Mavzu: Issiqlik texnikasi predmeti va maqsadi. Asosiy tushunchalar va kattaliklar


Download 0.6 Mb.
bet32/50
Sana03.10.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1690830
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   50
Bog'liq
MARUZALAR ISSIQLIK TEXNIKASI

5. Kompressorlarning tsikllari

Texnikada gazsimon moddalarni (gaz va bug’larni) qisib trubaga yoki idishga xaydash uchun ishlatiladigan mashinalarni - kompressorlar deb aytiladi. Ko’pincha, porshenli yoki markazdan qochma asosda ishlaydigan kompressorlar qo’llaniladi. I.YO.D.laridagi gazning issiqlik ta’sirida maxanik ish olinsa, kompressorlarda gazni qisish uchun mexanik ish sarflanadi. Bu ish (energiya) gazga tashqaridan beriladi, ya’ni kompressor tsiklini bajarishda manfiy ish bajariladi.




Bir pog’onali porshenli kompressor

Sikl quyidagi jarayonlardan iborat (43-shakl):


4-1 - gazni kompressor tsilindriga so’rish.
1-2 - gazni izotermik (politropik, adiabatik) qisish jarayoni.
2-3 - kompressor tsilindridan qisilgan gazni itarib chiqarish (izobara) jarayoni.
3-4 - gazning xaydab chiqarilgandan so’ng kompressor porshenining qayta boshlashi (kengayish) natijasida bosimning ( izoxorik) pasayish jarayoni.
r koordinatalar tizimida tsiklni bajarish uchun (1 kg qisilgan gaz uchun) 44 shakldagi shtrixlangan yuza S1-2-3-4-1 bilan ifodalangan mexanik ish sarflanadi.
a) agar gazni qisish izotermik bo’lsa, kompressorni xarakatlantirishga sarflanadigan ish:

Izotermada bo’lganligi uchun
(120)
ya’ni, kompressorda qisish jarayoni izotermik bo’lsa tsiklga sarflanadigan ish faqat izotermik qisishga sarflanadi.

43-shakl

b) Agar qisish jarayoni adiabatik bo’lsa qisishgan sarflanadigan ish miqdori.

natijada ish uchun (121)
TSiklga sarflanadigan ish adiabatik qisish jarayonidagi ishga qaraganda “K” marta ko’prok bo’ladi.
Ish miqdorini entalpiya orqali ifodalash ham mumkin. Adiabatik jarayonda q=0 bo’lganligi uchun termodinamika birinchi qonunining matematik ifodasi
yoki
demak, yoki bundan
Kompressorda qisish adiabatik bo’lganda sarflanadigan ish miqdori gazning qisishdan keyingi va oldingi entalpiyalarining ayirmasidan iborat.
v) agar qisish jarayoni politropik bo’lsa, sarflanadigan ish miqdori,
(122)
(122) ifodaning keltirib chiqarish (121) tenglikni keltirib chiqarish kabi bo’ladi, faqat ko’rsatkich “k” emas “n” bo’ladi.
Ishlayotgan porshenli kompressorlarning ko’pchiligi politropik bo’lib, daraja ko’rsatkichi, n=1,20...1,25 oralig’ida o’zgaradi.



Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling