Mavzu: Italiya va Germaniyaning maktabgacha ta`lim tizimi va ilg’or pedagogik tajribalarini o`rganish. Reja
Bitiruv malakviy ishining vazifalari
Download 0.59 Mb.
|
Italiya va Germaniyaning maktabgacha ta`lim tizimi va ilg’or pedagogik
- Bu sahifa navigatsiya:
- II.Asosiy qism. 2.1. Italiya va Germaniyaning maktabgacha ta`lim tizimi va ilg’or pedagogik
Bitiruv malakviy ishining vazifalari.
Italiya va Germaniyaning maktabgacha ta`lim tizimi va ilg’or pedagogik tajribalarini o`rganishning dolzarbligi va ahamiyatini aniqlash. Italiya va Germaniyaning maktabgacha ta`lim tizimi va ilg’or pedagogik tajribalarini o`rganishning maqsad va vazifalarini o’rganish. Italiya va Germaniyaning maktabgacha ta’lim tizimini taqqoslash. Italiya va Germaniyaning maktabgacha ta’lim-tarbiya sohasidagi ilg’or pedagogik tajribalarini o’rganish va tahlil qilishni bilib olish. II.Asosiy qism. 2.1. Italiya va Germaniyaning maktabgacha ta`lim tizimi va ilg’or pedagogik tajribalarini o`rganishning maqsad va vazifalari. Italiyada maktabgacha ta'lim majburiy emas va statistik ma'lumotlarga ko'ra, ayanchli ahvolda: mamlakatda tayyorgarlik ta'lim muassasalari keskin tanqis. Maktabgacha ta'lim muassasalari soni bo'yicha Italiya Evropada oxirgi o'rinlardan birini egallaydi. Bu holat bolalarni uyda tarbiyalashning azaliy an'anasi bilan izohlanadi. Ammo hozir ko'p ayollar erkaklar bilan teng asosda ishlaydi va tug'ruq ta'tili atigi 5 oy davom etadi. Hozirgi holat 2009 yildan buyon Italiyada oilaviy bolalar bog'chalari yaratish amaliyoti keng qo'llanilishiga olib keldi. Ularda o'qitish juda qimmat, ammo ko'pchilik uchun bu yagona yo'l. Oilaviy bolalar bog'chasini ochish uchun bo'lajak o'qituvchi pedagogik ma'lumotga ega bo'lishi va darslar o'tkaziladigan binolar xavfsizlik standartlariga muvofiq bo'lishi kerak. Ba'zi davlat maktabgacha ta'lim muassasalari ota -onalarga bolalarni uydan bolalar bog'chasiga o'z transportida etkazib berishni taklif qiladi, bu ertalab vaqtni sezilarli darajada tejaydi. Ota -onalar o'z farzandlarini o'zlari olib ketishadi. Maktabgacha ta'lim tashkilotlarining ta'lim dasturi quyidagilarga qaratilgan: atrofdagi dunyo bilan tanishish; jamoaga moslashish; so'z boyligini boyitish va ritorikani egallash; bolaning jismoniy rivojlanishi; chet tilining asosiy bilimlarini egallash; mustaqillik va individuallikni shakllantirish. Ba'zi maktabgacha ta'lim tashkilotlari dasturida ovqat tayyorlash, suzish bo'yicha qo'shimcha darslar mavjud. Bolalar musiqa, modellik, rasm, raqs bilan shug'ullanishadi. Kattaroq bolalarga kompyuter bilan ishlash asoslari o'rgatiladi. Bundan tashqari, rohibalar boshqaradigan bolalar bog'chalari ham bor. Bunday tashkilotlarda namoz o'qish, sanolarni kuylash va diniy bayramlarda qatnashish standart o'quv dasturiga kiritilgan. Germaniya – jahon ilm-fani va madaniyati o‘choqlaridan biri. Bu mamlakat ildizi asrlarga borib taqaluvchi ilmiy maktablari, Gyote, Gegel, Betxoven, Nitshe, Eynshteyn, Gumboldt singari olim va ijodkorlari bilan tilga tushgan. Xalqaro doirada e’tirof etilgan olmon ta’lim dargohlarida mustaqil fikr hamda keng dunyoqarash shakllanishiga alohida e’tibor beriladi. Ta’lim tizimiga tatbiq etilayotgan yangi usullar, so‘nggi axborot texnologiyalaridan unumli foydalanmaganlarga esa juda qiyin. Taraqqiyot manzili sari oshiqayotgan jamiyatda bilimsiz o‘z o‘rniga ega bo‘lish amri mahol. Darvoqe, olmonlarga xos temir intizom, birso‘zlilik xislatlari ham aynan ta’lim dargohlarida shakllanadi. Germaniyada maktabgacha ta’lim tashkilotlari davlat tizimiga kirmaydi. Bolalar bog‘chasi xayriya