Mavzu: Jahon iqtisodiy – ijtimoiy geografiyasining maqsad va vazifalari Darsning maqsadi
Download 197.44 Kb.
|
Konspekt geog.9-sinf
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’quvchilarni baholash. Faol ishtirok etgan o’quvchilar baholanadi. Baholar jurnal va kundalik daftarlarga qo’yiladi. Uyga vazifa
- Mavzu: Qishloq xo’jalik geografiyasi Darsning maqsadi
- Dars turi
- O’tilgan mavzusi so’rash
- Yangi mavzu bayoni
Mustahkamlash:
Ijodiy fikrlash Siz biror ishlab chiqarish korxonasi qurmoqchisiz. Quyidagilarga qanday javob berasiz: 1) Qanday mahsulot ishlab chiqarasiz? 2) Korxonani qayerga qurasiz? 3) Korxonangiz atrof –muhitni ifloslaydimi? Qanday? 4) Atrof – muhitni ifloslamasligi uchun nima ishlar qilasiz? O’quvchilarni baholash. Faol ishtirok etgan o’quvchilar baholanadi. Baholar jurnal va kundalik daftarlarga qo’yiladi. Uyga vazifa: 18 - § 74 - 75 bet mavzuni o’qib kelish, mavzu yuzasidan savollarga javob topish Yangi mavzuga tayyorlanish. Sana__________ Sinf: 9 Mavzu: Qishloq xo’jalik geografiyasi Darsning maqsadi: a) O’quvchilarga jahon qishloq xo’jalik geografiyasi haqidagi umumiy nazariy bilimlar berish b) O’quvchilarga iqtisodiy tarbiya berishda hamkorlik qilish, mehnatsevarlikka o’rgatish v) O’quvchilarning og’zaki fikrlash qobiliyatini oshirish, mustaqil ishlashga o’rgatish Dars turi:aralash Dars metodi: savol - javob Darsda foydalaniladigan jihozlar: dunyoning siyosiy xaritasi Darsning borishi Tashkiliy qism O’quvchilar bilan salomlashish, davomatni aniqlash Kun yangiliklari Uyga vazifani so’rash O’tilgan mavzusi so’rash: 1) Tabiatni muhofaza qilishning ijobiy yechimlariga nimalar kiradi? 2) Sanoatning zaharli chiqindilarini ayting 3) Sanoat – ishlab chiqarishning salbiy ta’siri qanday yo’nalishlarda amalga oshmoqda? 4) Atrof – muhitning ifloslanishi qayerda kuchli bo’ladi? Yangi mavzu bayoni Qishloq xo’jaligining asosiy xususiyatlaridan biri uning joylardagi tabiiy iqlim sharoiti bilan chambarchas bog’liq ekanligidir. Boshqacha aytganda, tabiiy iqlim sharoiti imkon bersagina muayyan hududlarda bug’doy, sholi, paxta, meva, choy kabi mahsulotlarni yetishtirish mumkin bo’ladi. Shu sababli, qishloq xo’jalik tarkibi va tarmoqlarining hududiy joylashish holati turlicha bo’ladi. Ishlab chiqaradigan mahsulotlari xususiyatlariga ko’ra, barcha qishloq xo’jalik tarmoqlari ikki guruhga: dehqonchilik va chorvachilikka bo’linadi. Shuningdek, qishloq xo’jaligi rivojlanish darajasiga ko’ra ikki turga bo’linadi. Birinchisi, rivojlangan tovar qishloq xo’jaligi bo’lib, ularda ishlab chiqariladigan mahsulotlar bozor, birnchi navbatda, tashqi bozor uchun mo’ljallangan bo’ladi. Bunday xo’jaliklar ishi intensive tashkil qilingan zamonaviy dehqonchilik va chorvachilik sohalari bo’lishi mumkin. Ikkinchisi, asosan, ichki xo’jalik iste’moli uchungina mahsulot ishlab chiqaradigan, odatda kam samarali qishloq xo’jaliklaridir. Bunday xo’jaliklar qadimdan keng tarqalgan bo’lganligi sababli an’anaviy qishloq xo’jaligi ham deyiladi. Ularda ish, odatda ekstensiv holda tashkil qilingan bo’ladi. Hozirgi vaqtda bunday qoloq dehqonchilik xo’jaliklari jahonning rivojlanayotgan ko’pchilik mamlakatlarida keng tarqalgan. Dehqonchilik qishloq xo’jaligining yerga ekin ekib, hosil olish bilan shug’ullanadigan eng asosiyt tarmog’idir. Jahon dehqonchiligi o’zida nihoyatda xilma –xhil tarmoqlarni birlashtiradi. Donli ekinlar dehqonchilikning eng yirik tarmog’idir. Donli ekinlar turi ancha ko’p bo’lib, jahon ekin maydonlarining o’rtacha yarmi ( 0,7 mlr. ga ) da ekiladi. Don mahsulotlari aholi ozig’ining asosi bo’lib, hasilining yalpi hajmi 1,9 mlr t g’allani tashkil qildi. Yana bir muhim donli ekin makkajo’xoridir. Uning asl vatani Meksika hisoblanadi. Makkajo’xori odatda doni va poyasi uchun ekiladi. Aholi tomonidan iste’mol qilinadigan mouning 2/3 qismi soya, kungaboqar, yeryong’oq, chigit kabilardan olinadi. Soya yetishtirishda – AQSh (jahon soyasining yarmi), Braziliya, Argwntina, Xitoy, yeryong’oq yetishtirishda – Hindiston, kungaboqar yetishtirishda - Rossiya, Ukraina, zaytun yetishtirishda – Italiya, Ispaniya alohida ajralib turadi. Ildizmevalilardan kartoshla yetishtirishda Rossiya, Polsha, Xitoy eng yirik mamlakatlardandir. Qandlavlagi asossan, qand – shakar olishda ishlatiladi va uni yetishtirishdqa Ukraina, Farnsiya, Rossiya yetakchilik qiladi. Shakarqamish Hindiston, Braziliya, Kubada ko’p yetishtiriladi. Choy ( Hindiston, Xitoy, Shri – lanka) , kofe ( Braziliya, Kolumbiya, Meksika), kakao ( Gvineya qo’ltiq bo’yi davlatlari) quvvat beruvchi shifobaxsh ekinlardandir. Download 197.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling