Mavzu: jahon siyosiy xaritasi reja: kirish I. Bob. Jahon siyosiy xaritasi va uning shakllanishi


II.BOB. DUNYONING HOZIRGI ZAMON SIYOSIY XARITASI, JAHON MAMLAKATLARINING SOTSIAL-IQTISODIY GURUHLARI


Download 1.3 Mb.
bet7/12
Sana18.06.2023
Hajmi1.3 Mb.
#1581438
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
ASADBEK 11

II.BOB. DUNYONING HOZIRGI ZAMON SIYOSIY XARITASI, JAHON MAMLAKATLARINING SOTSIAL-IQTISODIY GURUHLARI
2.1.Dunyo siyosiy xaritasidagi mamlakatlari tipologiyasi
Jahonning siyosiy xaritasida, 2018-yil holatiga ko'ra, 240 dan ortiq mamlakat bo'lib, jumladan jahon hamjamiyati tomonidan mustaqilligi ras- man tan olingan 194 ta suveren davlat mavjud. Bulardan 193 tasi BMTning faoliyatida a'zo davlatlar sifatida, 1 tasi (Vatikan) esa kuzatuvchi-davlat bo'lib ishtirok etmoqda. Siyosiy karta-geografik karta bo’lib mamlakatlarning, mintaqalarning va dunyoning siyosiy bo’linishi jarayonini ifodalaydi. Siyosiy geografiya iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaning muhim tarmog’i bo’lib, siyosiy geografik holat va davlatlarning chegaralari, hududlarining shakllanishi, davlat tuzumi va siyosiy ma’muriy bo’linishi hamda jamiyatning siyosiy-ijtimoiy tarkibini davlatlarning hozirgi dunyo siyosiy- iqtisodiy tizimidagi roli va o’rnini o’rganadi.
Siyosiy geografiya deb:
A) hozirgi bosqichda dunyodagi mamlakatlarning davlat va jamiyat qurishning bosh belgilari va xususiyatlari, mamlakatlarning ichki va tashqi siyosatining asosiy yunalishlari.
B) mamlakatlarinnig siyosiy-geografik ya’ni (geostrategik) mikromezo va makro holati davlat chegaralarining, hududiy tarkibini shakllanish bosqichlari.
V) mamlakatlar aholisining milliy-ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy hayotidagi roli va o’rni.
G) mamlakatlarning jahon hamjamiyatidagi xalqaro, siyosiy, iqtisodiy va nodavlat tashkilotlardagi o’rnini mamlakatlardagi siyosiy maqsadlari va xalqaro munosabatlar tizimidagi ishtirokini tadbiq qiladi.
Siyosiy geografiyadagi eng muhim geografik muammolardan biri dunyo siyosiy kartasining shakllanish jarayonidir. Bu jarayon iqtisodiy Xarakterga ham ega bo’lib ishlab chiqarish kuchlari taraqqiyotining “vaqt chizig’i” davomida rivojlanish bosqichlarini ifodalaydi. Dunyo siyosiy kartasining shakllanishi jarayoni avvalo ijtimoiy mehnat taqsimotining yuzaga kelishi, xususiy mulkchilikning rivojlanishi sinflarini va turli ijtimoiy tabaqalarning manfaatlarini himoya qiluvchi davlatlarning ijtimoiy-siyosiy xodisa sifatida tashkil topishini ifodalaydi.
Dunyoning hozirgi siyosiy kartasida 230 ga yaqin mamlakat va hududlar bor. Ularning 190 tasi BMT ga a’zo va suveren davlatlardir, qolganlari asosan o’zini-o’zi boshqarmaydigan hududlar hisoblanadi.
Dunyoning har bir mamlakati o’ziga xos takrorlanmas xususiyatga ega, lekin ularning o’xshashlik hamda farqlarini aniqlab, mamlakatlarni turli tiplarga ajratish mumkin.
Xududining kattaligi bo’yicha dunyoda maydoni 3 mln km2 dan ortiq bo’lgan 7 davlat bo’lib, ular hissasiga Yer yuzi quruqligining 1|2 qismi to’g’ri keladi.
Ular quyidagilar (mln. km2):
1.Rossiya Federatsiyasi-17,1;
2.Kanada-10;
3.Xitoy-9,6;
4 AQSh -9,4;
5.Braziliya-8,6;
6 Avstraliya-7,7;
7 Hindiston-3,3;
Bulardan tashqari birinchi o’nlikka Argentina (2,8 mln km2), Qozog’iston (2,7 mln km2), Sudan (2,5 mln km2) kabi davlatlar ham kiradi.
Dunyoda maydoni eng kichik mamlakatlar quyidagilar:

  1. Vatikan- 0,0004 ming km2 (44 ga).

  2. Andorra-0,5 ming km2 .

  3. Lixtenshteyn-0,2 ming km2.

  4. Monako-0,001 ming km2.

  5. San-Marino-0,06 ming km2.

  6. Lyuksemburg- 2,6 ming km2.

Aholisining soni 100 mln dan ko’p bo’lgan 12 ta mamlakat bo’lib, ularda Dunyoning aholisi yashaydi.
2.1.1-Jadval

Download 1.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling