Mavzu: Jahon iqtisodiy – ijtimoiy geografiyasining maqsad va vazifalari Darsning maqsadi
Download 197.44 Kb.
|
Konspekt geog.9-sinf
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu: Dunyoning siyosiy xaritasi Darsning maqsadi
- Dars turi
- O’tilgan mavzusi so’rash
Mavzuni mustahkamlash
“Jahon iqtisodiy ijtimoiy geografiyasi” fani davomida yechimini topishga qaratilgan vazifalarni aytib, izohlab berish, misol keltirish O’quvchilarni baholash. Faol ishtirok etgan o’quvchilar baholanadi. Baholar jurnal va kundalik daftarlarga qo’yiladi. Uyga vazifa: 1 - § 5 - 6 bet mavzuni o’qib kelish, mavzu yuzasidan savollarga javob topish Yangi mavzuga tayyorlanish. O’TIBDO’ ____________________ Sana__________ Sinf: 9 Mavzu: Dunyoning siyosiy xaritasi Darsning maqsadi: a) O’quvchilarga dunyo siyosiy xaritasining shakllanishi haqida nazariy bilimlar berish b) O’quvchilarga iqtisodiy tarbiya berishda hamkorlik qilish, ekologik bilimlarni oshirish v) O’quvchilarning dunyo davlatlari haqidagi tasavvurini oshirish Dars turi:aralash Dars metodi: savol - javob Darsda foydalaniladigan jihozlar: dunyoning siyosiy xaritasi, darslik, konspekt Darsning borishi Tashkiliy qism O’quvchilar bilan salomlashish, davomatni aniqlash Kun yangiliklari Uyga vazifani so’rash O’tilgan mavzusi so’rash: 1) Fanning maqsad va vazifalari deganda nimaga e’tibor berish lozim? 2) Fanning metodologik poydevorini nima tashkil etadi? 3) Fanning maqsadini nima tashkil etadi? Yangi mavzu bayoni: Hozirgi vaqtda dunyo siyosiy xaritasida 225 mamlakat mavjud bo’lib, ularning 19 tasi mustamlaka va 4 tasi maqomi noma’lum mamlakatlardir. Davlatlarni iqtisodiy daromadlari bo’yicha guruhlash “Jahon Banki Atlasi” metodikasi doirasida amalga oshirilgan. Unga binoan jahon mamlakatlari aholisi jon boshiga to’g’ri keluvchi milliy daromadiga ko’ra 4 ta guruhga taqsimlangan: 1. Past daromadli – 935 AQSh dolloridan kam; 2. O’rtacha daromadli – 936 – 3705 AQSh dollori doirasida o’zgaruvchan mamlakatlar guruhi; 3. Daromadi o’rtacha ko’rsatkichdan yuqori, ya’ni 3706 dollordan 11455 dollorgacha bo’lgan doirada o’zgaruvchi mamlakatlar guruhi: 4. Yuqori daromadli mamlakatlar, ularda aholi jon boshiga 11456 AQSh dolloridan ortiq milliy daromad to’g’ri keladi. Ana shu metodik yondoshuvdan kelib chiqqan holda jahon mamlakatlari yuqori daromadlidan past daromadliga qarab 4 guruhga bo’lingan: Birinchi (yuqori daromadli) guruhga 62 mayda, kichik, katta va yirik mamlakatlar kiradi. Bularning ichida mayda Farer orollari, Guam, Aruba kabi mamlakatlar bilan bir qatorda, iqtisodiy salohiyati ulkan AQSh, Buyuk Britaniya, Kanada, Fransiya va boshqa davlatlar ham bor. Ikkinchi guruhni milliy daromadi aholi jon boshiga 3706 dollordan 11455 dollorgacha o’zgaruvchi mamlakatlar (umumiy soni 41 ta) tashkil etadi. Shundaylar qatoriga Polsha, Meksika, Venesuela, Livan, JAR, Malayziya kabi mamlakatlar bilan birga kichik va juda kichik Amerika Samoasi, Fiji, Mayotta mamlakatlari ham kiradi. Uchinchi guruh Xitoy, Indoneziya, Filippin, Armeniya, Ozarbayjon, Ukraina, Kribati, Vanuatu, Sharqiy Timor va boshqa mamlakatlardan iborat. To’rtinchi guruhga Kambodja, KXDR, LXDR, Muyanma, Vyetnam bilan birga Qirg’iziston, Tojikiston, Yaman kabi mamlakatlar kirtilgan. Jahon mamlakatlari iqtisodiy ko’rsatkichdan tashqari demografik geografik geosiyosiy va boshqa turdagi salohiyatiga binoan ham ayrim guruhlarga ajratiladi. Jumladan, iqtisodiy rivojlangan birinchi guruh mamlakatlari ichidagi AQSH, Yaponiya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Italiya, Kanada ikkinchi guruhga mansub Rossiya bilan birga ulkan iqtisodiy, demografik, goesiyosiy, harbiy va hududiy salohiyatga ega “Sakkizlik davlatlari” ni tashkil qiladi. Download 197.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling