Mavzu: jamg’arma va unga ta’sir etuvchi omillar. Mundarija: kirish I bob jamg‘arma funksiyalari mutanosibligini ta’minlash muammolari


I BOB JAMG‘ARMA FUNKSIYALARI MUTANOSIBLIGINI TA’MINLASH MUAMMOLARI


Download 75.61 Kb.
bet3/9
Sana25.04.2023
Hajmi75.61 Kb.
#1398265
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Jamg’arma va unga ta’sir etuvchi omillar.

I BOB JAMG‘ARMA FUNKSIYALARI MUTANOSIBLIGINI TA’MINLASH MUAMMOLARI

    1. Iste’molning mazmuni va unga ta’sir etuvchi omillar

Jamg‘arma – bu aholi, korxona (firma) va davlat joriy daromadlarining kelajakdagi ehtiyojlarini qondirish va daromad olish maqsadlarida to‘planib borishidir.
Jamg‘arish fondi – bu barcha xo‘jaliklar daromadidan iste’mol sarflarini ayirib tashlansa uning hajmini tashkil qiladi. Barcha xo‘jaliklar daromadi quyidagi yig‘indidan iborat bo‘ladi:
XD = C + S
Bu yerda: XD – barcha xo‘jaliklar daromadi; S – iste’mol miqdori; S – jamg‘arma miqdorini bildiradi.
Jamg‘arish deb, milliy daromadning bir qismi asosiy va aylanma kapitallarni, shuningdek ehtiyot zahiralarini ko‘paytirish uchun sarflanishiga aytiladi.
Jamg‘arilgan mablag‘larinig moddiy ishlab chiqarish sohasining asosiy kapitallarini va aylanma mablag‘larini kengaytirishga ketadigan qismi ishlab chiqarish sohasidagi jamg‘arish summasini hosil qiladi. Ijtimoiy-madaniy sohadagi jamg‘arish (noishlab chiqarish jamg‘arishi) uy-joy fondini, kasalxonalar, o‘quv muassasalari, madaniyat, sog‘liqni saqlash, sport muassasalari, ya’ni nomoddiy ishlab chiqarish tarmoqlarini kengaytirish, rekonstruksiyalash, yangilashga sarflanadi. Jamg‘arish summasi, uning hajmi va tarkibi takror ishlab chiqarish suratlarini belgilab beradigan hal qiluvchi omillardir.
Jamg‘arish normasi bevosita jamg‘arish summasining butun milliy daromad hajmiga nisbati bilan aniqlanadi:

Bunda: JN – jamg‘arish normasi; JS - jamg‘arish summasi; MD - milliy daromad.


Jamg‘arish normasining ham o‘z chegarasi bo‘lib, uni oshirish iqtisodiy va salbiy oqibatlariga olib kelishi mumkin. Masalan, uning haddan tashqari ortishi natijasida investitsion sarflar samaradorligi pasayib ketishi mumkin, chunki kapital mablag‘lar hajmi bilan qurilish tashkilotlarining quvvatlari, materiallar va uskunalar yetkazib berish imkoniyatlari, infratuzilmaning rivojlanishi o‘rtasida mutanosiblik paydo bo‘ladi. Oqibatda iqtisodiy o‘sish pasayib ketishi tamoyiliga ega bo‘ladi. Jamg‘arish hajmi milliy daromadining bir qismini tashkil etadi va shu sababli milliy daromad hajmi ko‘payishini belgilaydigan omillar jamg‘arish miqdorini ham belgilab beradi. Bu omillardan asosiysi qo‘llaniladigan resurslar massasi va ularning unumdorligidir. Jamg‘arish miqdori ishlab chiqarish jarayonida xom ashyo, materiallar, energiyani tejab- tergab sarflashga ham bog‘liq. Mahsulot birligiga ularni sarflashni kamaytirish moddiy vositalarning o‘sha miqdorida mahsulotlarni ko‘proq hajmida ishlab chiqarishga imkon beradi.
Aholi jamg‘armalari turli xil ko‘rinishda tashkil etiladi. Jamg‘arma banklari va boshqa kredit muassasalari tomonidan o‘ziga jalb qilinadigan aholining iste’moldan ortiqcha pul daromadlari boshqa jamg‘armalarga nisbatan kattaroq ulushni tashkil qiladi. Bularga Xalq bankidagi va boshqa tijorat banklari hisobvaraqlariga qo‘yilgan omonatlarni kiritish mumkin.
Bundan tashqari, aholi o‘z pul mablag‘larini Davlatning qisqa muddatli hamda ichki yutuqli zayom obligatsiyalarga, sertifikat, aksiya va boshqa qimmatli qog‘ozlarga qo‘yishlari mumkin.
Tijorat banklari ustavida umumiy ko‘rsatmalardan so‘ng, bankning mijozlar bilan bajaradigan operatsiyalari, jumladan, aholi jamg‘armalarini omonatlarga jalb qilish bo‘yicha operatsiyalarni ko‘rsatib o‘tilgan. Hozirgi kunda banklarning eng asosiy operatsiyalardan biri bu - omonatlar bo‘yicha operatsiyalaridir.
Omonat bu – omonatchi tomonidan kredit muassasalarining biriga omonat hisobvaraqasi bo‘yicha uning biror muddatga saqlash uchun qo‘yilgan vaqtincha bo‘sh turgan pul mablag‘laridir. Omonatchi – o‘zining kundalik ehtiyojidan ortiqcha pul mablag‘larini jamg‘arish uchun bankdagi hisobvaraqqa omonat tariqasida topshirgan va o‘z nomiga bankdan omonat daftarchasini olgan shaxsdir. O‘zbekiston fuqarolari, boshqa davlat fuqarolari kabi barcha shaxslar istalgan tijorat banki omonatchisi bo‘lishi mumkin.

Download 75.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling