Mavzu: Izotop, izobar va izoton atomlar


Download 1.54 Mb.
Sana02.11.2023
Hajmi1.54 Mb.
#1739737
Bog'liq
8-mavzu.Izotop,izobar (3)

REJA:

  • 1.Izotop atomlar.
  • 2. Izobar atomlar.
  • 3.Izoton atomlar va izoelektronlar.
  • Tayanch so’zlar: Izotop, izobar, izoton, izoelektron

Foydalanilgan adabiyotlar:

  • S.Masharipov va b. “Umumiy kimyo”,11-sinf uchun darslik.T.: G’afur G’ulom nomli nashriyot. Toshkent - 2018, 17-18 betlar.
  • Parpiyev N.A., Rahimov H.R.,Muftaxov A.G.,”Anorganik kimyo nazariy asoslari”, oliy ta’lim talabalari ushun darslik. Toshkent. ”O’zbekiston”.2000, 72-77 betlar.

Kimyoviy element atomi yadrosida protonlar soni bir xil, ammo neytronlar soni turlicha, shuning uchun ham atom massalari bilan farqlanuvchi atomlarning turlari izotoplar deyiladi.

  • Kimyoviy element atomi yadrosida protonlar soni bir xil, ammo neytronlar soni turlicha, shuning uchun ham atom massalari bilan farqlanuvchi atomlarning turlari izotoplar deyiladi.
  • Bu turdagi atomlarning atom massalari turlicha bo‘lsa-da, davriy jadvalda bir o‘rinda joylashadi. Tabiatda uchraydigan elementlarning deyarli barchasi izotoplarning aralashmasidir. Elementning atom massasi uning izotoplari massalarini o‘rtacha arifmetik qiymatiga teng .
  • Kimyoviy element — bu yadro zaryadlari bir xil bo‘lgan atomlar turi bo‘lib, uning yadrosida neytronlar soni har xil bo‘lishi mumkin. Shu ning uchun ham atomning zaryadi bir xil bo‘lsa-da, massasi turlicha bo‘ladi.

Vodorod izotoplarining atom yadrosi

  • a) Ar= 1 bo‘lgan vodorod-protiy = 1 m.a.b;
  • b) Ar= 2 bo‘lgan vodorod-deyteriy = =2 m.a.b;
  • d) Ar=3 bo‘lgan vodorod-tritiy = 3 m.a.b.

  • Elementning atom massasi uning barcha tabiiy izotoplari massalari
  • ning shu izotoplarning tarqalganlik darajasi e’tiborga olingan o‘rtacha qiymatiga teng:
  • Masalan, tabiiy xlorning 77,5% massa soni 35 bo‘lgan izotopdan va 22,5% massa soni 37 bo‘lgan izotopdan iborat. Xlor atomining o‘rtacha atom massasini topamiz:

Izobarlar

  • Izobarlar
  • Izotonlar
  • Izoelektronlar
  • Tabiiy elеmеntlar orasida massa sonlari o‘zaro tеng, lеkin yadro
  • Zaryadlari har xil bo‘lgan elеmеntlar – izobarlar dеb ataladi:
  • K vaAr,
  • Cr va Fe,
  • Sb va Te
  • Atomlar yadrosida nеytronlar soni bir xil bo‘lgan zarrachalar
  • Izotonlar dеb ataladi:

Mustaqil yechish uchun masalalar

  • 1. Umumiy zarrachalarining 36,67 % ini neytronlar tashkil qiladigan kaliy atomiga izobar bo’lgan kalsiy atomidagi neytronlar sonini aniqlang
  • 2. Umumiy zarrachalarining 32 % ini elektronlar tashkil qiladigan oltingugurt atomiga izobar bo’lgan fosfor atomidagi neytronlar sonini aniqlang.
  • 3. Umumiy zarrachalarining 38,46 % ini neytronlar tashkil qiladigan kislorod atomiga izoton bo’lgan natriy atomining massasini aniqlang.
  • 4. Xrom atomida elektronlar barcha zarrachalarining 30 % ini tashkil etadi. Ushbu atomning qanday zaryadli ionida elektronlar barcha zarrachalarning 28,2 % ini tashkil etadi ?
  • 5. Marganes atomida neytronlar barcha zarrachalarining 37,5 % ini tashkil etadi. Ushbu atomning qanday zaryadli ionida elektronlar barcha zarrachalarning 27,63 % ini tashkil etadi ?

Download 1.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling