Mavzu: Iste’molchi va biznes bozorlari


Download 0.8 Mb.
Sana19.01.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1103048
Bog'liq
Mavzu

Mavzu:Iste’molchi va biznes bozorlari

Iqtisodiyot va ta`lim fakulteti 3-bosqich talabasi Yusupov iqbolxon


Isteʼmol bozori — isteʼmol buyumlari va xizmatlar oldi-sotdi qilinadigan, alohida shaxs yoki uy xoʻjaliklari shaxsiy isteʼmol uchun tovar va xizmatlarni sotib oladigan bozor. I. b. ning subʼyekti (ishtirokchilari) tovar sotuvchi firmalar, yakka sotuvchilar, aholi, davlat va jamoat idoralaridan iborat haridorlar. Uning obʼyekti esa shu yerda sotiladigan isteʼmol buyumlari va ijtimoiy-maishiy xizmatlar hisoblanadi. 
Bularning puldagi ifodasi I. b. ning hajmini tashkil etadi. I. b. xalqaro, milliy, mahalliy va hududiy I. b. larga boʻlinib, boshqa bozorlardan koʻp segmentliligi bilan farqlanadi. Bu segmentlardan eng yiriklari oziqovq-at, kiyim-kechak, uy-xoʻjalik tovarlari, maishiy va ijtimoiy xizmatlar bozori hisoblanadi. I. b. segmentlari haridorning mavqeiga qarab yoshlar, bolalar, qariyalar, erkaklar va ayollar tovar bozoriga ajraladi. 
Haridorning qurbiga qarab nufuzli tovarlar bozori, hammabop tovarlar bozori va arzon tovarlar bozorlariga boʻlinadi. Oʻzbekistondagi I. b. supermarketlar, magazinlar, salonlar, doʻkonlar, deh-qon bozorlari va sanoat mollari bo-zorlari, pullik maishiy xizmat korxonalari, pullik ijtimoiy xizmat tashkilotlari va muassasalari faoliyatda namoyon boʻladi.
Biznes bozorlari tovar va xizmatlarni kelgusida qayta ishlash yoki o’z ishlab chiqarish jarayonlarida ishlatish uchun sotib oladilar, vaholanki, tijorat vositachilari bozorlari tovar va xizmatlarni foyda olish maqsadida qayta sotish uchun sotib oladilar.
Davlat bozorlari tovar va xizmatlarni ommaviy xizmatlar ishlab chiqarish yoki tovar va xizmatlarni ehtiyojmand boshqa shaxslarga berish maqsadida sotib oluvchi davlat muassalaridan iborat. Nihoyat, xalqaro bozorlar boshqa davlatlardagi xaridorlar, shu jumladan, iste’molchi, ishlab chiqaruvchi, tijorat vositachilari va hukumatdan iborat. Har bir bozor sub’ekti sotuvchi tomonidan puxta o’rganilishi talab etiladigan alohida xususiyatlarga ega.
Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling