Mavzu: jahon siyosiy xaritasi reja: kirish I. Bob. Jahon siyosiy xaritasi va uning shakllanishi


Download 1.3 Mb.
bet2/12
Sana18.06.2023
Hajmi1.3 Mb.
#1581438
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
ASADBEK 11

Kurs ishi mavzusining maqsadi. Dunyo mamlakatlari tipologiyasini turli ko‘rsatkichlarga asoslanib amalga oshirish mumkin. Geografik xususiyatlarga, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasiga ko‘ra dunyo mamlakatlarini tiplarga bo‘lish g‘oyat muhim ilmiy-amaliy ahamiyatga ega. Ular xalqaro qiyosiy taqqoslashga asoslanib amalga oshiriladi. Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasiga ko‘ra dunyo mamlakatlari ikki katta guruxga – iqtisodiy rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarga, ularning har birida esa bir nechta kichik gurular ajratiladi.
Kurs ishi mavzusining vazifalari. Dunyo siyosiy xaritasining barcha siyosiy-geografik birliklari ikkita teng bo‘lmagan guruhga bo‘linadi: 1) mustaqil (suveren) davlatlar; 2) boshqa davlatlarga turli shaklda qaram bo‘lgan o‘z-o‘zini boshqaradigan xududlar. Suveren davlatlar davlatni tashkil etishning turli shakllariga ega, ularning eng muhimi davlat tuzumi hisoblanadi. Ular respublika yoki monarxiya bo‘lishi mumkin. Dunyoning barcha davlatlari davlat tuzilishi xususiyatiga ko‘ra, unitar va federativ davlatlarga bo‘linadi. Siyosiy tartib (rejim) bo‘yicha dunyo mamlakatlari demokratik, avtoritar, totalitar tiplarga bo‘linadi. Shu kabi ma’lumotlarni tahlil qilish va o’rganish.
Dunyo tuzilishining birlamchi elementi davlat xududlari hisoblanadi. Ular ma'lum mamlakatlar suvereniteti ostida bo‘lgan yer shari qismlaridir. Har bir mamlakat ularni boshqa davlatlardan ajratib turadigan quruqlik va dengiz chegaralariga ega bo‘ladi. Bu yerda davlat chegaralarining daxlsizligi va yaxlitligi prinsipi asosiy funksiyani bajaradi: ajratuvchi va birlashtiruvchi. Xalqaro xuquq boshqa davlatlarning chegaralarini buzishni ta'qiqlaydi. Davlat o‘rtasidagi barcha xududiy janjallar faqat tinch vositalar bilan hal etilishi kerak.
Xalqaro tashkilotlar davlatlar birlashmalari yoki noxukumat yo‘nalishida bo‘lib, ular siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy, ilmiy-texnika sohasidagi umumiy maqsadlarni amalga oshirishga yo‘naltirilgan faoliyat bilan shug‘ullanadilar. BMT eng ommaviy xalqaro tashkilot bo‘lib, uning asosiy vazifasi kelajak avlodlarni urush ofatlaridan xalos etish, mustamlakachilikka, inson xuquqlarini qo‘pol va ommaviy buzilishiga qarshi kurash, xalqaro xavfsizlik va xalqaro iqtisodiy munosabatlar sohasida faoliyat yuritish va boshqalar. Bu kurs ishida jahon siyosiy xaritasi haqida so`z yuritamiz, ya`ni siyosiy xaritaning ahamiyati, uning shakllanish bosqichlari, undagi davlatlar tipologiyasi, va davlatlarning boshqaruv shakllari haqida so`z yuritamiz.[1]

Download 1.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling