Mavzu: Izlanish ishlarini tashkil qilish. Reja
Qurilish maydoni uchun yer ajratish
Download 29.54 Kb.
|
1 2
Bog'liqMavzu Izlanish ishlarini tashkil qilish. Reja
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat savollari
Qurilish maydoni uchun yer ajratish
Odatda qurilish maydonida ishlarni boshlash uchun hududni aniqlash kerak bo‘ladi. Chunki egasiz joy hech qayerda bo‘lmaydi. Bo‘lajak inshoot joylashadigan hudud qaysidir xo‘jalik, tashkilot yoki korxona tasarrufida bo‘ladi. Mavjud qonunchilik bo‘yicha qurilish maydoni uchun yer ajratish 2 bosqichda bajariladi: oldindan obyektning joylashishi va mo‘ljallangan o‘lchamlari asosida maydon kelishish uchun rasmiylashtiriladi, bu loyiha qidiruv ishlarini o‘tkazish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi, so‘ng tasdiqlangan loyiha asosida qurilish boshlanishidan oldin yer uchastkasini ajratish to‘g‘risida yakuniy rasmiylashtiriladi. Bo‘lajak qurilish inshootini buyurmachisi bosh loyihachi tashkilot bilan birgalikda yer ajratish uchun "yer tuzish ishi" ni tayyorlaydi. Uning tarkibiga yerdan foylalanuvchining qurilish joyi ko‘rsatilgan plan, inshoot bosh plani, yerdan foydalanuvchi bilan kelishish bayonnomasi, tuproq xulosasi, mahalliy hokimiyatning yerni baholash komissiyasi akti, qishloq xo‘jaligi boshqarmasini, o‘rmon xo‘jaligini, sanepidenstansiyani, yong‘in himoyasi, ichki ishlar. boshqarmasini, havza inspeksiyasini, viloyat yo‘l boshqarmasining temir yo‘l bo‘limi, yer, ajratish to‘g‘risidagi viloyat hokimligi qarori, viloyat qishloq xo‘jaligi xulosasi, tegishli vazirlik kelishuvi kiradi. Yer uchastkasini tanlash uchun shu yerda foydali qazilmalar va uning sanoati yo‘qligi to‘g‘risidagi geologik komissiyaning xulosasi bo‘lishi kerak. "Yer tuzish ishi" tarkibiga maydonni tanlash bo‘yicha maxsus komissiyaning akti kiradi. Komissiya tarkibiga ish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha tashkilotlarning vakillari kiradi. Komissiya raisi sifatida viloyat hokimining tegishli muovini belgilanadi. Yuqoridagi tartibda tayyorlangan "Yer tuzish ishini” tasdiqlatish uchun tegishli vazirlikka yoki vazirlar mahhamasiga yuboriladi. Tasdiqlangan "Yer tuzish ishi" asosida qurilish maydoni tashkil qilinadi. Yer tuzish ishi kuchga kirgandan so‘ng inshoot quriladigan hududning yeri ko‘rib chiqiladi. Qurilish hududi yerlari tasdiqlangan ish bo‘yicha xo‘jaliklarning ekin maydonlari ko‘rib chiqiladi. Xo‘jaliklarning shartnoma va buyurtma rejalariga o‘zgartishlar kiritiladi. Belgilangan reja miqdorlari qisqartiriladi. Agarda aholi yashash joylari o‘zgartiriladigan bo‘lsa ularni qayta joylashtirish masalasi ko‘riladi va majburiy ravishda uy-joy bilan ta’minlash choralari mahalliy hokimiyat tomonidan hal etilishi shart. Ko‘chiriladigan aholining roziligi bilan ularga uy beriladi yoki uy qurish uchun joy ajratiladi. Nazorat savollari 1. Qurilish maydoni nima va qanday maqsadda tashkil etiladi? 2. Qurilish maydonini kimlar tashkil etadi? 4. Qurilish maydonini tashkil etishda nimalarni (qanday ko‘rsatkichlarni) hisobga olinadi? 5. Qurilish maydonini tashkil qilish loyihaning qaysi bosqichida ko‘riladi? 6. Qurilish maydoni uchun yer ajratishni qanday tushunasiz? Download 29.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling