Mustahkamlash
Xarita bilan ishlash
Xaritadan foydalanib quyidagi davlatlarni ko’rsating
1) Postindustrial mamlakatlar
2) Ijtimoiy – iqtisodiy rivojlanish borasida katta yutuqlarga erishgan davlatlar
3) Neftni eksport qiluvchi davlatlar
4) Vositachilik faoliyati va turizmga ixtisoslashgan davlatlar
O’quvchilarni baholash.
Faol ishtirok etgan o’quvchilar baholanadi. Baholar jurnal va kundalik daftarlarga qo’yiladi.
Uyga vazifa: 14 - § 55 - 58 bet mavzuni o’qib kelish, mavzu yuzasidan savollarga javob topish
Sana__________ Sinf: 9
Mavzu: Mamlakatlarda xo’jalikning hududiy tuzilishiga fan – texnika inqilobining ta’siri
Darsning maqsadi:
a) O’quvchilarga xo’jalikning hududiy tuzilishiga fan – texnika inqilobining ta’siri haqida nazariy bilimlar berish
b) O’quvchilarga axloqiy va mehnat tarbiyasini berishda hamkorlik qilish
v) O’quvchilar dunyoqarashi va tasavvurini o’stirish, ijodiy salohiyatini oshirish
Dars turi:aralash
Dars metodi: savol - javob
Darsda foydalaniladigan jihozlar: dunyoning siyosiy xaritasi
Darsning borishi
Tashkiliy qism
O’quvchilar bilan salomlashish, davomatni aniqlash
Kun yangiliklari
Uyga vazifani so’rash
O’tilgan mavzusi so’rash:
1) Geografik mehnat taqsimoti nima?
2) FTI ning jahon xo’jaligiga ta’siri nimalarda ko’rinadi?
3) FTI ning xo’jalikning hududiy tarkibiga ta’siri haqida gapiring
4) Yangi texnika va texnologiyaning ta’siri - ?
Yangi mavzu bayoni
FTI ning xo’jalikning hududiy tarkibiga bo’lgan ta’siri ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish omillari orqali amalga oshmoqda. Ular quyidagilardan iborat:
Hudud omili. Hudud jamiyat faoliyati amalga oshiradigan geografik muhitning muhim omillaridan biridir. Hudud qanchalik katta bo’lsa, u xilma – xil tabiiy resurslarga shuncha boy bo’ladi. Bu esa aholi va ishlab chiqarishni oqilona joylashtirish uchun keng imkoniyatlar yaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |