Mavzu Jamg‘arish va isteʼmol Reja Jamg‘arish funksiyasi va grafigi. Foiz stavkasi va jamg‘arish


Yillar Tasarrufdagi daromad (Yd)


Download 446.24 Kb.
bet2/7
Sana14.12.2022
Hajmi446.24 Kb.
#1006733
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Мавзу 4.

Yillar

Tasarrufdagi
daromad (Yd)


Iste’mol (C)

Jamg‘arish (S)

1
2
3
4
5
6
7



370
390
410
430
450
470
490

375
390
405
420
435
450
465

-5
0 5
10
15
20
25


Ma’lumki, uy xo‘jaligi tasarrufidagi daromad iste’mol va jamg‘arish
uchun ishlatiladi. Ya’ni, qancha ko‘p iste’mol qilinsa, shuncha kam
jamg‘ariladi va aksincha. Iste’mol va jamg‘arish o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik har xil daromadga ega bo‘lgan shaxslarda bir xil emas: kam daromadga ega bo‘lganlar, odatda, uning ko‘proq qismini iste’mol qilib, kamroq qismini jamg‘aradi, lekin daromadlari oshib borishi bilan bu nisbat jamg‘arish foydasiga o‘sadi. Bu bog‘liqlikni gipotetik ma’lumotlar asosida ko‘rib chiqamiz (1-jadval). Tasarrufidagi daromad hajmi 370 shartli birlikka (sh.k.) teng bo‘lganda uy xo‘jaliklari iste’moli 375 sh.b.ka teng, ya’ni tasarrufidagi daromaddan 5 sh.b.ka ko‘p bo‘ladi. Ya’ni uy xo‘jaliklari 5 sh.b.ka teng miqdorda qarz hisobiga yoki o‘tgan yillarda to‘plangan jamg‘armalar hisobiga iste’mol xarajatlari qiladilar.

Uy xo‘jaliklari tasarrufidagi daromadlar 390 sh.b.ka teng bo‘lganda,
uning miqdori iste’mol miqdori bilan tenglashadi. Bu miqdor bo‘sag‘aviy
daromad deb yuritiladi. 1-jadval ma’lumotlari asosida iste’mol grafigini
chizamiz. Iste’mol grafigi ikki to‘g‘ri chiziq ko‘rinishida berilgan. Bissektrisa
ko‘rinishidagi Yd =C to‘g‘ri chizig‘ining har bir nuqtasida iste’mol va
tasarrufidagi daromad hajmlari teng bo‘ladi. Haqiqiy iste’mol (C) grafigi
haqiqiy iste’mol va daromad teng bo‘lgan nuqtada (α) bissektrisa bilan
kesishadi. Bo‘sag‘aviy nuqtadan quyida haqiqiy iste’mol daromaddan oshiq.
Bu vaziyat insonlarning qarz hisobiga hayot kechirishini bildiradi. α
nuqtada yuqorida haqiqiy iste’mol daromaddan kam hamda ular o‘rtasidagi
farq jamg‘arishni tashkil etadi. Haqiqiy iste’mol to‘g‘ri chizig‘i iste’mol hajmini belgilovchi vertikal o‘qni a nuqtada kesib o‘tadi. Bu hol uy
xo‘jaliklari umuman daromad olmaganlarida ham ma’lum miqdorda iste’mol
qilishlarini anglatadi. a – nuqta esa avtonom iste’mol hajmini bildiradi.


Keltirilgan ma’lumotlar asosida jamg‘arish grafigini ham ko‘rib
chiqamiz (4.2-rasm). Jamg‘arish grafigi daromad bilan jamg‘arish o‘rtasidagi bog‘liqlikni ifodalaydi. Vertikal o‘qdagi har bir nuqta jamg‘arma miqdorini bildiradi va daromad bilan unga muvofiq keladigan iste’mol hajmi o‘rtasidagi farq sifatida aniqlanadi (S= Yd - C). Boshlang‘ich daromad darajasida jamg‘arish nolga (0) teng bo‘lgan holda ixtiyordagi daromad hajmi o‘sib borishi bilan uning miqdori ham oshib boradi. Bobning birinchi savolida keltirilgan gepotetik ma’lumotlar va grafiklarga tayanib iste’mol funksiyasini yozamiz: C = a + b Yd , bu yerda: a – avtonom xarajatlar; Yd – tasarrufidagi daromad (Yd =Y-T), bu yerda: T – soliqlar; b – iste’mol hajmining tasarrufidagi daromadga bog‘liqligini ifodalovchi koeffitsient, boshqacha aytganda iste’molga chegaralangan moyillik. ΔC b = ΔC / Δ Yd * 100; Demak, iste’mol hajmi avtonom iste’molga, tasarrufidagi daromad hajmiga va iste’mol hajmining tasarrufidagi daromad o‘zgarishiga ta’sirchanligiga bog‘liq.

Jamg‘arish grafigini ham iste’mol grafigiga o‘xshab algebraik ifodalash mumkin, ya’ni jamg‘arish funksiyasi quyidagi ko‘rinishga ega:



Download 446.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling