Mavzu Jamg‘arish va isteʼmol Reja Jamg‘arish funksiyasi va grafigi. Foiz stavkasi va jamg‘arish


Download 446.24 Kb.
bet3/7
Sana14.12.2022
Hajmi446.24 Kb.
#1006733
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Мавзу 4.

S = -a + (1 -b) Yd Iste’mol va jamg‘arish hajmiga tasarrufidagi daromad dinamikasidan tashqari quyidagi omillar, to‘g‘rirog‘i bu omillardagi o‘zgarishlar ham ta’sir ko‘rsatadi:
1. Uy xo‘jaliklari daromadlari.
2. Uy xo‘jaliklarida to‘plangan mulk hajmi.
3. Baholar darajasi.
4. Iqtisodiy kutish.
5. Iste’molchilar qarzlari hajmi.
6. Soliqqa tortish hajmi.
Dastlabki besh omil ta’sirida iste’mol va jamg‘arish grafiklari o‘zaro teskari tomonga siljiydi. Bu besh omil ta’sirida joriy tasarrufidagi daromad tarkibida iste’mol va jamg‘arish ulushi nisbatlari o‘zgaradi. Soliqqa tortish darajasining o‘zgarishi ixtiyordagi daromad hajmini o‘zgartirgani tufayli uning ta’sirida iste’mol va jamg‘arish grafiklari bir tomonga qarab siljiydi. Iste’mol funksiyasini aniqlash borsidagi tadqiqotlar, uning hajmi shuningdek 6)aholining daromadlari hajmi va to‘plagan mulki ko‘lamiga ko‘ra tabaqalanishi darajasi hamda 7) aholining soni va yoshiga ko‘ra tarkibiga ham bog‘liqligini ko‘rsatdi.
2.Isteʼmolga (ARS) , jamg‘arishga o‘rtacha(APS) va (MPS) chegaraviy moyillik
Makroiqtisodiy tahlil jarayonida iste’mol va jamg‘arish funksiyalarini
yanada to‘laroq bilish uchun iste’mol va jamg‘arishga o‘rtacha moyillik va
chegaralangan moyillik tushunchalarini mohiyatini anglab olishimiz lozim.
Iste’molga o‘rtacha moyillik deganda tasarrufidagi daromaddagi
iste’mol xarajatlarining ulushi tushuniladi, ya’ni:
C
APC=------------x100
Yd

bunda: APC – (average propensity to consume) iste’molga o‘rtacha
moyillik. Tasarrufidagi daromaddagi jamg‘arish ulushini jamg‘arishga o‘rtacha moyillik deb ataladi, ya’ni:

S
APS=-----------x100


Yd

Bunda: APS (average propensity to saving) – jamg‘armaga o‘rtacha moyillik.


Misol uchun, tasarrufidagi daromad darajasi 410 va 530 shartli birlikka
va iste’mol darajalari 405 va 495 shartli birlikka teng bo‘lgan holatlar uchun iste’molga o‘rtacha moyillikni hisoblaymiz, ya’ni:
APS =(405 / 410) x 100 = 98, 78foiz yoki 0,98;
APS = (495 / 530) x 100 = 93,39foiz yoki 0,93 ga teng.
Demak, bu misollardan ko‘rinib turibdiki, tasarrufidagi daromadlar
miqdori ko‘payib borishi bilan uning tarkibidagi iste’mol ulushi kamayib va
aksincha jamg‘arma ulushi ko‘payib boradi. Bu holatni Keynsning “asosiy
psixologik qonun”i bilan izohlash mumkin. “Mavjudligiga nafaqat aprior
tasavvurlarga ko‘ra, bizning inson tabiatini bilishimizdan kelib chiqib
shuningdek o‘tmish tajribasini sinchiklab o‘rganish asosida biz to‘liq
ishonishimiz lozim bo‘lgan asosiy psixologik qonun shundan iboratki kishilar
daromadlari o‘sishi bilan, odatda, o‘z iste’mollarini oshirishga moyillar,
ammo daromadlari o‘sgan darajada emas”2.

Soliqlar to‘langandan keyin qolgan daromadning bir qismi iste’mol


qilinadi, ikkinchi qismi esa jamg‘ariladi, shu tufayli ham iste’molga va
jamg‘arishga o‘rtacha moyillik yig‘indisi 100 foiz ga yoki koeffitsient
ko‘rinishda 1 ga teng:

Download 446.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling