Mavzu: Jahon iqtisodiy – ijtimoiy geografiyasining maqsad va vazifalari Darsning maqsadi
Download 197.44 Kb.
|
Konspekt geog.9-sinf
Yangi mavzu bayoni:
FTI ning kengayishi va chuqurlashishi natijasida dunyodagi ko’pchilik, asosan, iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda iqtisodiyotning yangi postindustrial turi shakllana boshladi.Bunday turda noishlab chiqarish tarmoqlari, ayniqsa, xizmat ko’rsatish sohasi tez rivojlana boshlaydi. Postindustrial mamlakatlar qatoriga G’arbiy, Janubiy va Shimoliy Yevropa mamlakatlari, AQSH, Kanada, Avstraliya, Yaponiya hamda Argentina, Liviya va boshqa davlatlar kiradi. Ularda noishlab chiqarish sohasiga jami band aholining 50 – 70 foizi to’g’ri keladi. Fan – texnika inqilobining jahon xo’jaligiga ta’siri quyidagilarda o’z ifodasini topgan. 1. FTI ning jahon xo’jaligi rivojlanishining sur’atlari va darajasiga ta’siri: “uchinchi sanoat inqilobining boshlanishi” 2. FTI ning jahon xo’jaligining eng muhim nisbatlariga ta’siri: industrlashgan jamiyatdan industrlashgandan keyingi jamiyatga tomon. Jahon xo’jaligida XVIII – XIX asrlargacha agrar ishlab chiqarish humron edi. Qishloq xo’jaligi va unga yaqin tarmoqlar moddiy ne’matlarning asosiy manbai bo’lib kelgan. Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asrning birinchi yarmida sanoat yetakchiligida industrial ishlab chiqarish shakllandi. 3. FTI moddiy ishlab chiqarish tarkibida katta o’zgarishlarga sabab bo’ldi. U band aholisining soni 1,5 mlrd. kishini tashkil etuvchi eng muhim tarmoqlar – sanoat va qishloq xo’jaligi o’rtasidagi nisbatni birinchisining foydasiga o’zgarishiga olib keldi. FTI moddiy ishlab chiqarishni tashkil etuvchi yirik tarmoqlar ichida ham katta siljishlar keltirib chiqaradi. 4. FTI ning xo’jalikning hududiy tarkibiga ta’siri: eski va yangi o’zlashtirilgan rayonlar. Eski o’zlashtirilgan rayonlar, asosan, XIX asrda va XX asrning boshida barpo qilingan bo’lib, hozirda ularning katta qismi ta’mirlanishga muhtoj bo’lib qolgan. Shu bilan bir qatorda, FTI ta’sirida yangi sanoat, shahar, transport qurilishi amalga oshirilmoqda, qishloq xo’jaligi yerlari ochilmoqda. Bunday holat, ayniqsa, katta tabiiy resurs salohiyatiga ega rayonlarga xosdir. FTI davrida ishlab chiqarishning hududiy tarkibiga yangi texnika va texnologiya katta ta’sir ko’rsatmoqda. Po’latni to’xtovsiz eritish usulidan foydalanish – yangi turdagi sanoat korxonalarining yiliga 100 – 500 ming tonna po’latga teng mini – zavodlarning barpo qilinishiga olib keldi. Shunday zavodlar hozirgi vaqtda po’lat ko’p miqdorda iste’mol qilinadigan hududlarda barpo qilinmoqda. Mehnat resurslari yetishmaydigan hududlarda avtomatlashtirilgan korxonalarni qurish nazarda tutilgan. Download 197.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling