Mavzu: Jahon iqtisodiy – ijtimoiy geografiyasining maqsad va vazifalari Darsning maqsadi
Download 197.44 Kb.
|
Konspekt geog.9-sinf
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu: Sanoat va atrof - muhit Darsning maqsadi
- Dars turi
- O’tilgan mavzusi so’rash
O’quvchilarni baholash.
Faol ishtirok etgan o’quvchilar baholanadi. Baholar jurnal va kundalik daftarlarga qo’yiladi. Uyga vazifa: 17 - § 70 - 73 bet mavzuni o’qib kelish, mavzu yuzasidan savollarga javob topish Yangi mavzuga tayyorlanish. Sana__________ Sinf: 9 Mavzu: Sanoat va atrof - muhit Darsning maqsadi: a) O’quvchilarga sanoat va atrof - muhit haqida umumiy nazariy bilimlar berish b) O’quvchilarga ekologik tarbiya berish, atrof – muhitni toza saqlashga o’rgatish v) O’quvchilarga sanoatning atrof – muhitga ta’siri va uning oldini olish yo’llari haqidagi fikrlarni singdirish Dars turi:aralash Dars metodi: savol - javob Darsda foydalaniladigan jihozlar: dunyoning siyosiy xaritasi Darsning borishi Tashkiliy qism O’quvchilar bilan salomlashish, davomatni aniqlash Kun yangiliklari Uyga vazifani so’rash O’tilgan mavzusi so’rash: Sanoati rivojlangan davlatlarni ayting va xaritadan ko’rsating 1) Qora metallurgiya 2) Rangli metallurgiya 3) Mashinasozlik 4) Yengil sanoat Yangi mavzu bayoni Sanoat atrof – muhitni ifloslantiruvchi asosiy tarmoqdir. U geografik qobiqning barcha qatlamlariga faol salbiy ta’sir ko’rsatmoqda. Sanoat ishlab chiqarishning salbiy ta’siri asosan, ikki yo’nalishda amalga oshmoqda: 1) tabiiy boyliklar (mineral, yer, o’rmon, okean resurslari kabilar)ni o’zlashtirish mobaynida; 2) ishlab chiqarish jarayonida Tog’ – kon sanoati mineral tabiiy boyliklarni o’zlashtiruvchi asosiy tarmoqdir. U turli yer osti boyliklarini qazib chiqarish va ularni dastlabki qayta ishlash jarayonida atrof – muhitga eng ko’p zarar keltiradi. Masalan, 90-yillarda birgina sobiq Ittifoq hududida tog’ – kon sanoati korxonalari egallagan jami maydon hajmi 2,3 mln.ga.dan ziyod edi. AQShda bunday maydonlar undan ham katta edi. Tabiiy resurslarni o’zlashtirish jarayonida gidroenergetika sanoati tufayli ham atrof – muhitga salbiy ta’sir ko’rsatilmoqda. U elektr energetika sanoatining bosh tarmoqlariga nisbatan “toza”roq hisoblansa – da, to’g’on, suv omborlari qurilishi natijasida tabiiy muvozanatni buzilsihiga, aholi yashab kelgan yoki o’rmondan iborat katta maydonlarning suv ostida qolib ketishiga sabab bo’ladi. Atrof – muhitning ifloslanishi, ayniqsa, sanoat tarmoqlarining ish jarayonida juda ham kuchli kechadi. Jahon energetikasining asosiy tarmog’i hisoblanadigan issiqlik energetika tarmog’i yerning tuproq, atmosfera va suv qobiqlarini sulfat gazi, azot oksidi, uglerod oksidi, benzoprin, millionlab tonna qattiq moddalar bilan ifloslash xususiyatiga ega. Ayniqsa, ko’mir yoqilg’isi asosida ishlaydigan issiqlik elektr stansiyalarining bu boradagi “xizmat”lari juda ham katta. Sanoatning tobora rivojlanib borishi planetar darajada atrof – muhit ifloslanishining kuchayishiga sabab bo’lmoqda. Bu muammolar esa so’nggi vaqtlarda ularga alohida munosabatda bo’lishni taqozo etmoqda. Ularning ijobiy yechimi: 1) tabiatni muhofaza qilsihga qaratilgan samarali sanoat ishlab chiqarish texnologiyalarini yaratish; 2) sanoat tarmoqlarini rivojlantirishda ularning xususiyatlarini hisobga olish, ya’ni “iflos” sanoat tarmoqlarini aholi zich yashaydigan joylardan holi hududlarda joylashtirish orqali amalga oshirilishi mumkin. Download 197.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling