Mavzu: Jahon iqtisodiy – ijtimoiy geografiyasining maqsad va vazifalari Darsning maqsadi


Download 197.44 Kb.
bet12/94
Sana15.01.2023
Hajmi197.44 Kb.
#1093885
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   94
Bog'liq
Konspekt geog.9-sinf

Mavzuni mustahkamlash


Xarita bilan ishlash
Xaritadan foydalanib quyidagi xususiyatlarga javob beruvchi davlatlarni ko’rsating
1) Urbanizatsiya darajasi 100% bo’lgan davlatlar
2) Urbanizatsiya darajasi 90 – 100% bo’lgan davlatlar
3) Urbanizatsiya darajasi 70% dan past bo’lgan davlatlar


O’quvchilarni baholash.
Faol ishtirok etgan o’quvchilar baholanadi. Baholar jurnal va kundalik daftarlarga qo’yiladi.


Uyga vazifa: 10 - § 45 -47 bet mavzuni o’qib kelish, mavzu yuzasidan savollarga javob topish
Yangi mavzuga tayyorlanish.
Sana__________ Sinf: 9


Mavzu: Fan – texnika inqilobining muhim jihatlari


Darsning maqsadi:
a) O’quvchilarga fan – texnika inqilobining muhim jihatlari haqida nazariy bilimlar berish
b) O’quvchilarga axloqiy tarbiya berish, mehnatsevarlik ruhida tarbiyalash
v) O’quvchilarda fan – texnikaning hayotdagi o’rni haqidagi tasavvurlarni kengaytirish, fanga qiziqtirish


Dars turi:aralash
Dars metodi: savol - javob
Darsda foydalaniladigan jihozlar: dunyoning siyosiy xaritasi


Darsning borishi

  1. Tashkiliy qism

O’quvchilar bilan salomlashish, davomatni aniqlash
Kun yangiliklari
Uyga vazifani so’rash
O’tilgan mavzusi so’rash:
Sinf o’quvchilari 3 guruhga bo’linib, quyidagilar haqida gapirib beradi:
1) Urbanizatsiya darajasining I jihati
2) Urbanizatsiya darajasining II jihati
3) Urbanizatsiya darajasining III jihati
Xarita bilan ishlash
Juda yirik shaharlar aglomeratsiyasi shakllangan davlatlarni xaritadan ko’rsating
Tokio, Mexiko, San – Paulo, Nyu – York, Kalkutta


Yangi mavzu bayoni

Jahonda bir necha million kishi ilmiy – tadqiqot faoliyati bilan shug’ullanadi. AQSH, Yaponiya, Fransiya, Germaniya va Buyuk Britaniya ulkan ilmiy salohiyatga ega bo’lgan mamlakatlar hisoblanadi. Shularning ichida AQSH juda katta ilmiy salohiyatga egaligi bilan keskin ajralib turadi. Mazkur mamlakatda 3,0 mln.ga yaqin yoki aholining har 10 mingtasiga hisoblaganda 113 kishi ilmiy tadqiqot ishlari bilan shug’ullanmoqda.


Hozirgi fan – texnika inqilobi to’rt asosiy jihat bilan ifodalanadi.
Birinchisi, FTI ning keng qamrovliligi. U jami sohalar va tarmoqlarning, turmush tarzining, madaniyatning, insonlar ruhiyatining keskin o’zgarishiga, yangilanishiga olib kelmoqda. Bugungi FTI ning belgisi bo’lib, kosmik kema va atom elektr stansiyasi, reaktiv samolyot va boshqa juda ko’p turdagi buyumlar xizmat qilishi mumkin. FTI jahondagi barcha mamlakatlar va yerning jami geografik qobiqlariga hamda kosmik fazoga ta’sir ko’rsatmoqda.
Ikkinchidan, hozirgi FTI ilmiy – texnikaviy o’zgarishlarining benihoya ildamlashganligi, ilmiy kashfiyotlarni amaliyotga tadbiq etilishi bilan bog’liq vaqtning keskin qisqarishi, mahsulot va buyumlarning juda tez ma’naviy eskirish hamda ularni doimiy tarzda yangilanishi bilan ifodalanmoqda.
Uchinchidan, FTI mehnat resurslari, ishchi kuchining malakasiga bo’lgan talabni keskin ko’tarmoqda. Shuning oqibatida inson faoliyatining barcha sohalarida aqliy mehnat salmog’i oshmoqda, ya’ni mehnatning intellektuallashish darajasi o’smoqda.
FTI ning to’rtinchi muhim jihati shundan iboratki, u ikkinchi jahon urushi yillarida harbiy – texnik inqilob tarzida yuzaga keldi. Bu ayniqsa, FTI ning yutuqlaridan harbiy maqsadlarda foydalanish kuchaygan “sovuq urush” davrida yana ham chuqurlashdi. Bu FTI ning eng zamonaviy yutuqlaridan harbiy maqsadlarda foydalanish jarayonining rivojlanishiga sabab bo’ldi.
Yirik olim va mutaxassislar FTI ni bir – biri bilan uzviy aloqador to’rt tarkibiy qismlar: 1) ilm – fan 2) texnika va texnologiya 3) ishlab chiqarish 4) boshqaruvdan iborat bo’lgan yagona (yaxlit) murakkab tizim deb tan olinmoqda.



Download 197.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling