Mavzu: jahon siyosiy xaritasi reja: kirish I. Bob. Jahon siyosiy xaritasi va uning shakllanishi
Dunyo siyosiy xaritasidagi davlatlarning tavlat tuzumi va davlat qurilish shakllari
Download 1.3 Mb.
|
ASADBEK 11
Dunyo siyosiy xaritasidagi davlatlarning tavlat tuzumi va davlat qurilish shakllari
Mustaqil mamlakatlar davlatni tashkil etishning turli shakllariga ega. Ulardan eng muhimi davlat tuzumidir. U monarxiya va respublikaga bo’linadi. Boshqarishning respublika shaklida davlat xokimiyatining oliy organlari saylanadi yoki umummilliy vakillar muassasasi parlament tomonidan tuziladi. Respublika tuzumida qonun chiqaruvchi xokimiyat-parlamentga, ijroya xokimiyat hukumatga tegishlidir. Bunda prezident juda katta vakolatga ega bo’lgan va hukumatni boshqaradigan prezident respublikasi (AQSh, Lotin Amerikasi mamlakatlarining ayrimlari) va prezidentning rolini kamroq, xukumatni esa bosh ministr boshqaradigan parlament respublikalari bir-biridan farq qiladi. Dunyoda respublikalar ko’pchilik bo’lib, ularning soni 140 ga yaqin. Boshqarishning monarxiya shaklida oliy davlat hokimiyati monarxlar-qirol, knyaz, sulton, shoh, amirga qarashli bo’lib, hokimiyat meros orqali avloddan avlodga o’tadi. Dunyo siyosiy kartasida 30ta monarxiya shaklidagi davlat mavjud, shu jumladan Osiyoda-14, Yevropada-12, Afrikada-3, Okeaniyada-1. Monarxiya konstitutsion va mutloq (absolyut) tiplarga bo’linadi. Ularning ko’pchiligi konstitutsion monarx ramziy «podsholik» qiladi, lekin davlatni boshqarmaydi (Buyuk Britaniya, Norvegiya, Shvetsiya) real qonun chiqaruvchi hokimiyat parlamentga, ijroiya hokimiyat hukumatga qarashlidir. Mutloq monarxiyada monarx hokimiyati deyarli cheklanmagan, hukumat va boshqa hokimiyat organlari faqat monarx oldida javobgardir. (Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari, Omon, Bruney, Quvayt va boshq). Boshqarishning yana bir keng tarqalgan shakli Buyuk Britaniya boshchilik qiladigan Britaniya hamkorligidir. U huquqiy jihatdan 1931 yili rasmiylashtirilgan. Unga dastlab Kanada, Avstraliya, Janubiy Afrika Ittifoqi, Nyufaundlend va Irlandiya kirgan edi. Ikkinchi jahon urushida Britaniya imperiyasi barbod bo’lgach, Hamkorlik tarkibiga Britaniya Sobiq mustamlakalarning ko’pchiligi kirdi. Uning tarkibida dunyoning barcha qit’alarida joylashgan 50 mamlakat bo’lib, umumiy maydoni 30 mln km2 dan ko’proq, aholisi 1,2 mlrd kishidan ortiqdir. (Kanada, Avstraliya, Hindiston, Bangladesh, Shri Lanka, Malayziya, Nigeriya, Keniya, Tanzaniya va boshqalar). Hamkorlik a’zolari undan bir tomonlama so’zsiz chiqish huquqiga ega, ular ichki va tashqi ishlarda to’liq mustaqildirlar. Hamkorlik konferentsiyalarining qarorlari ularni qabul qilish uchun ovoz bermagan mamlakatlarda qonuniy kuchga ega emas. Davlatning ma’muriy hududiy bo’linishi (MHB)lari asosiy shakliga unitar va federativga bo’linadi. Unitar davlatda odatda yagona qonun chiqaruvchi va ijroya hokimiyat, yagona davlat organlari tizimi, yagona konstitutsiya mavjud bo’ladi. Bunday davlatlar Dunyoda ko’pchilikdir. Federativ davlatda yagona (federal) qonunlar va hokimiyat organlari bilan bir qatorda boshqa davlat tuzilmalari respublikalar, shtatlar, provintsiyalar, yerlar (viloyatlar), kantonlar, hududlar bo’lib, ular «ikkinchi» darajali bo’lsada, o’zlarining qonunlari va hokimiyat organlariga egadirlar. Ko’pchilik federativ davlatlarda parlament ikki palatadan iborat bo’lib, ularning bittasi respublikalar, shtatlar va boshqalar vakolatini ta’minlaydi. (masalan, AQSh kongressida senat shunday funktsiyaga ega). (Rossiya federatsiyasi, Belgiya qirolligi, Germaniya Federativ Respublikasi, Shveytsariya Konfederatsiyasi, Ispaniya, Hindiston Respublikasi, Malayziya, Myanma Ittifoqi, Federativ shtatlari, Komor orollari, Federativ Islom respublikasi, Nigeriya Federativ Respublikasi, Venesuela Respublikasi, Kanada, Meksika Qo’shma Shtatlari, AQSh, Argentina). Federatsiya hududiy va milliy belgilariga qarab tuziladi. Davlatlar birlashuvining boshqa shakli konfederatsiya nisbatan kam uchraydi, (mas. Shveytsariya).4 XULOSA Xulosa o`rnida shuni aytish kerakki, Hozirgi vaqtda jahon siyosiy xaritasida 200-dan ortiq mustaqil davlatlar mavjud (1998 yil malumotiga ko’ra 193 ta, Birlashgan Millatlar Tashkilotiga qabul qilinganlari 185 ta bo’lgan). Birgina XX asrda suveren davlatlar soni 4 marta ko’paygan, shu jumladan, Afrikada 4 tadan 53 taga, Osiyoda 9 tadan 48 taga yetgan. Okeaniyada 1900 yilda birorta mustaqil davlat bo’lmagan bo’lsa, hozirgi kunda ularning soni 14 tani tashkil etadi. Yer sharidagi davlatlar o’zlarining katta-kichikligi, geografik o’rni va joylanishi, siyosiy tuzumiga ko’ra bir xil emas. Chunonchi, Rossiya Federatsiyasi, Xitoy Xalq Respublikasi, Kanada, AQSh, Hindiston, Avstraliya, Braziliya kabi hududi nihoyatda katta mamlakatlar bilan bir qatorda o’nga yaqin juda kichik, “mitti” davlatlar ham bor (eng kichigi Rim shahri ichidagi Vatikan bo’lib, uning maydoni 400 km2 , aholisi 1 ming kishidan iborat). Aholi soninga bo’yicha dunyoning eng katta davlatlari Xitoy, Hindiston, AQSh, Indoneziya, Jazoir, Sudan, Kongo, Saudiya Arabistoni va boshqalardir (hozirgi kunda 100 milliondan ortiq aholiga ega bo’lgan 11 davlat mavjud). Geografik joylanishiga ko’ra mamlakatlar orolda, yarim orolda, dengiz va okeanlar bo’yida, materik ichkarisida joylashganligi bilan farq qilishadi. Masalan, Yangi Zelandiya, Buyuk Britaniya, Kipr, Yaponiya, Maldiv Respublikasi, Kuba, Fillipinga o’xshash hamda Okeaniyadagi kichik davlatlar orollarda, Janubiy va Shimoliy Koreya, Italiya, Ispaniya, Portugaliya, Norvegiya, Shvetsiya kabilar yarim orollarda joylashgan. Ko’pchilik davlatlar bevosita jahon okeani va dengizlari bo’yicha o’rnashgan, ayrimlari esa (Boliviya, Paragvay, Nepal, Butan, Afg’oniston, Qozog’iston, Armaniston, Turkmaniston, O’zbekiston, Qirg’iziston, Avstriya, Lyuksemburg, Shvedsariya, Chad, Markaziy Afrika Respublikasi va hokazo) materik ichida. Masalan, O’zbekiston Respublikasi jahon okeaninga chiqishi uchun eng kamida 2 xorijiy mamlakat hududidan o’tishi kerak. Bu borada u dunyoning geosiyosiy xaritasida ikki mamlakatdan biri hisoblanadi. Dunyo siyosiy geografiyasini yaxshiroq bilish uchun uni alohida qit’alar doirasida tahlil qilish maqsadga muvofiq. Download 1.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling