Mavzu: Jahon iqtisodiy – ijtimoiy geografiyasining maqsad va vazifalari Darsning maqsadi


Download 197.44 Kb.
bet88/94
Sana15.01.2023
Hajmi197.44 Kb.
#1093885
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   94
Bog'liq
Konspekt geog.9-sinf

Mavzuni mustahkamlash:
Quyidagi sanoat korxonalarining firmalarini yozing
1. Avtomobilsozlik2. Aviasozlik
3. Elektronika4. Kimyo sanoati
5. Oziq – ovqat sanoati


O’quvchilarni baholash.
Faol ishtirok etgan o’quvchilar baholanadi. Baholar jurnal va kundalik daftarlarga qo’yiladi.


Uyga vazifa: 61 - § 181 bet mavzuni o’qib kelish, mavzu yuzasidan savollarga javob topish. Mavzu yuzasidan test tuzish (5 ta)
Yangi mavzuga tayyorlanish.
Sana__________ Sinf: 9


Mavzu: Kanada. Iqtisodiy geografik o’rni, tabiiy sharoiti va resurslari
Darsning maqsadi:
a) O’quvchilarga Kanadaning iqtisodiy geografik o’rni, tabiiy sharoiti va resurslari haqida nazariy bilimlar berish
b) O’quvchilarga iqtisodiy tarbiya berishda hamkorlik qilish, mehnatsevarlikka o’rgatish
v) O’quvchilarda dunyo davlatlari haqidagi tasavvurlarni kengaytirish


Dars turi:aralash
Dars metodi: savol - javob
Darsda foydalaniladigan jihozlar: dunyoning siyosiy xaritasi


Darsning borishi

  1. Tashkiliy qism

O’quvchilar bilan salomlashish, davomatni aniqlash
Kun yangiliklari
Uyga vazifani so’rash
O’tilgan mavzusi so’rash:
1. AQSHning iqtisodiy – geografik o’rnini baholang
2. AQSh mineral resurslarning qaysi turlari bilan to’la – to’kis ta’minlangan?
3. Mamlakat xo’jaligining asosini qaysi tarmoqlar tashkil etadi?


Yangi mavzu bayoni:

Kanada Shimoliy Amerikada joylashgan, jahonda iqtisodiy jihatdan eng rivojlangan mamlakatlardan biri, «Sakkizlik davlatlari» qatoriga kiradi.


Kanada hududi Shimoliy Amerika materigining shimoliy qismi va unga yondosh orollarda joylashgan.
Maydoni 9971,0 ming km2, aholisining soni 33,0 mln. kishi (2008-y.)
Kanada— Hamdo'stlik tarkibidagi federativ davlat, 1931-yilda unga to'la mustaqillik berilgan.
Aholisining qariyb 40% i kanadalik inglizlar, 30% i kanadalik fransuzlardan iborat. Qolgan qismi nemislar, italyanlar, ukrainlar, gollandlar, ruslar va boshqa millat vakillaridan tashkil topgan. Mamlakat shimolida hamda ovchilik va baliqchilik rivojlangan markaziy va g'arbiy hududlarida mahalliy hindular, eskimoslar, atapaskalar va boshqalar tarqoq holda yashaydi.
Aholi soni tabiiy o'sish va migratsiya saldosi hisobiga ko'paymoqda. O'rtacha yillik o'sish sur'ati keyingi o'n yilliklarda l%dan oshmayapti. Shaharlarda jami aholining 80,1% i istiqomat qiladi. Yirik shaharlari qatoriga Monreal, Toronto, Vankuver, Kvebek va boshqalar kiradi.
Kanada iqtisodiyoti yuksak taraqqiy etgan mamlakatdir. Kanada dunyo mamlakatlari ichida nikel, rux, kumush rudalari, kaliy tuzlari, asbest qazib olish hamda qog'oz ishlab chiqarishda birinchi; oltin, platina, molibden rudasi, oltingugurt, uran qazib olish va sellyuloza ishlab chiqarishda ikkinchi va uchinchi o'rinlarni egallaydi.

Download 197.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling