Mavzu: Jahon iqtisodiy – ijtimoiy geografiyasining maqsad va vazifalari Darsning maqsadi


Download 197.44 Kb.
bet21/94
Sana15.01.2023
Hajmi197.44 Kb.
#1093885
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   94
Bog'liq
Konspekt geog.9-sinf

Yangi mavzu bayoni
Sanoat moddiy ishlab chiqarishning yetakchi tarmog’idir. U har qanday xo’jalik tarmoqlarining rivojlanishini ta’minlab berish xususiyatiga ega. Jahonning barcha sanoat tarmoqlarida 400 mln.dan ziyod ishchi va xodimlar ishlaydi. Sanoatda band ishchi xizmatchilar soniga ko’ra Xitoyda (64 mln. kishi), AQShda (26 mln kishi), Rossiyada (20 mln. kishi) yetakchilik qiladi.
Mavjud sanoat tarmoqlari rivojlanish davri va ahamiyatiga ko’ra uch guruhga bo’linadi.
Birinchi guruhga sanoatning eski tarmoqlari kiradi. Bularga toshko’mir, temir rudasini qazib chiqarish, metallurgiya, vagonsozlik, elektrovoz – teplovozsozlik, kemasozlik, to’qimachilik kiradi. Ular barcha davlatlar va mintaqalarda ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishiga va joylashishiga katta ta’sir ko’rsatib kelmoqda.
Ikkinchi guruhga yangi tarmoqlar deb ataluvchi avtomobilsozlik, rangdor metallurgiya, plastmassalar, kimyoviy tolalar, samolyotsozlik, stanoksozlik kabi tarmoqlar kiradi. Ularning ahamiyati jahoda ancha yuqori.
Uchinchi guruhga eng yangi tarmoqlar kiradi. Bular mikroelektronika, elektron hisoblash texnikasi, atom va aerokosmonavtika, optika, organik sintez kimyosi, mikrobiologiya va boshqa tarmoqlar. Ularning asosiy xususiyati fantalab tarmoqlar ekanligidir. Bu sohalarni, odatda, “yuqori texnologiya” tarmoqlari ham deyishadi va u FTI davrining hosilasi hisoblanadi.
Neft sanoati yoqilg’i – energetika tarmoqlarining yetakchisidir. U nafaqat ko’p qirrali energetika resursi, shuning bilan birga organik sintez kimyosining asosiy xomashyosi hamdir. Shu sababli uning siyosiy – strategic ahamiyati ham katta.
Neft tabiiy resurs sifatida juda qadim zamonlardan buyon ma’lum. Jahonda neftni qazib chiqarish va eksport qilishda OPEK (Jazoir, Liviya, Iroq, Quvayt, Qatar, Saudiya Arabistoni, BAA, Indoneziya, Nigeriya, Gabon, Venesuela, Ekvador davlatlari a’zo) mamlakatlari muhim rol o’ynamoqda.
Ko’mir sanoati jahon energetikasi tarkibida alohida ahamiyatga ega. Bu tarmoq 60 dan ortiq mamlakatlarda mavjud bo’lib, ko’proq rivojlangan mamlakatlarda katta salmoqqa ega. Hozirgi vaqtda qazib chiqarilayotgan ko’mirning asosiy iste’molchisi issiqlik elektr stansiyalaridir.
Issiqlik elektr stansiyasi (IES) neft – gaz, ko’mir bemalolroq bo’lgan mamlakatlarda, ayniqsa, ustun rivojlangan. Bu tarmoq elektr stansiyalarining asosiy yoqilg’ilari G’arbiy Yevropa, Sharqiy Osiyo, Shimoliy Amerika va Avstraliyada – ko’mir, Shimoliy Karib dengizlari, Fors qo’ltiqbo’ylarida joylashgan mamlakatlarda esa gaz va mazutdir.
Gidroelektr stansiya (GES) sanoatining rivojlanish darajasi hududlarda turlicha kattalikda bo’ladigan gidroenergiya resurslarining qay darajada o’zlashtirilishiga bog’liq. Braziliya, Xitoy, Rossiya, KDR gidroenergiya resurslariga juda boydir.
Atom elektr energetika (AES) sanoati ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasi salmog’iga ko’ra uchinchi tarmoqdir. Hozirgi vaqtda jahonning 33 mamlakatida turli qavvatdagi AESlar ishlab turibdi.
Energiya vositalarining hozirgi davrda kam foydalanib kelinayotganlari noan’anaviy energiya manbalari deyiladi.
Noan’anaviy energiya manbalarining eng istiqbollisi yerning ichki issiqlik geotermal energiyasidir.
Noan’anaviy energiya manbalaridan yana biri dengiz suvining qalqish energiyasidan ko’proq foydalanishdir.
Quyosh energiyasidan foydalanish ham juda katta istiqbollarga ega.


Mustahkamlash
I guruh: Neft sanoati
II guruh: Gaz sanoati
III guruh: ko’mir sanoati haqida gapiradi

Shu mahsulotlarni yetishtirish bo’yicha yetakchi davlatlarni xaritadan ko’rsatadi





Download 197.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling