Mavzu:
|
Suv bug’lari va uning asosiy xususiyatlari
|
Maqsad:
|
Bug’lari va uning asosiy xususiyatlarini o’rganish. Bug’ining hosil bo’lishi, ular uchun “rυ” va “TS” diagrammalarini o’rganish.
|
Maqsad:
|
Suv bug’lari va uning asosiy xususiyatlarini o’rganish. Suv bug’ining hosil bo’lishi, ular uchun “rυ” va “TS” diagrammalarini o’rganish.
|
Mavzuda o’rganiladigan asosiy masalalar:
1.Asosiy tushunchalar.
2.Suv bug’i uchun diagrammalar.
3.Bug’ - kuch qurilmasining ishlash sxemasi
4.Suv bug’i uchun Korno tsikli.
5.Suv bug’i uchun Renkin tsikli.
6.Issiqlik bilan ta’minlash asoslari.
1. Asosiy tushunchalar
Issiqlik mashinalarida, issiqlik dvigatellarida, isitish qurilmalarida ishchi jism sifatida suv bug’lari qo’llaniladi, chunki, suv arzon, zapasi ko’p va termodinamik ko’rsatkichlari nisbatan yaxshi.
Suvning suyuq xolatidan bug’ xolatiga o’tishi bug’lanish deyiladi. Suvning bug’ga aylanishi 2 xil yo’l bilan bo’lishi mumkin: bug’lanish va qaynash.
Bug’lanish jarayonida suv satxiga yaqin sirtdagi molekulalar o’zlaridagi kinetik energiya xisobiga suyuqlik ichidan otilib chiqib atmosfera (muxit) ga chiqib ketadi.
Bug’lanish - suyuqlikning ochiq turgan yuzasidan xar qanday xaroratda otilib chiqayotgan molekulalar xisobiga bo’ladi.
Qaynash - bug’lanishning faqat suyuqlik sirtidan tashqari, butun suyuqlik hajmi bo’yicha bo’lish jarayonidir. Fizika kursidan ma’lumki, suyuqliklarning qaynash xarorati uning turiga va asosan muxit bosimiga bog’lik. Masalan, suv tog’ sharoitlarida, ya’ni muxit bosimi past bo’lganda, 100 0S dan ancha past xaroratlarda qaynab ketishi ma’lum.
Bug’ning suyuqlikka aylanish jarayonini kondensatsiya deyilib, bundan xosil bo’lgan suyuqlikni kondensat deb yuritiladi. SHu sababdan 54 shakldagi 3-qurilma-ning nomi kondensator deb yuritiladi. Distrlangan suv, yomg’ir va qor suvlari ham kondensat xisoblanadi.
Suyuqlikning bug’lanish jarayonida molekulalarning suyuqlikdan muxitga otilib chiqishidan tashqari, molekulalarning suyuqlikka qaytishi ham sodir bo’ladi. Muxitga otilib chiqayotgan molekulalar sonining suyuqlikka qaytib tushayotgan molekulalar soniga tenglashganda dinamik muvozanat sodir bo’ladi. Bu xolatdagi bug’ni to’yingan bug’ deb ataladi. To’yingan bug’ning zichligi maksimal bug’ ziligiga ega.
Bug’ning to’yingan xolatga kelishi muxit xaroratiga bog’lik bo’lib, xar bir xarorat uchun to’yinish xarorati mavjud.
Bug’lanish jarayonida muxitga otilib chiqayotgan molekulalar o’zlari bilan suvning mayda tomchilarini ham olib chiqishlari mumkin. SHuning uchun to’yingan bug’da mayda suv tomchilari ham bo’lib, bug’ni to’yingan nam bug’ deyiladi.
Agar bug’lanayotgan suvning ustki qismi (muxit)chegaralangan (aytaylik, qopqoq bilan yopilgan) bo’lsa, ma’lum sharoitda suv tomchilari qolmaydi. Bunday sharoitdagi bug’ni-quruq to’yingan bug’ deb yuritiladi.
Ko’pincha bug’ tarkibida ma’lum miqdorda suv tomchichalari bo’ladi. SHu sababli, bug’lar uchun quruqlilik darajasi degan tushuncha kiritilgan.
Agar, bug’ uchun quruqlilik darajasi x = 0,9 bo’lsa, buning mazmuni-bug’ning tarkibida 10 % suv tomchilari bor degani bo’ladi.
Izox; Bug’ - moddaning gaz xolati bo’lib, oddiy ko’z bilan ko’rinmaydi. Agar bug’, bug’lanish jarayoni, ko’zga ko’rinayotgan ekan,demak, bug’ tarkibida suv tomchichalari bor bo’lib, biz shu suv tomchichalarini ko’ramiz.To’yingan bug’ning xaroratini yana oshirsak,ya’ni qizdirsak - o’ta qizigan bug’ xosil bo’ladi. O’ta qizigan bug’largina to’la gaz xolatiga o’tgan bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |