Mavzu: Jahon iqtisodiyotida halqaro kapitalni taqsimlash va qayta taqsimlashda halqaro korporatsiyalarning o`rni
Download 0.68 Mb.
|
Jahon iqtisodiyotida halqaro kapitalni taqsimlash va qayta taqsimlashda halqaro korporatsiyalarning o`rni
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2 soat 3 soat
- Nisbiy afzallik
- .Xeksher-Olin nazariyasi. V. Leontyev paradoksi
Jadvalma'lumotlaridanBuyukBritaniyaningmatoishlabchiqarishdamutlaqafzallikkaegaekanligiko'rinibturibdi. Chunki Buyuk Britaniyada 1 m2 mato ishlab chiqarish uchun 2 soat sarflansa, Portugaliyada 3 soat saflash kerak. Demak, bu mahsulotning Buyuk Britaniyadagi tannarxi Portugaliyadagiga nisbatan arzon-roq bo'ladi. O'z navbatida, Portugaliya vino ishlab chiqarishda mutlaq afzallikka ega. Chunki bu mamlakatda 1 1. vino ishlab chiqarish uchun Buyuk Britaniyaga nisbatan 1 soat kamroq vaqt sarflanadi. Demak, A. Smitning «mutlaq afzallik» naza-riyasiga binoan Buyuk Britaniya mato ishlab chiqarishga ixtisoslashishi va uni eksport qilishi kerak. O'z navbatida, Portugaliya vino ishlab chiqarishga ixtisoslashadi va Buyuk Britaniya bu mahsulotni Portugaliyadan import qiladi.A. Smitning «mutlaq afzallik» nazariyasi uzoq yillar davomida ko'plab mamlakatlarning tashqi savdo siyosati strategiyasining asosini tashkil qildi va bu mamlakatlar erkin savdo siyosatini yuritishdi. Nisbiy afzallik — agar mamlakat boshqa mamlakatga nisbatan kam xarajatlar bilan ishlab chiqarish mumkin bo'lgan tovarlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashsa, o'zaro savdo ikkala mamlakat uchun ham foydali bo'ladi. Bunda ishlab chiqarish bo'yicha mutlaq afzallik bo'lishi shart emas. .Xeksher-Olin nazariyasi. V. Leontyev paradoksi Shved iqtisodchilari E. Xeksher va B. Olin o'z tahlillarida ishlab chiqarishning ikki omilini — kapital va mehnat omilini ko'rib chiqdilar. Ularning ta'kidlashi-cha, ishlab chiqarish omillari bilan ta'minlanganlik darajasiga ko'ra mamlakatlarni quyidagi ikki guruhga ajratish mumkin: Mehnat omiliga boy mamlakatlar — bu mamlakatlarda mehnat resurslari ko'p va arzon bo'ladi. Ularga misol qilib Xitoy va O'zbekiston kabi mamlakatlarni keltirish mumkin. 2. Kapital omiliga boy mamlakatlar — bu mamlakatlarda kapital katta hajmlar-da jamlangan bo'ladi, ammo mehnat resurslari bilan ta'minlanganlik darajasi pastroq bo'ladi. Bundan tashqari, tovarlarini ham ikki guruhga bo'lish mumkin: Mehnat sig'imkorligi yuqori bo'lgan tovarlar — bu turdagi tovarlarni ishlab chiqarishda kapitaldan ko'ra mehnat resurslari ko'proq talab qilinadi. Bu turdagi tovarlarga misol qilib qishloq xo'jalik mahsulotlarini keltirish mumkin. Kapital sig'imkorligi yuqori bo'lgan tovarlar — bu turdagi tovarlarni ishlab chiqarishda mehnat resurslaridan ko'ra kapital ko'proq talab qilinadi. Bu turdagi tovarlarga misol sifatida qayta ishlash sanoati mahsulotlarini keltirish mumkin. Xeksher-Olinning ishlab chiqarish omillari nisbati nazariyasi — mamlakat qaysi ishlab chiqarish omili bilan nisbatan yaxshi ta'minlangan bo'lsa, shu omilni nis¬batan ko'proq talab qiluvchi tovar ishlab chiqarishga ixtisoslashishi va uni eksport qilishi kerak. Demak, Xeksher-Olin nazariyasiga binoan AQSh bilan Xitoy o'zaro savdo aloqalariga kirishsa, AQSh kapital omiliga boy mamlakat sifatida qayta ishlash sanoati mahsulotlarini eksport qiladi va Xitoydan mehnat sig'imkorligi yuqori bo'lgan qishloq xo'jalik mahsulotlarini import qiladi. Ushbu nazariya XX asrda ko'plab mamlakatlarning tashqi savdo siyosatining asosini tashkil qilishiga qaramasdan unda ko'plab kamchiliklarga yo'l qo'yilgan. Xususan, Xeksher-Olin nazariyasida mamlakatlarning vaqt o'tishi bilan ishlab chiqarish resurslari bilan ta'minlanganligi ham o'zgarishi inobatga olinmagan. V. Leontyev bir qancha empirik sinovlar o'tkazish yo'li bilan Xeksher-Olin tomonidan ishlab chiqilgan nazariyaning shartlari amaliyotda qo'llanilmasligini isbotladi. Ikkinchi jahon urushidan so'ng AQSh ni boshqa mamlakatlar bilan qiyo-siy taqqoslanganda, o'rtacha ish haqi darajasi eng yuqori mamlakat va kapitalga boy davlatlardan sanalardi. Shu sababli mamlakat Xeksher-Olin nazariyasiga muvofiq, kapital sig'imkorligi yuqori mahsulotlarni eksport qilishi lozim edi. V. Leontyev ushbu gipotezani tekshirish maqsadida 1 mln. dollarlik eksport va shuncha miqdor-dagi import mahsulotlariga raqobatbardosh tovarlarni ishlab chiqarish uchun qancha kapital va ishchi kuchi sarf etilishini hisoblab chiqdi. U har bir ishlab chiqarish sohasi bo'yicha tovar birligi uchun sarf etiladigan kapital va mehnatni hisobla-di. Bunda u faqatgina avtomashina kabi tayyor mahsulotlar bilan chegaralanib qol-may, balki yarimtayyor mahsulotlar (rezina, po'lat, oyna kabilar) uchun ketadigan kapital va ishchi kuchini ham hisoblab chiqdi. Leontyev statistik ma'lumotlarga Ikkinchi jahon urushi o'z ta'sirini ko'rsatgan bo'lishi mumkin deb hisoblab, 1951-yilda ushbu hisob-kitobni yana takrorladi. Amerika importi bu safar ham eksportga qaraganda kapital sig'imkorligi yuqori ekanligini ko'rsatdi. Leontyev paradoksi — Xeksher-Olinning ishlab chiqarish omillari nisbati nazariyasi amaliyotda o'z tasdig'ini topmagan: mehnat resursiga boy mamlakatlar kapital sig'imkorligi yuqori bo'lgan tovarlarni eksport qiladi, kapitalga boy mamlakatlar esa mehnat sig'imkorligi yuqori bo'lgan tovarlarni eksport qiladi. Download 0.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling