Mavzu Jamg‘arish va isteʼmol Reja Jamg‘arish funksiyasi va grafigi. Foiz stavkasi va jamg‘arish
Download 446.24 Kb.
|
Мавзу 4.
MPC + MPS =100foiz yoki 1.
MPC va MPS ancha barqaror ko‘rsatkichlar bo‘lib, juda sekin o‘zgarishga uchraydilar. 3.Xususiy, davlat va tashqi dunyo jamg‘armalari. Bugungi kunda mamlakatning moliyaviy holatini sog’lomlashtirish va rivojlantirish bo’yicha tadbirlar esa birinchi darajali ahamiyatga ko’tarilmoqda. Bunday masalalarni hal qilishda byudjetdan tashqari davlat jamg’armalarining o’rni benihoya katta bo’lmoqda. Byudjetdan tashqari davlat fondlari markaziy yoki maµalliy hukumat organlari tasarrufida bo’lgan va maqsadli yo’naltirilgan moliyaviy vositalar yig’indisini ifodalaydi. Davlatning maqsadli fondlari maqsadga muvofiq ravishda ishlatiladigan moliya resurslari hisoblanadi. Hozirgi vaqtda Davlat byudjeti bilan birga davlat maqsadli fondlarining ahamiyati ham ortib bormoqda. Bunday fondlar soni va hajmining ko’payishi qator sabablar bilan izohlanadi. Byudjetdan tashqari davlat fondlari turli-tumanligi moliya tizimining boshqa bo’g’inlari va mazkur fondlar bilan aloqasini murakkab ko’p pog’onali aloqalarini belgilaydi. Moliyaviy aloqalarning bir tomonlama, ikki tomonlama va ko’p tomonlama turlari mavjud. Davlat maqsadli fondlarini tashkil yetishning zaruriyati aholini ijtimoiy muhofaza qilish keksalik, mehnat qobiliyatini yoki boquvchisini yo’qotishdan sug’urta tizimi (pensiya ta’minoti, shu jumladan, xususiy pensiya ta’minoti), kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy to’lovlar (bolalarga nafaqalar), vaqtincha ishlamayotganlarni ijtimoiy qo’llab quvvatlash (ishsizlik bo’yicha nafaqa), aholining ayrim toifalariga ularning moddiy ta’minoti va xizmatlarini hisobga olib, imtiyozlar va afzalliklar berish (patronaj xizmatlari shaklidagi ijtimoiy yordam, oziqovqat, yonilg’i berish va boshqalar), onalikni muhofaza qilish (tug’ishdan oldingi va tug’ishdan keyingi ta’tillar), sog’liqni sug’urta qildirish (tibbiy sug’urta, vaqtincha mehnat qobiliyatini yo’qotganlik nafaqasi), o’quvchi-yoshlarni moddiy qo’llab-quvvatlash (stipendiyalar), nogironlikning oldini olish va mehnat qobiliyatini tiklash (nogironlarni reabilitasiya qilish, protez-ortopediya markazlari) orqali ta’minlanadi. Davlat maqsadli jamg’armalari quyidagilardir O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi; O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yo’l jamg’armasi; Davlat mulkini xususiylashtirishdan tushgan mablag’lar jamg’armasi; O’zbekiston Respublikasining Bandlikka ko’maklashish davlat jamg’armasi; O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik liseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg’armasi; O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sug’oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamg’armasi; O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Oliy o’quv yurtlarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg’armasi. O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti, ijtimoiy nafaqalar to’lash, kompensasiya to’lovlari va boshqa to’lovlar bo’yicha xarajatlarni moliyalashtirishga yo’naltiriladigan majburiy to’lovlar, badallar, shuningdek boshqa manbalardan tushadigan mablag’larni jamlaydi. O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasining yuqori boshqaruv organi Jamg’armaning Kuzatuv kengashidir. O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yo’l jamg’armasi majburiy to’lovlardan va boshqa manbalardan tushadigan mablag’larni jamlaydi, keyinchalik ulardan umumiy foydalanishdagi avtomobil yo’llari tarmog’ini rivojlantirish va takomillashtirish dasturlarini (loyihalarini) hamda ularning lozim darajadagi texnik holati va o’tkazish qobiliyatiga yerishishga qaratilgan tadbirlarni moliyalashtirish uchun foydalaniladi. O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yo’l jamg’armasining yuqori boshqaruv organi Jamg’arma kengashidir. Davlat mulkini xususiylashtirishdan tushgan mablag’lar jamg’armasi davlat mulkini xususiylashtirishdan tushadigan, belgilangan tartibda taqsimlanadigan mablag’larni jamlaydi Download 446.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling