Iqtisodiy geografik o’rin omili. Umumiy tarzda iqtisodiy – geografik o’rin – bu biror bir joy, shahar, mamlakat yoki regionning undan tashqarida joylashgan hamda qandaydir iqtisodiy ahamiyat kasb etuvchi tabiiy yoki inson mehnati faoliyati natijasida barpo qilingan obyekt yoki obyektlarga nisbatan munosabatidir.
Iqtisodiy geografik o’rin, asosan, umumiy integral munosabat bo’lib, u: a) markaziy; b) ichkarida joylashgan; d) qo’shni hududda joylashgan; e) dengiz sohilida joylashgan o’rinlarga bo’linadi.
Tabiiy resurs omili. Industrlashtirish jarayonining dastlabki bosqichlarida asosiy xo’jalik tarmog’i - sanoatning joylashishi tabiiy resurslar, dastavval foydali qazilmalar geografiyasi tomonidan aniqlangan. Jumladan, og’ir sanoat tarmoqlari toshko’mir va temur rudasi mavjud konlar va havzalarga joylashtirilgan. FTI davrida ushbu xususiyatning ahamiyati ancha pasaydi.
Transport omili. FTI davrigacha ushbu omil ishlab chiqarishni joylashtirishda ko’pincha hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Aloqa yo’llari hamda transport vositalarining takomillashtirilishi transport xarajatlarining keskin kamayishiga olib keladi. Bu esa o’z navbatida yuk va tovarlarni radiusi bir necha ming kilometrga teng masofaga olib borishga, insonning hududiy faolligini oshirishga, ishlab chiqarishni dengiz sohilida barpo etishga, tabiiy resurslarni uzoq masofalarga eksport qilishga, tabiiy sharoiti noqulay bo’lgan yangi yerlarni o’zlashtirishga, oqibat natijada ishlab chiqaruvchi rayonlar o’rtasidagi mavjud hududiy farqlarni bartaraf etishga imkon bermoqda.
Mehnat resurslari omili. Mazkur omil ishlab chiqarishning joylashishiga va uning hududiga har doim ta’sir qilib kelgan va hozirda ham ta’sir ko’rsatmoqda. Ma’lumki, ortiqcha mehnat resurslarining mavjudligi ishlab chiqaruvchi va xizmat ko’rsatuvchi korxonalarni o’ziga tortsa, ularning yetishmasligi yangi korxona barpo qilish taklifini rad etuvchi eng muhim omil hisoblanadi.
Fantalab omil. FTI davrida fan – texnika ishlab chiqarishni joylashtirish jarayonida juda muhim omil bo’lib bormoqda. Avvalambor, bu ilmiy markazlar – katta shaharlar aglomeratsiyalariga hamda ixtisoslashgan fan shaharlarga tortiluvchi zamonaviy fantalab tarmoqlarga taalluqlidir.
Mustahkamlash
Quyidagi omillarga xos xususiyatlarni yozish
Do'stlaringiz bilan baham: |