Mavzu: jahon bozori va uning mohiyati


Download 369.5 Kb.
bet18/20
Sana19.06.2023
Hajmi369.5 Kb.
#1614838
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
45 JAHON BOZORI VA UNING MOHIYATI

Qimmatli qogʻozlar - oʻz egasiga mulkka egalik huquqini va daromad koʻrinishida muayyan pul summasini olish huquqini beradigan pul yoki tovar hujjatlari (aksiya, obligatsiya, akkreditiv, veksel, chek va boshqalar). Qimmatli qogʻozlar taqdim etuvchi yoki egasining ayrim huquqlari qayd etilgan maxsus tarzda rasmiylashtirilgan moliyaviy hujjat. Qimmatli qogʻozlar maʼlum shaxs nomiga yozilgan (ismli), dastlab sotib olgan shaxs nomiga yozilgan va uning roziligi bilan boshqa shaxsga oʻtkaziladigan orderli va egasi yozilmaydigan (egasi koʻrsatilmaydigan) turlarga boʻlinadi.
Korxonalarning aksiya, obligatsiyalari va davlat obligatsiyalari Qimmatli qogʻozlarning asosiy turlari hisoblanadi. Qimmatli qogʻozlar korxona kapitalida qatnashish yoki pulni ssudaga taqdim etish va dividend yoki foiz tarzida daromad olish huquqini beradi. Qimmatli qogʻozlar oʻz egasiga daromad keltirgani uchun fond birjasit maʼlum kurs boʻyicha oldi-sotdi qilinadi
Valyuta bozori — talab va taklif asosida chet el valyutasi oldi-sotdi qilinadigan doyra. Birja (Oʻzbekistonda 1992 y. iyun oyidan OʻzR Valyuta birjasi ishlaydi) va birjadan tashqari (banklararo) V.b.ga boʻlinadi. Shuningdek, V.b. valyuta xatarini sugʻurtalash, valyuta zahiralarini diversifikatsiyalash, valyuta sarflari bilan bogʻliq turli tadbirlarni ham qamraydi. Xoʻjalik hayotining baynalmilal-lashuvi natijasida yirik xalqaro V.b.lari AKSH, Germaniya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Shveysariya, Yaponiya, Singapur va b. mamlakatlarda muvaffaqiyat bilan faoliyat yuritmoqda. V.b.da muomalalar valyutani nakd yet-kazib berish (spot) bilan yoki valyutani kelishilgan vaqtdagi kurs.boʻyicha maʼlum muddatda (1—3 oy va undan keyin) yetkazib berish (forvard) shaklida amalga oshiriladi. Aksariyat valyuta muomalalari AQSH dollarida olib boriladi. 1999 i. 1 yanvardan Yevropa mamlakatlarining umumiy pul birligi — yevro ham valyuta muomalalariga jalb etildi.
Oltin va qimmatbaho metallar bozori – bunda asosan tabiiy boylik hisoblanmish qimmatbaho metallar oldi sotisi amalga oshiriladi

Download 369.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling