Mavzu: Jahon iqtisodiy – ijtimoiy geografiyasining maqsad va vazifalari Darsning maqsadi
Download 197.44 Kb.
|
Konspekt geog.9-sinf
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dars turi
- O’tilgan mavzusi so’rash: Geografik diktant
- Yangi mavzu bayoni Aholining yosh – jins
Darsning maqsadi:
a) O’quvchilarda dunyo aholisi yoshi, jinsi, irqi, etnik, diniy tavofutlari haqida nazariy bilimlar berish b) O’quvchilarga estetik, iqtisodiy, xalqparvarlik tarbiyalarini berish v) O’quvchilarda dunyo aholisi xususiyatlari haqidagi dunyoqarashni kengaytirish Dars turi: yangi bilim beruvchi Dars metodi: savol - javob Darsda foydalaniladigan jihozlar: dunyoning siyosiy xaritasi, darslik, konspekt Darsning borishi Tashkiliy qism O’quvchilar bilan salomlashish, davomatni aniqlash Kun yangiliklari Uyga vazifani so’rash O’tilgan mavzusi so’rash: Geografik diktant 1. Rivojlanayotgan mamlakatlarning ko’pchiligi demografik o’tish jarayonining _______________ bosqichinio’tmoqda 2. _________, ____________, ___________, __________ mamlakatlari 2 – bosqichni boshdan kechirmoqda 3. Yer shari aholisining o’rtacha umr davri ______________ 4. Tarixiy manbalar ________ ________ va _______ ______ da o’rtacha umr ko’rish davri atigi 25 yoshga teng bo’lganligini asoslaydi. Yangi mavzu bayoni Aholining yosh – jins tarkibi unga xos belgilar ichida eng muhimi hisoblanadi. Chunki yoshga qarab aholining jamiyatda tutgan o’rni va ahamiyati baholanadi. Butun dunyoda erkaklarning soni ayollarning soniga nisbatan qariyb 22 mln.ga ko’proqdir. Lekin ayrim qit’alar, regionlarda erkaklar bilan ayollar o’rtasidagi farq sezilarli darajada. Bolalalar yoshlarida barcha materik va regionlar o’g’il bolalarning ustunligi ko’zga tashlanadi. Dunyoda 0 – 14 yoshda har 1000 qizga 1040 o’g’il bola to’g’ri keladi. Aholining, asosan, mehnatga layoqatli yoshdagi qismidan tashkil topgan 15 – 65 yoshda bo’yicha har 1000 ayolga 1020 ta erkak to’g’ri keladi. Yevropada erkaklar soni ayollar soniga teng. Osiyoda har 1000 ayolga 1049 erkak, Avstraliya va Okeaniyada esa 1039 erkak to’g’ri keladi. Shu vaqtning o’zida Afrika (979 erkak) va Amerika (990 erkak)da, aksincha, ayollar ustundir. Inson irqi – bu avloddan avlodga o’tuvchi o’xshash tashqi (teri, gavda) belgilarga ega bo’lgan, tarixan shakllangan kishilar guruhidir. Shunday belgilar qatoriga teri, soch va ko’z rangi, burun va lab shakli, bo’y va gavdaning taqsimlanishiga xos xususiyatlar va boshqalar kiradi. Irqiy xususiyatlar qadimda, avvalambor, odamlarni ana shu davrdagi oykumenada joylanishi va har xil tabiiy sharoitlarga moslashishi jarayonida vujudga kelgan. Hozirgi vaqtda dunyo aholisini 3 ta asosiy (yirik): yevreoid (oq), mongoloid (sariq) va negroid (qora) irqlariga ajratish qabul qilingan. Shulardan birinchi – Yevropa, Janubi – g’arbiy va Janubiy Osiyo, Shimoliy Amerika hamda Janubiy Amerika katta qismida, Avstraliyada keng tarqalgan, ikkinchisi – sharqiy, Janubi – sharqiy O’rta Osiyoda, Kanada shimolida, Markaziy va Janubiy Amerikada, uchinchisi – Tropik Afrikada, Janubiy Osiyo, Amerika va Okeaniyada tarqalgan. Ayrim hollarda to’rtinchi – avstraloid irqini ham ajratishadi. Yer yuzidagi aholi juda nitekis joylashgan. Aholining o’rtacha zichligi (1 kv. km.ga to’g’ri kelgan aholi soni) doimiy aholisi mavjud hududlar (130 mln. kv. km) doirasida 48 kishini tashkil qiladi. Download 197.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling