Mavzu: iste`molchilar hatti-harakati reja


Download 1.33 Mb.
bet2/5
Sana17.02.2023
Hajmi1.33 Mb.
#1206966
1   2   3   4   5
Bog'liq
4 Мавзу Истеъмолчилар ҳатти ҳаракати

Iste`molchining mablag‘i cheklangan. iste`molchi har doim tanlov oldida turadi: qaysi mahsulotdan qancha olishi kerak. iste`molchi mavjud imkoniyat doirasida o‘z ehtiyojini maksimal darajada qondirishga, turmush farovonligi darajasini oshirishga harakat qiladi. Ehtiyojni qondirish yoki turmush farovonligi darajasi naflilik deyiladi. ko‘p hollarda ne`matlar yakka tartibda emas Ne`matning nafligi-ne`matning inson ehtiyojini qondira olish xususiyatidir. iste`mol nazariyasida ne`mat-bu iste`molchining ehtiyojini qondira oladigan har qanday iste`mol ob`ektidir. ko‘p hollarda ne`matlar yakka tartibda emas, balki majmua tartibda yoki “iste`mol savati” bilan iste`mol qilinadi. Iste`mol nazariyasida iste`molchilar ma`lum didga, xohishga ega va ular bu xohish va didlarini qanoatlantirishda byudjet (daromad) bilan cheklangan. bunda ular ne`matlar majmualaridan, maksimal naf keltiradigan majmuani tanlashga harakat qiladi deb qaraladi. iste`molchining daromadi cheklangan, alohida iste`molchi tomonidan sotib olinadigan ne`mat narxi uning miqdoriga bog‘liq emas; iste`molchilar ne`matning nafliligini to‘liq biladi, iste`molchi maksimal naf beruvchi ne`matlar majmuasini tanlaydi, deb faraz qilinadi.

Ne`matning narxi, uning umumiy nafligiga emas, balki chekli nafliligi bilan belgilanadi. demak, naflik funktsiyasi, naflik darajasini iste`mol qilingan ne`matlar hajmiga bog‘liqligini ifodalaydi: bu erda: TU-naflik darajasi; x1 , x2 ,……xn -1, 2, ..., n- ne`matlar hajmi

  • Naflik funktsiyasi orqali nafaqat umumiy naflilikni ifodalash mumkin, balki aynan bir ne`matdan ketma-ket iste`mol qilish natijasida olinadigan qo‘shimcha naflilik miqdorini ifodalovchi chekli naflilikni ham aniqlash mumkin. Chekli naflilik-bu naflilik funktsiyasidan biror-bir ne`mat o‘zgaruvchisi bo‘yicha olingan xususiy hosiladir.
  • bu erda ∆TU-umumiy naflilikni o‘sgan qismi;
  • Xi-i-ne`mat miqdori; MU (xi)-i-ne`matning chekli naflilik darajasi.
  • Chekli naflik (MU) -bu biror ne`matdan qo‘shimcha bir birlik iste`mol qilish natijasida (boshqa ne`matlar iste`moli o‘zgarmaganda) iste`molchi tomonidan olinadigan qo‘shimcha naflilikdir.

Download 1.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling