Mavzu: Jahon iqtisodiy – ijtimoiy geografiyasining maqsad va vazifalari Darsning maqsadi
Download 197.44 Kb.
|
Konspekt geog.9-sinf
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dars turi
- 8 – sinfda o’tilganlarni takrorlash
- Yangi mavzu bayoni
Sana__________ Sinf: 9” Mavzu: Jahon iqtisodiy – ijtimoiy geografiyasining maqsad va vazifalari Darsning maqsadi: a) O’quvchilarga jahon iqtisodiy – ijtimoiy geografiyasi fanining maqsad va vazifalari fanlar tizimida tutgan o’rni haqida nazariy bilimlar berish b) O’quvchilarga iqtisodiy, ekologik tarbiya berish v) O’quvchilarda fan haqidagi dunyoqarash va tasavvurni oshirish. Fikrlash qobiliyatini o’stirish Dars turi:aralash Dars metodi: savol - javob Darsda foydalaniladigan jihozlar: dunyoning siyosiy xaritasi, globus, darslik, konspekt Darsning borishi Tashkiliy qism O’quvchilar bilan salomlashish, davomatni aniqlash Kun yangiliklari 8 – sinfda o’tilganlarni takrorlash: O’zbekiston aholisi. Aholi manzillari haqida gapiring O‘zbekistonning tarmoqlararo majmualariga nimalar kiradi? Xalqaro iqtisodiy aloqalar haqida gapiring O’zbekiston iqtisodiyotini hududiy tashkil etish va rayonlashtirish O’zbekistonning asosiy qazilma boyliklarini sanab bering Yangi mavzu bayoni: Jahonning iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi jamiyat bilan tabiyatning o’zaro munosabatlari natijasida kelib chiqqan iqtisodiy –ijtimoiy tizimlarining jahon bo’yicha, shuningdek ,uning ayrim regionlari va mamlakatlari bo’yicha shakillanishi va rivojlanishiga xos xususiyatlar va qonuniyatlarni o’rganadi. Shunday ijtimoiy –iqtisodiy tizimlar qatoriga jahon xo’jaligi, ayrim mamlakat yoki regiyon iqtisodiyoti aholisining hududiy joylashishi va shaharlar transport tizimlari va boshqalar kiradi. Tarixiy hududiy tizimli va tipologik yondashuvlar hamda tamoyillar o’quv fanining metodologik poydevorlarini tashkil etadi. Jahon iqtisodiy – ijtimoiy geografiyasi fanidan asosiy e’tibor quyidagi vazifalarning yechimini topishga qaratilgan: 1. Jahon siyosiy xaritasining shakllanishi va uning o’zgarishlarini ifodalovchi qonuniyatlarni tavsiflash; 2. Jahon tabiiy resurslarining hududiy taqsimlanishiga xos xususiyatlarni aniqlash, ulardan foydalanishning hozirgi holatini tahlil etish va xulosalash; 3. Jahon aholisining soni, dinamikasi, joylashishi va tarkibiga oid qonuniyatlarni tadqiq etish; 4. Fan – texnika inqilobining jahon xo’jaligiga ko’rsatgan ta’sirini tavsiflash; 5. Jahon xo’jaligini tarmoqlar tarkibining shakllanishi va o’zgarishiga xos jihatlarni aniqlash; 6. Yevropa, Osiyo regionlari va davlatlarining, shu jumladan, O’zbekiston Respublikasiga qo‘shni davlatlarning jahon iqtisodiy va siyosiy hamjamiyatida egallagan o’rinlarini iqtisodiy – geografik nuqtai nazardan baholash; 7. Afrika regionlari tabiiy resurslari, aholisi va xo’jaligiga xos xususiyatlarni aniqlash. 8.Avstraliya va Okeaniyani, Shimoliy Amerika va Janubiy Amerika davlatlarini iqtisodiy geografik nuqtai nazardan tahlil qilish; 9. Insoniyatning global muammolari, ularning tarkibida bo’lib o’tgan o’zgarishlarni tavsiflash; “Jahon iqtisodiy – ijtimoiy geografiyasi” ning asosiy maqsadi yuqorida qayd qilingan ko’p qirrali vazifalarni chuqur o’rganish va ularni qiyosiy tahlil qilish, mamlakatimizda yangi ijtimoiy jamiyat qurilayotgan yoshlarimizga dunyoviy bilimlarni berish orqali ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdan iboratdir. Download 197.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling