Mashinasozlik
Mashinasozlikning rivojlanish darajasiga ko’ra jahonning to’rt mintaqasi alohida ajralib turadi. Ularning eng yirigi Shimoliy Amerika mintaqasidir. Undagi AQSh, Kanada va Meksika davlatlari hissasiga jahon mashinasozlik mahsulotlarining 30% to’g’ri keladi.
Ikkinchi mintaqa Yevropa mamlakatlari bo’lib, ishlab chiqariladigan mahsulotlari hajmi va sifati jihatidan birinchi mintaqadan hech ham qolishmaydi. U asosan ommaviy mashinasozlik mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.
Mashinasozlikning uchinchi mintaqasi Sharqiy va Janubi – sharqiy Osiyo mamlakatlaridir. U an’anaviy mashinasozlik mahsulotlari bilan birga yuqori texnologiyaga asoslangan fantalab hisoblash texnikasi mahsulotlarini ishlab chiqarishga asoslangan.
Sobiq Ittifoq mamlakatlari jahonning to’rtinchi mashinasozlik mintaqasini tashkil qiladi.
Kimyo sanoati
Kimyo sanoati FTI davrida sanoatning rivojlangan tarmoqlaridan biridir. U XX asr davomida alohida tarmoq sifatida shakllandi va eng yuqori sur’atlarda rivojlanishga erishdi. Ko’p sifatlariga ko’ra mazkur tarmoq mashinasozlik sanoatiga o’xshab ketadi. U ham to’rt mintaqada har taraflama rivojlanishga erishgan. Bular Yevropa, Shimoliy Amerika, Sharqiy va Janubi – sharqiy Osiyo va Sobiq Ittifoq davlatlaridir.
Yengil sanoat
Yengil sanoat aholining kundalik iste’mol mahsulotlari ishlab chiqaradigan eng yirik tarmog’idir. Shu sababli u barcha, shu jumladan, rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyotining muhim tarmog’i sanaladi. Yengil sanoatda eng yetakchi tarmoq to’qimachilikdir. To’qimachilik sanoati, bir tomondan, sanoatning eng “eski”, ikkinchi tomondan esa doimo yangilanayotgan va o’sayotgan tarmoqlaridan hisoblanadi. Hozirgi vaqtda jahon to’qimachilik sanoatining bechta yirik mintaqasi mavjud. Bular Sharqiy Osiyo, Janubiy Osiyo, Sobiq Ittifoq mamlakatlari, Yevropa va AQShdir.
Mustahkamlash:
1) Sanoat tarmoqlariga nimalar kiradi?
2) Rangli metallurgiyada qaysi mahsulotlar yetishtiriladi?
3) Mashinasozlik rivojlanishiga ko’ra qanday mintaqalarga ajratiladi?
4) Yengil sanoatning qaysi tarmoqlari yaxshi rivojlangan?
Do'stlaringiz bilan baham: |