Mavzu: Jahon iqtisodiy – ijtimoiy geografiyasining maqsad va vazifalari Darsning maqsadi


Download 197.44 Kb.
bet4/94
Sana15.01.2023
Hajmi197.44 Kb.
#1093885
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   94
Bog'liq
Konspekt geog.9-sinf

Mavzu: Dunyo tabiiy resurslari
Darsning maqsadi:
a) O’quvchilarga dunyo tabiiy resurslari turlari haqida nazariy bilimlar berish
b) O’quvchilarga ekologik va estetik tarbiya berishda hamkorlik qilish
v) O’quvchilarda tabiiy resurslar haqidagi tasavvurlarni kuchaytirish, og’zaki nutqini o’stirish


Dars turi:aralash
Dars metodi: savol - javob
Darsda foydalaniladigan jihozlar: dunyoning siyosiy xaritasi, darslik, konspekt


Darsning borishi

  1. Tashkiliy qism

O’quvchilar bilan salomlashish, davomatni aniqlash
Kun yangiliklari
Uyga vazifani so’rash
O’tilgan mavzusi so’rash:
Savollar:
1. Idora qilishning qanday shakllari keng tarqalgan?
(Respublika va monarxiya)
2. 2008 yilda jahonda nechta Respublika mavjud bo’lgan?
(148 ta)
3. Qanday respublikada Prezident katta vakolatlarga ega bo’lmaydi?
(Parlamentar Respublikada)
4. Qanday boshqaruv shaklida monarx podsholik qiladi, lekin idora qilmaydi?
(Konstitutsion monarxiyada)
5. Qanday boshqaruv shaklida parlament yo’q yoki huquqi qat’iy chegaralangan bo’ladi?
Mutlaq monarxiya
6. Jahonda ma’muriy – hududiy tuzilmaning qanday shakllari keng tarqalgan?
Unitar va federativ
7. AQSH da ma’muriy – hududiy tuzilma nechta shtatni birlashtiradi?
50 ta shtat
8. O’zbekistonda ma’muriy – hududiy tuzilmaning qanday shakllari mavjud?
Respublika, viloyat, tuman, MFY
Shaxmat” o’yini
Quyida berilgan davlatlarning boshqaruv shakllarini ko’rsating

T/r

Davlat nomi

Preidentlik
respublikasi

Parlamentar respublika

Mutlaq monarxiya

Konstitutsion monarxiya

1

Daniya










+

2

Ummon







+




3

AQSH

+










4

Belgiya










+

5

GFR




+







6

Saudiya Arabistoni







+




7

Italiya




+







8

Rossiya

+










9

B.Britaniya










+

10

Qatar







+




11

Hindiston




+







12

O’zbekiston

+










Kimning xotirasi kuchli”


Quyidagi ta’rif qaysi davlatga xos
1. Bu davlatda boshqaruv shakli mutlaq monarxiya bo’lib, uni Rim Papasi idora qiladi.
Vatikan
2. Mutlaq teokratik monarxiya davlati bo’lib, unda davlat boshlig’i – qirol bir vaqtning o’zida Qonun chiqaruvchi va uni ijro etuvchi organlarni boshqaradi. Hukumat asosan qirol oilasining a’zolaridan tuziladi
Saudiya Arabistoni
3. Bu davlatlar konstitutsion monarxiyali davlatlar hisoblansa ham, amalda ularda mutlaq monarxiya belgilari ustundir.
Kuvayt va Bahrayn
4. Bu davlat Prezident boshqaruviga asoslangan. Unda ma’muriy hududiy tuzilmaning respublika, viloyat, shahar, tuman, MFY shakllari mavjud
O’zbekiston


Yangi mavzu bayoni:
Jamiyat va tabiatning o’zaro aloqadorligi jarayoni bir necha bosqichlarni o’z ichiga oladi.
1 – bosqichda inson asosan tabiat bergan ne’matlar hisobiga yashagan ibtidoiy jamoa davri
2. Qishloq xo’jaligi inqilobi davri
3. O’rta asrlar davri
4. Sanoat inqilobi davri
5. Hozirgi fan texnika inqilobi (FTI) davri
Inson o’z hayoti sharoitini takomillashtirish va ko’lamini kengaytirish yo’lida planetamizning mintaqalarida tabiat imkoniyatlaridan tobora ko’proq foydalanishga harakat qildi hamda shunga erishdi, o’ziga xos yashash muhitini yaratdi. fanda bu geografik muhit deb ataladi.
Insoniyat o’z hayoti va ijtimoiy faoliyati davomida turli xil tabiiy resurslardan foydalanadi.
Tabiiy resurs deb inson hayoti va faoliyati davomida bevosita foydalaniladigan barcha tabiiy ne’matlarga aytiladi.
Tabiiy resurslar bilan ta’minlanganlik deganda tabiiy resurslarning umumiy ko’lami ko’rsatkichlari bilan ulardan foydalanish miqdori o’rtasidagi nisbat tushuniladi.
U tabiiy resursning necha yilgacha yetishi yoki resurs zaxirasining aholi jon boshiga qanchadan to’g’ri kelishi ko’rsatkichlari bilan ifodalanadi.
Tabiiy resurslar 5 ta turga bo’linadi: mineral, yer, suv, biologik, iqlimiy.
Tabiiy resurslar tugaydigan va tugamaydigan guruhlarga bo’linadi.
Tabiatda amalda tugamaydigan tabiiy resurslar ham mavjuddir. Ular quyosh nuri, shamol, dengiz va okeanlar, yerning ichki (geothermal) energiyasidir. Tabiiy resurslar yer yuzasi bo’ylab notekis joylashgan Fors qo’ltig’i mamlakatlari neft va tabiiy gazga, And mamlakatlari mis va polimetall rudalariga, Shimoliy yarim sharning o’rta kengliklari va ekvatorial mintaqa hududlari o’rmonlarga ancha boy. Rossiya, AQSH, Xitoy, Kanada, Braziliya, Avstraliya kabi bir qator ulkan davlatlar amalda tabiiy resurslarning deyarli barch xillari bilan yaxshi ta’minlangan. Shuningdek, ko’pgina mamlakatlar muhim tabiiy boyliklarning bir yoki bir nechta turlarigagina ega. Jahonda uchinchi xil mamlakatlar ham borki, ular tabiiy boyliklar, ayniqsa, mineral boyliklar bilan yetarli darajada ta’minlanmagan.



Download 197.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling