Somoniylar hokimiyatining inqirozi
Somoniylar harbiy yurishlari, hukmron sulolaning ichki nizolari, mahalliy hokim-larning boshboshdoqlik harakatlari bor-gan sari avj olib bordi. Oqibatda mam-lakatda iqtisodiy tanglik sodir bo'ldi. Hatto harbiylar, shu jumladan amirning muntazam turk sarbozlari qo'shiniga maosh to'lash uchun mablag' topilmaydi. Bunday og'ir ahvoldan chiqish uchun 942-yilda aholidan ikki marta soliq undirib olinadi.
X asrga kelib tarix sahnasida yangi ijtimoiy tabaqa paydo bo'ldi. U ijarachi qo'shchi voki barzikor deb yuritilgan.
Behad tartibsizlik mamlakatda vaziyatni yanada keskinlashtirib, aholi turli tabaqalarining hokimiyatga qarshi qo'zg'alishiga sabab bo'ladi.
Siyosiy vaziyat Nuh (943-954) va uning nabirasi Nuh II (976-997) hukmronlik qilgan davrda nihoyatda keskin tus oladi. 947-yilda Nuh ibn Nasrning amakisi Ibrohim isyon ko'taradi. Saroy sarbozlari va Chag'oniyonning yirik yer-mulk egasi Abu Ali Chag'oniy yordamida u Buxoro taxtini egallab oladi.
Ko'p vaqt o'tmay Abu Ali Chag'oniyning o'zi ham hukmdorga qarshi isyon ko'taradi. Nuh qo'zg'olonni kuch bilan bostira olmaydi. 952-yilda Abu Ali Chag'oniyni u awal Chag'oniyonga, so'ngra Xurosonga hokim qilib tayinlashga majbur bo'ladi. 961-yilda Buxoro harbiy askarlarining g'alayoni ko'tariladi. Qo'zg'olonchilar amir saroyini talaydilar va unga o't qo'yib yuboradilar. Bunday voqealar-ning tez-tez qaytarilib turishi, shubhasiz, markaziy hokimiyatning za-iflashib qolganidan dalolat berardi.
G'aznaviylar davlati
Mamlakatda sodir bo'lgan og'ir davrda Somoniylar davlatining turk hojiblari saroy gvardiyasining siyosiy nufuzi nihoyatda kuchaydi. Chunki harbiy va mudofaa ish-lari to'la ular qo'lida edi. Turkiy sarkardalarning xizmatlari evaziga somoniy amirlari aksariyat iqtidorli lashkarboshilarni Hojib-ul-hojib yoki Hojib-ul-buzruk kabi oliy harbiy mansablarga tayinlab, ularga hatto ayrim viloyatlarni boshqarish huquqini berganlar. 962-963-yillarda G'azna viloyatini Alptegin noib va lashkar amiri sifatida boshqargan. G'azna va Kobul viloyatlarini u mustaqil idora etishga intilib, G'aznaviylar davlatiga asos solgan. Mazkur yosh turkiy davlat-ning poytaxti G'azna shahrida qaror topgan. G'aznaviylarning siyosiy nufiizi Sobuqtegin davrida (977-997) ortib, somoniylar tomonidan e'tirof etilgan. Mahmud G'aznaviy davrida (997-1030) esa uning hududi kengayib, Sharqning eng qudratli davlatlaridan biriga aylan-gan. Davlat chegarasi g'arbda Ray va Isfahon shaharlari, Kaspiy de-ngizi, shimoli g'arbda Xorazm va Orol dengizigacha cho'zilgan. Sharqda esa Shimoliy Hindistonning kattagina qismini o'z ichiga olgan va Janubiy Balujistongacha yetgan edi. Somoniylar sulolasi barham topgach, Mahmud G'aznaviy ularning Xurosondagi hududini, so'ng Xorazm davlatini (1017) ham o'z saltanatiga qo'shib olgan. Ammo Mas'ud G'aznaviy davrida (1030-1041) mamlakat viloyatlari birin-ketin qo'ldan chiqarilib, tanazzulga yuz tutgan. Oqibat 1186-yilda G'aznaviylar davlati butunlay tugatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |