Mavzu: IX-X asrlarda ver-mulk munosabatlari. Somoniylar sulolasimng inqirozi. Gazinaviylar davlati Darsning maqsadi: Tahlimiy


Vaqf yerlar — masjid. madrasa, xonaqoh va maqba-ralarga vaqtincha yoki abadiy foydalanish uchun berilgan yer


Download 63.5 Kb.
bet4/4
Sana17.06.2023
Hajmi63.5 Kb.
#1547357
1   2   3   4
Bog'liq
IX-X asrlarda ver-mulk munosabatlari. Somoniylar sulolasimng inqirozi. Gazinaviylar davlati

Vaqf yerlar — masjid. madrasa, xonaqoh va maqba-ralarga vaqtincha yoki abadiy foydalanish uchun berilgan yer

  • Mulki sultoniy — hukmdorga qarashli davlat yeri

  • Mulk yerlari — hukmron sulola vakillari mulkdor dehqon va aslzodalar, shuningdek qishloq aholisiga qarashli xususiy yerlar

  • Mulki xos — davlat sotig’idan qisman yoki butunlay orod etilgan oliy martabali ruhoniylar va sayyidlarga qarashli yerlar

  • Sayyidlar— Muhammad (s.a.v.ning) nabirasi Husayn avlodlari

  • Ushr— hosilning 10% miqdorida olinadigan soliq

  • Sayyid — oqsoqol

    G'aznaviylar davlat tuzumi va boshqaruv tizimlari azaldan rivoj-lanib kelayotgan turkiy davlatchilik asosida qurilgan bo'lsa-da, biroq u o'ziga xos mahkamachilik xususiyatiga ega edi. Bosh vazir tizimida harbiy, elchilik va rasmiy tadbirlar, moliya va xabar-pochta devonlar faoliyat ko'rsatgan. Viloyat hukmdori voliy, shahar hokimi rais deb yuritilgan. Viloyatda boshqaruv ishlari amid, shaharlarda esa kutvol tomonidan amalga oshirilgan. Davlat qudratli qo'shinga ega edi. Bosh qo'mondon — sipohsolor, lashkarboshi — solor, harbiy qismlar esa sarxang deb atalgan. Qo'shinda harbiy kemalar (daryo va dengiz floti) ham mavjud bo'lgan.


    G'aznaviylar davlatida ilm-fan va madaniyat, xususan, adabiyot rivojlangan. Mahmud G'aznaviy turkiy ona tili bilan bir qatorda fors, arab va pahlaviy tillarini ham mukammal bilgan, she'r bitgan. Poytaxt saroyida 400 dan ortiq olim, shoir va san'atkorlar ijod qilgan. Abu Rayhon Beruniy, Nosir Xusrov, Gardiyziy va Bayhaqiy kabi buyuk mutafakkirlar G'aznada yashaganlar. Beruniy «Qonuni Mas'udiy». Bayhaqiy «Tarixi Mas'udiy» asarlarini sulton Mas'udga bag'ishla-ganlar. Abul Qosim Firdavsiy mashhur «Shohnoma» dostonini Mah­mud G'aznaviyga taqdim etgan. G'aznaviylar davlatida qurilish va me'morchilikka ham jiddiy e'tibor berilgan. G'azna, Balx, Nishopur, Lohur va boshqa shaharlarda ko'plab madrasalar, masjid, xonaqo va saroylar bino qilinib, kutubxonalar faoliyat ko'rsatgan. Bog'u chor-bog'Iar barpo etilib, xususan poytaxt G'azna shahri gullab yashnagan.


    Savollar:

    1. Yer egaligining qanday turlarini bilib oldingiz?

    2. Barzikorlar va qo'shchilar kimlar edi?

    3. Dehqonlarning ijtimoiy ahvoli haqida gapirib bering

    4. Somoniylar hokimiyatini inqirozga olib kelgan sabablarni qayd eting.

    1. G'aznaviylar davlati haqida nimalami bilib oldingiz.

    2. G'azna shahrida olimlardan kimlar ijod qilganlar?

    Download 63.5 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling