Mavzu: Jahon iqtisodiy – ijtimoiy geografiyasining maqsad va vazifalari Darsning maqsadi
Download 197.44 Kb.
|
Konspekt geog.9-sinf
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ikkinchi yo’nalish
- Uchinchi yo’nalish
- To’rtinchi yo’nalish
- Beshinchi yo’nalish
Yangi mavzu bayoni:
Fan va ishlab chiqarish olti muhim yo’nalish bo’yicha bir – biriga ta’sir ko’rsatmoqda. Birinchi yo’nalish – kompyuterlashtirish, ya’ni inson faoliyatining barcha sohalarini kompyuter texnikasi bilan ta’minlash. Kompyuterlashtirish natijasida ko’plab ishlab chiqarish jarayonlarining texnologiyasi tubdab o’zgartirilmoqda. U ta’lim, sog’liqni saqlash tizimlariga, insonlar turmushiga tobora chuqurroq va jadalroq kirib bormoqda. Hozirgi vaqtda elektron uskunalarni ishlab chiqarish sanoatning eng muhim ilmtalab tarmoqlarining biriga aylandi. EHM lar ishlab chiqarish bo’yicha Yaponiya, Germaniya dunyoda yetakchi mamlakatlardir. Ikkinchi yo’nalish – kompleks avtomatlashtirish. Mazkur yo’nalish 50 yillarda, EHMlarning barpo qilinishi bilan shakllana boshlagan bo’lsa ham, uning gurkirab rivojlanishi 70 yillarda mikro EHM va mikroprotsessorlarning ixtiro etilishi bilan uzviy bog’langandir. Robot – texnikaning barpo qilinishi avtomatlashtirilgan korxonalar, ishlab chiqarish tizimlarining vujudga kelishiga asos bo’lib xizmat qildi. Uchinchi yo’nalish – energetika xo’jaligining qayta qurilishini nazarda tutib, energiya tejamiga, yoqilg’i - energetika balansini takomillashtirishga, yangi energiya manbalaridan keng foydalanishga asoslanadi. Bu yerda asosiy muammo atom energetikasini rivojlantirish bilan bog’langan. Hozirgi vaqtda dunyoda 250 dan ortiq AESlar ishlamoqda. Shularning aksariyat qismi AQSH, Fransiya, Yaponiya, Germaniya, Xitoy, Rossiya va Ukrainada joylashgan. To’rtinchi yo’nalish – yangi materiallarni ishlab chiqarish. Bugungi ishlab chiqarish eski konstruksion materiallar – qora va rangli metallarga, sintetik polimerlarga ilgarigi davrlarga nisbatan ancha yuqori talablar qo’ymoqda. Natijada yangi kompozitsiyali, yarim o’tkazgichli, sopol mahsulotlar ishlab chiqarila boshlandi hamda XX asr metallari – berilliy, litiy, titan, sirkoniy, germaniy, kobaltdan foydalanish kengaydi. Beshinchi yo’nalish – biotexnologiyaning ildam rivojlanishi bilan bog’langan. 70 – yillarda vujudga kelgan bu yo’nalish hozirda eng istiqbolli yo’nalishlardan biri hisoblanadi. U AQSH, Yaponiya, Germaniya, Xitoy va Fransiyada tez sur’atlar bilan rivojlanmoqda. Oltinchi yo’nalish – kosmosni o’zlashtirish Kosmonavtikaning rivojlanishi yana bir eng yangi ilm – fanga talabchan – aerokosmik sanoatning vujudga kelishiga olib keldi. Mazkur tarmoq bilan birga qator yangi mashinalar, asbob – uskunalar, qotishmalar kashf qilindi. Ulardan hozirgi vaqtda boshqa soha va tarmoqlarda ham foydalanilmoqda. Boshqarish, ya’ni axborotlarni olish, saqlash, uzatish va qayta ishlash fani bo’lib kibernetika hisoblanadi. Kibernetika – grekcha so’z bo’lib, “yo’lboshchi”, “yo’l boshqaruvchi” ma’nosini anglatadi. Download 197.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling