Yangi mavzu bayoni
Tashqi va ichki migratsiyalar bilan shaharlar soni va ularda mavjud aholi sonining ko’payishi, ya’ni urbanizatsiya jarayoni uzviy bog’liq. Urbanizatsiyaning geografik mohiyatini quyidagi misollarda ifodalash mumkin. Urbanizatsiyalashgan hududlar Yer quruqlik yuzasining 1 foizdan sal yuqoriroq qismini egallagani holda, bu yerda jahon aholisining 48 foizi istiqomat qiladi. Yalpi ichki mahsulotning 80 foizi ishlab chiqariladi. Shu vaqtning o’zida atmosfera va gidrosferaga chiqarilayotgan zaharli chiqindi va gazlarning 80 foizi ham ushbu hududlarga to’g’ri keladi. Urbanizatsiya jarayoni shaharlar soni va shahar aholisining miqdori hamda ulushining o’sishini, shaharlar bilan bog’liq murakkab tarmoqlar va tizimlarning shakllanishi va rivojlanishini anglatadi. Demak, urbanizatsiya inson hayotida shaharlar ahamiyatining beqiyos oshishini, jamiyatni aholining mehnat qilish xususiyati, turmush tarzi va madaniyatini, ishlab chiqarishni joylashtirish bo’yicha shaharlashishni o’zida aks ettiruvchi tarixiy jarayondir.
Zamonaviy urbanizatsiya umumjahon jarayoni sifatida ko’pchilik mamlakatlarga xos bo’lgan uchta umumiy jihatlar bilan ifodalanadi:
Birinchi jihat, kam rivojlangan mamlakatlarda shahar aholisi sonining yuqori sur’atlarda o’sishini bildiradi
Ikkinchi jihat – aholi va xo’jalikning, asosan, katta shaharlarda to’planganligi bilan bog’liq. Bunday holat, avvalambor, ishlab chiqarishning xususiyati, uni ilm – fan, ta’lim tizimi bilan bo’lgan aloqadorligi natijasida murakkablashuvi bilan bog’langan.
Urbanizatsiya jarayoni umumiy xususiyatlaridan tashqari ayrim regionlar va mamlakatlar miqyosida o’ziga xos xususiyatlar bilan ifodalanadi. Urbanizatsiya darajasi bo’yicha jahondagi barcha mamlakatlarni uch yirik guruhga bo’lish mumkin:
1) Yuqori darajada urbanizatsiyalashgan mamlakatlar (shahar aholisining ulushi 50 foizdan yuqori)
2) O’rtacha darajada urbanizatsiyalashgan mamlakatlar (shahar aholisining ulushi 25 dan 50 foizgacha)
3) Past darajada urbanizatsiyalashgan mamlakatlar (shahar aholisining ulushi 25 foizdan kam)
Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda atrof – muhitni muhofaza qilish bo’yicha tadbirlar hayotga tadbiq etilmoqda. Rivojlanayotgan mamlakatlarda esa moddiy mablag’larning yetarli masligi, mazkur muammolarni to’la – to’kis hal etishga imkon bermayapti.
Do'stlaringiz bilan baham: |