jamg‘armalari, mahalliy hokimiyat hamda cherkov vasiyligida faoliyat yuritadi. Shu bilan birga korxona va tashkilotlar ham o‘z bog‘chasiga ega bo‘lishi mumkin. Maktabgacha ta’lim tizimi (elementarbereich) 3 yoshdan olti yoshgacha bo‘lgan bolalarni qamrab oladi. Hali aqlini tanib ulgurmagan bolalarda o‘z fikrini ifodalash, tengdoshlari va kattalar bilan muloqot qilish qobiliyatini shakllantirish, ularni boshlang‘ich ta’limga tayyorlashda bog‘chalarning o‘rni katta. Shu bois ham olmonlar bog‘chalarni “tafakkur ustaxonasi” deb atashadi. Germaniya Konstitutsiyasiga muvofiq, maktab ta’limi davlat nazoratida. Mamlakatda o‘n oltita federal yer mavjud bo‘lsa, ularning har biri o‘zining ta’lim to‘g‘risidagi qonuniga ega. Shu sababli federal yerlarda maktab ta’limida ayrim farqlar bor. Masalan, aksariyat hududlarda boshlang‘ich ta’lim 4 yil (birinchi sinfdan to‘rtinchiga qadar), poytaxt Berlinda esa – 6 yil. Ammo bu kabi farqlarga qaramasdan, barcha hududlar uchun umumiy tartib-qoidalar amal qiladi. Germaniyada maktab ta’limi majburiy va bepul. 6 yoshdan 18 yoshgacha fuqarolar majburiy tartibda ta’lim olishi shart. Maktab ta’lim tizimi boshlang‘ich (primarstufe), o‘rta (sekundarstufe I) va yuqori (sekundarstufe II) bosqichlarga bo‘linadi. Bolalar 5-6 yoshdan boshlang‘ich maktab (grundschule)ga qatnaydi. Boshlang‘ich maktabda o‘qish davri to‘rt yildan olti yilgacha. Maktablarda birinchi, ikkinchi sinf davomida o‘quvchilarga baho qo‘yilmaydi. O’qituvchilar baho o‘rniga bolaning individual rivojlanish holati xususida hisobot tayyorlaydi. O’quvchilarga 3-sinfdan baho qo‘yila boshlaydi. Germaniyada 6 ballik baholash tizimi qabul qilingan. Bunga ko‘ra, 1 – a’lo (sehr gut), 2 – yaxshi (gut), 3 – qoniqarli (befriedigend), 4 – yetarli (ausreichend), 5 – yetarli emas (mangelhaft), 6 – qoniqarsiz (ungengend). O’quvchilar fanlarni eng kamida “to‘rt”ga o‘zlashtirishi kerak. Boshlang‘ich bosqichda bolalarga matematika, nemis tili, tabiatshunoslik, musiqa, estetika fanlari o‘tiladi. Germaniya Federativ Respublikasi 16ta mustaqil Federativ erlar (viloyatlar)dan iborat bo’lib, har biri shakliga ko’ra turlicha bo’lgan ta’lim tizimiga ega. Ta’lim tashkilotlari asosan davlat tasarrufida bo’lib, ular uchun ta’lim dasturiga tegishli bo’lgan davlat ko’rsatmalari mavjud. Ta’limni joriy qilish va boshqarish Federal erlar (FE) xuqumatining konpetensiyasiga kiradi, lekin markaz tomonidan umumiy raxbarlik ham bor: ta’lim vazirligi ta’lim siѐsati konsepsiyasini ishlab chiqadi, OO’Yularini kengaytirishga mablag’ ajratadi. GFR konstitutsiyasiga ko’ra har bir Federal Er o’z hududidagi maktab va oliy ta’limni rejalashtirish va amaliѐtga tadbiq etish bo’yicha o’zi javob berishga qaramay, barcha Federal Erlar va Federal xukumat umumta’lim va oliy ta’lim tashkilotlarida o’qitish kurslarida birlikni ta’minlash maqsadida hamkorlik qiladilar. Federal organlar va Federal Erlarning ta’lim sohasi bo’yicha siѐsati kelishilgan: ta’limning davomiyligi, ta’tillar, o’quv dasturi, imtixonlarni o’zaro tan olish, attestatlar, maktabni tugatganligi xaqida guvohnoma, diplomlar, unvonlar shular jumlasidandir. Federal hukumatning xuquqlari asosiy qonunlarni qabul qilishda, jumladan moliyalashtirish masalalarida chegaralangan. Ta’limdagi xarajatlar haqida quyidagilarni aytish mumkin: birorta Federal Erlar davlat umumta’lim, kasbiy o’quv yurtlarida o’qish uchun pul olmaydi; barcha Federal erlarda o’quvchilarni uydan maktabga, maktabdan uyga tashuvchi avtobuslarni o’z hisobidan beradi; - deyarli barcha o’quvchilarga darslik va o’quv qo’llanmalarni qiymatining ozgina qismiga beriladi; ma’lum toifadagi o’quvchilar va talabalarga mavjud federal qonunlarga ko’ra davlat moddiy ѐrdam ko’rsatadi. Germaniyada xususiy maktablarga ruxsat berilgan, ular orasida diniy maktablar ham bor. Bu maktablarda taxminan 8% o’quvchilar tahsil oladilar. Xususiy maktablar o’quv dasturlarini tanlashda davlat maktablariga nisbatan erkin bo’lganligi bois turli pedagogik muqobillarning aprobatsiyasi o’tkazilib turiladi. Sekin asta differensiyalashgan ta’lim tizimi, ya’ni har bir o’quvchiga uning qobiliyati va o’qishdagi turlicha yo’nalishiga ko’ra moslashuvchan ѐndashuv kiritilmoqda. Elementar ta’lim: maktab ta’limining 1-bosqichiga tegishli bo’lib, maktabgacha tashkilotlar kiradi. Asosan bular bolalar bog’chalari, tayѐrlov sinflari va kirish uruhlari bo’lib, bu erlarga bolalarning qatnashishi 3 yil davomida ota-onalar xohishiga ko’ra ixtiѐriydir. Ta’limning birinchi bosqichi. (Primastufe) boshlang’ich maktab, unga 6 ѐshdan qatnay boshlaydi. O’qish muddati 4 yil, Berlin va Brandenburgda 6 yil. Bu bosqichdagi ta’limning maqsadi-bolalarga ta’lim Ining ikkinchi bosqichidagi u ѐki bu maktabda ta’limni davom ettirishga imkon beruvchi asosiy bilimlarni berishdan iborat. Ta’lim I ning ikkinchi bosqichi (Sekundastufe I) ―yo’nalishli bosqich‖ deb nomlanuvchi bosqichdir, unda bolalarni ularning iqtidoriga ko’ra o’quv tashkilotlarining kerakli turiga yo’naltiradi: asosiy maktablar, real maktablar, gimnaziyalar, kompleks maktablar. O’quvchilar ta’lim xaqidagi attestatni real va asosiy maktablarni bitirgachgina olishadi. Ta’lim II ning ikkinchi bosqichi (Sekundastufe II)ga gimnaziyaning yuqori sinflari, shuningdek kasbiy ta’lim va tashkilotlarda kasbiy ta’lim kiradi. Tashkilotlarda kasbiy ta’lim “dual tizim” deb ham ataladi, unda ta’lim va ishlab chiqarishda amaliѐt 2 yil davomida olib boriladi, bu o’qishni tugatish o’rta ta’limni tugatish bilan teng bo’lib, yakunida faqat kasbiy sohada o’qishni davom ettirish mumkin. Gimnaziyada 3 yil o’qib, o’quvchilar umumiy shahodatnoma “yetuklik attestati”-abitur oladilar, bu ularga istagan oliy o’quv yurtiga kirishga imkon beradi. Ta’limning uchinchi bosqichi oliy ma’lumot haqida diplom beruvchi oliy o’quv yurtlari va malaka oshirish o’quv tashkilotlari. Italiya ta’lim tizimi. Italiyadagi zamonaviy xalq taʼlimi tizimi 19-asrning 2-yarmidan tarkib topa boshlagan. 1859 yilda 6–9 yoshdagi bolalarning majburiy taʼlimi toʻgʻrisida qonun (Kazati qonu-ni) qabul qilingan edi. Italiyada 6–14 yoshdagi bolalar uchun majburiy 8 yillik taʼlim joriy etilgan. Davlat maktablari bilan birga, asosan, diniy tashkilotlar taʼminotidagi xususiy maktablar ham mavjud. Xalq taʼlimi tizimiga quyidagilar kiradi: 3–5 yoshli bolalar uchun majburiy boʻlmagan maktabgacha tarbiya tashkilotlari, majburiy maktablar (6– 11 yoshli bolalar uchun 5 yillik boshlangʻich va 3 yillik quyi oʻrta maktab), majburiy maktab negizida oʻrta umumiy taʼlim va hunar taʼlimi beradigan toʻliqoʻrta umumiy taʼlim maktablitseylari (5 yil taʼlim beradigan mazkur oʻquv yurtini bitirganlar universitetga kirish huquqini oladi), oʻrta ped. oʻquv yurtlari (boshlangʻich maktab muallimlarini tayyorlovchi 4 yillik oʻqituvchilar institutlari va maktabgacha tarbiya tashkilotlari tarbiyachilarini tayyorlovchi 3 yillik ped. maktablari), hunar oʻquv yurtlari (malakali ishchilarni tayyorlovchi 3 yillik hunar institutlari, oʻrta texnika maʼlumotli xodimlarni tayyorlovchi texnika institutlari), oʻrta badiiy va musiqa oʻquv yurtlari, oliy oʻquv yurtlari (universitet va oliy maktablar). Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling