Mavzu Jamg‘arish va isteʼmol Reja Jamg‘arish funksiyasi va grafigi. Foiz stavkasi va jamg‘arish


Download 446.24 Kb.
bet1/7
Sana14.12.2022
Hajmi446.24 Kb.
#1006733
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Мавзу 4.


Mavzu 4. Jamg‘arish va isteʼmol
Reja

  1. Jamg‘arish funksiyasi va grafigi. Foiz stavkasi va jamg‘arish.

2.Isteʼmolga (ARS) , jamg‘arishga o‘rtacha(APS) va (MPS) chegaraviy moyillik
3.Xususiy, davlat va tashqi dunyo jamg‘armalari.



  1. Jamg‘arish funksiyasi va grafigi. Foiz stavkasi va jamg‘arish.

Uy xo‘jaliklarining iste’mol xarajatlari (bundan buyon iste’mol deb
yuritiladi), yalpi talab, yoki YaIMning yakuniy iste’molga ko‘ra tarkibida
eng katta ulushga ega bo‘lgan komponentdir. 2015- yilda O‘zbekiston
Respublikasi Davlat Statistika Qo‘mitasining ma’lumotlariga ko‘ra
respublikamizda bu ulush 58,6 foizni tashkil etgan. Shuningdek, rivojlangan mamlakatlarda iste’mol xarajatlari shaxsiy tasarrufdagi daromadning 90 foizdan ortiq qismini tashkil etadi. Shu tufayli ham iste’mol xarajatlariga ta’sir etuvchi omillarni, uning o‘zgarish qonuniyatlarini o‘rganish muhim ahamiyatga ega. Uy xo‘jaliklari tasarrufidagi daromadning iste’mol qilinmasdan qolgan qismi ularning jamg‘armalarini tashkil etadi. Klassik maktab vakillari jamg‘arish hajmi foz stavkasining funksiyasi deb qarashsa J.M. Keyns uy xo‘jaliklarining iste’mol xarajatlari va jamg‘arishlari hajmini belgilovchi asosiy omil ularning ishlab chiqarishda ishtirok etishdan olingan daromadlari deb hisoblaydi. Yanada aniqlik kiritsak iste’mol va jamg‘arish hajmini belgilovchi asosiy omil uy xo‘jaliklarining ishlab topgan daromadlari, olgan transfert to‘lovlari va to‘lagan soliqlari bilan belgilanadigan tasarrufidagi daromadi (DI – disposable income, yoki Yd) ko‘rsatkichidir.1 Makroiqtisodiy nazariyada iste’mol va jamg‘armalar, milliy daromad yoki shaxsiy daromadlarning funksiyasi sifatida ham tadqiq qilinadi.
1-jadval

Daromad, iste’mol va jamg‘arish ko‘rsatkichlari



Download 446.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling