Mavzu: jamg’arma va unga ta’sir etuvchi omillar. Mundarija: kirish I bob jamg‘arma funksiyalari mutanosibligini ta’minlash muammolari


Iste’molning mazmuni va unga ta’sir etuvchi omillar


Download 75.61 Kb.
bet4/9
Sana25.04.2023
Hajmi75.61 Kb.
#1398265
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Jamg’arma va unga ta’sir etuvchi omillar.

Iste’molning mazmuni va unga ta’sir etuvchi omillar

Milliy iqtisodiyotning yaratishdan hosil bo‘lgan milliy daromad iste’mol va jamg‘arish maqsadlarida ishlatiladi. Iste’mol jamiyat iqtisodiy ehtiyojlarini qondirish jarayonida ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlardan foydalanishni bildiradi. Bunda unumli va shaxsiy iste’mol farqlanadi.


Unumli iste’mol bevosita ishlab chiqarish jarayoniga tegishli bo‘lib, ishlab chiqarish vositalari va inson ishchi kuchining iste’mol qilinishini, ya’ni ulardan ishlab chiqarish maqsadida foydalanish jarayonini anglatadi.
Shaxsiy iste’mol ishlab chiqarish sohasidan tashqarida ro‘y berib, bunda iste’mol buyumlaridan bevosita foydalaniladi. Iste’mol jarayonida turli xil moddiy va ma’naviy ne’matlardan foydalaniladi. Iste’mol yakka tartibda va jamoa bo‘lib iste’mol qilinadi va ularni farqi bo‘ladi. Alohida shaxsning o‘z ixtiyorida bo‘lgan ne’matlarni iste’mol qilishi yakka tartibdagi iste’molga, jamiyat a’zolari turli guruhlarining ne’matlardan birgalikda foydalanish jamoa bo‘lib iste’mol qilishni bildiradi.
Milliy daromadning (MD = ZM + QM) jamiyat a’zolarining moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirishga sarflanuvchi qismi iste’mol fondi deb ataladi.
Iste’mol fondi barcha aholining shaxsiy iste’molini aholiga ijtimoiy xizmat qiladigan muassasalardagi, shuningdek ilmiy muassasalardagi barcha sarflarni o‘z ichiga oladi. Aholi va davlatni jamg‘armasi milliy daromadning (QM) qismidan shakllantiradi.
Iste’mol tovarlari hajmini o‘rganishdan asosiy maqsad – uning aholi to‘lov qobiliyati bilan mutanosiblik darajasini aniqlash va ular o‘rtasidagi tafovutni qisqartirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqishdan iboratdir. Iste’mol tovarlari xususiyatini o‘rganish bevosita iste’mol tovarlari bozori segmentlarini aniqlashni toqozo etadi va ular iste’molchilar talabiga muvofiq, tovarni taklif etilishini va tovarlarga bo‘lgan talabning qat’iyligini ta’minlaydi.
Umuman olganda iste’mol tovarlarini aholi tomonidan o‘z kundalik hayotlarida iste’mol qilish uchun zarur bo‘lgan tovarlar bo‘lib, ularni iste’mol qilish muddatiga ko‘ra ikki turga bo‘lish mumkin (1-rasm).
Shuningdek, aholiga shifokorlar, sartaroshlar va boshqa turdagi yakka tartibda ko‘rsatiladigan turli-tuman xizmatlar ham bugungi kunda iqtisodchilar tomonidan iste’mol tovarlari tarkibiga kiritilmoqda. Iste’mol tovarlariga ba’zi adabiyotlarda “pirovard” mahsulot deb qarashadi. Ya’ni iste’mol tovarlari yakuniy mahsulot bo‘lib, aholi tomonidan bevosita iste’mol qilinishi uchun bozorga olib chiqilgan tovarlardir. Qayta ishlash, boshqa bir turdagi mahsulotni ishlab chiqarish maqsadida ishlab chiqarilgan tovarlar, xom ashyo resurslari iste’mol tovarlari turkumiga kiritilmaydi.


Download 75.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling