblanadi.
Soddalashtirish uchun 63-shakldagi quvurning 2 ta kesmasini taxlil qila-miz.
Ma’lumki, gazni to’lik energiyasi uning ichki energiyasi va kinetik energiyalarining yig’indisiga teng.




bu yerda, u1 va u2 - quvurning mos qirqimlarida gazning ichki energiyasi;
p1 1 va p2 2 - mos qirqimlardagi gaz bosimi va solishtirma hajm ko’paytmalari bo’lib, gazning itarish ishi deb yuritiladi.
Gaz entalpiyasi i = u + r bo’lganligi uchun



6 3-shakl

(145)
Demak, gaz oqimi quvurda o’zgarmas va adiabatik bo’lganda gaz entalpiyasi hamda kinetik energiyasining yig’indisi o’zgarmay qoladi.
(43) tenglikni biroz o’zgartirsak,
(146)
bu yerda, - mavjud ish yoki kuvurda xarakatlanayotgan gaz kinetik energiyasining ortishi;
i1 - i2 = h0 - issiqlik pasayishi mavjudligi.
Demak yozish mumkinki , ya’ni termodinamika birinchi qonuniga ko’ra ish issiqlikka teng.



Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling