Mavzu: Istiqlol va tafakkur tarzining yangilanish muammolari Reja: Istiqlol va tafakkur


Istiqlol va tafakkur tarzining yangilanishi


Download 407.1 Kb.
bet2/2
Sana18.03.2023
Hajmi407.1 Kb.
#1283405
1   2
Bog'liq
Fayzullayev Javlonbek1

 Istiqlol va tafakkur tarzining yangilanishi bir qator yo’nalishlarda namoyon bo’ladi.
1. Avvalo bu kelajagi buyuk davlatni barpo etish bilan boqliq. Bunda ana shu yaratilajak yangi jamiyat haqida, bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich o’tish jarayoni, yangi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarning qaror topa borishi, islohotlarning inson manfaatlariga xizmat qilishi, milliy uyqonish ijtimoiy taraqqiyot taqozosi, komil insonni voyaga etkazish davr talabi ekani kabi dasturiy vazifalarning hayotiyligi to’qrisidagi qoyalarni odamlar dunyoqarashida qaror toptirish zarur.
2. Falsafiy ongning yangilanishi mohiyat e’tibori bilan fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat barpo etish borasida iqtisodiy mustaqillikka erishish orqali siyosiy mustaqillikni mustahkamlash, mamlakatimizning xalqaro nufuzi va aloqalarining o’sib borishi, tinchlik, osoyishtalik, milliy totuvlik, bahamjihatlikka xizmat qiluvchi qoyalarga tayanadi. Uning hayotiyligi xalq irodasiga, ruhiyatiga, milliy tuyqulari, orzu-intilishlariga mosligi bilan belgilanadi.
Falsafadagi yangilanish millat va Vatan manfaatlari, istiqbol rejalari, milliy qadriyatlarimiz ruhiga mos holda kechadi. Bu esa, o’z navbatida, yurtimizda kechayotgan islohotlar jarayoni, davlatimizning siyosiy, huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy, ma’naviy hayotidagi ijobiy o’zgarishlar to’qrisida halqimizda to’qri tasavvur va tushunchalarni hosil qilib borish lozimligini ko’rsatadi.
Tafakkur yangilanishi taqozo etadigan eng muhim vazifa poklanish jarayoni odamlar ruhiyati va tafakkurida amaliy tus olishi uchun o’zbekiston Konstitutsiyasida mujassam etilgan maqsad va qoyalarni amalga oshirish yo’lida xizmat qilishdir. Bu maqsad va qoyalar omma manfaatlarini aks ettirgani bois ularni ma’naviy hayot tarzining tarkibiy qismiga aylantirish muhim ahamiyatga ega.
Shu o’rinda o’zbekistonda qabul qilinayotgan qonun va boshqa hujjatlarning asl mohiyatini, ularda bayon qilingan qoya va xulosalar, takliflarni keng xalq ommasi ongiga etkazish benihoya muhim va dolzarb ekanini ta’kidlash joiz. Chunki huquqiy jamiyat va ma’rifatli, barkamol inson tushunchalari o’zaro boqliqdir.
Madaniy bozorni ham, ma’naviy soqlom jamiyatni ham ana shunday kishilar yarata oladi. Ularni voyaga etkazmay turib, jamiyatdagi yangilanishning asosiy yo’nalishlarini amalga oshirish to’qrisida fikr yuritish qiyin.Mamlakatimiz mustaqilligi, tinchligi, uning fuqarolari totuvligi, ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy barqarorlikning qadriga etish, jamiyatimiz hayot tarziga xavf solishi mumkin bo’lgan tahdidlarga qarshi ogohlikni kuchaytirishda falsafa va umuman, ijtimoiy fanlarning ahamiyati beqiyos. Shu bois o’z xalqi tarixini, o’z milliy madaniyatini, urf-odat va an’analarini yaxshi biladigan, milliy qururi yuksak avlodni tarbiyalash falsafaning muhim vazifasidir. Bu esa jamiyat a’zolarida fikr erkinligini tarbiyalashni taqozo qiladi.
ADABIYOTLAR
1. Karimov I. o’zbekiston XXI asr bo’saqasida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. — T.: «o’zbekiston», 1997.
2. Karimov I. Barkamol avlod — o’zbekiston taraqqiyotining poydevori. — T.: «o’zbekiston», 1997.
3. Karimov I. Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q. — T.: «o’zbekiston», 1998.
4. Karimov I. «Donishmand xalqimizning mustahkam irodasiga ishonaman». «Fidokor» gazetasi, 2000 yil 8 iyun.
5. Karimov I. o’zbekiston XXI asrga intilmoqda. — T.: o’zbekiston, 1999.
6. o’zbekiston XXI asrga intilmoqda. — T.: o’zbekiston, 2000. - 352 b.
7. «Osnovo’ filosofii». – T. «o’zbekiston», 1998.
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT
Download 407.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling