Beruniy o‘gitlari: 1. Har bir yangi narsada lazzat bor. 2. Ne'matning qadri u yo‘qolgandagina bilinadi. 3. Bugunning chorasini ko‘rib, yertaga yehtiyoji qolmagan kishi aqllidir. 4. Asalarilar ham o‘z jinsidan bo‘laturib ishlamay, uyadagi asalni bekorga yeb yotadiganlarini o‘ldirib tashlaydilar. 5. Ikkala da'vogar rozi bo‘lishibdi-yu, qozi rozi bo‘lmabdi. 6. Tenglik hukm surgan joyda sotqin, aldamchi ehtiroslar, g‘am-g‘ussa bo‘lmaydi. 7. Haddan ortiq g‘azab vahshiylik keltiradi va bevaqt qilingan lutf obro‘ni ketkazadi.
Abu Ali Ibn Sino (980-1034y.)
asosiy iqtisodiy g‘oyalari
Ulug‘ mutafakkir Ibn Sinoning (980–1037) 280 dan ko‘p asarlari mavjud bo‘lib, ular tibbiyot, matematika, astronomiya, ximiya, falsafa, iqtisodiyot va boshqa sohalarga bag‘ishlangan.
Ibn Sinoning inson ehtiyojlari to‘g‘risidagi, mehnat va uning moddiy ishlab chiqarishdagi roli to‘g‘risidagi fikrlari diqqatga sazovor. Uning fikricha: «Hayvon tabiat ne'matlariga qanoat qiladi, insonga yesa tabiat ne'matlari kamlik qiladi, u oziq-ovqat, kiyim-kechak va uy-joyga yehtiyoj sezadi. Hayvonlar tabiat ne'matlarini o‘zlashtiradi, inson yesa o‘z mehnati bilan o‘ziga ovqat, kiyim-kechak, uy-joy yaratadi. Shu maqsadda inson dehqonchilik bilan shug‘ullanishi kerak. Hayvonlar garchi poda bo‘lib yashasalar ham, yolg‘iz yashay oladi, odamlar yesa yakka holda o‘zlari uchun barcha yashash vositalarini topa olmaydilar. Shuning uchun odamlar muloqot va o‘zaro yordamga muhtoj bo‘ladilar».
Do'stlaringiz bilan baham: |