Mavzu: jamg’arma va unga ta’sir etuvchi omillar. Mundarija: kirish I bob jamg‘arma funksiyalari mutanosibligini ta’minlash muammolari
Download 75.61 Kb.
|
Jamg’arma va unga ta’sir etuvchi omillar.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sof investitsiyalar
- Ko’rsatkichlar Y i l l a r 2000
- JAMI: 100 100 100 100
- Manba: O’zbekiston Respublikasi Davlat staistika ko’mitasi ma‘lumotlari
- SHaxsiy iste‘mol
- Iste‘molga o’rtacha moyillik
- Investitsiya
- 2.2Jamg’arma va investitsiya o’rtasidagi muvozanatni ta‘minlash
- FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
Investitsiya darajasiga kutilayotgan sof foyda normasi va foiz stavkasidan tashqari boshqa quyidagi omillar ham ta‘sir ko’rsatadi:
1) Mashina va uskunalarni xarid qilish, ishlatish va ularga xizmat ko’rsatish xarajatlari; 2) Tadbirkorlardan olinadigan soliq miqdori; 3) Texnologik o’zgarishlar. Yalpi sarflar tarkibining investitsiya sarflariga oid qismi yalpi xususiy ichki investitsiyalar deb yuritiladi. Shunga ko’ra yalpi va sof investitsiyalarni ham bir-biridan farqlash zarur. Yalpi investitsiyalar - joriy yil davomida iste‘mol qilingan asosiy kapitalni qoplashga muljallangan (amortizatsiya) hamda iqtisodiyotdagi kapital hajmiga har qanday sof qo’shimchalardan iborat barcha investitsion tovarlarni ishlab chiqarishni o’z ichiga oladi. Sof investitsiyalar esa joriy yil davomida qo’shimcha ravishda jalb qilingan investitsion tovarlardan iborat. Asosiy kapitalga investitsiyalar va ularning moliyalashtirish manbalari bo’yicha tarkibi (%):
Manba: O’zbekiston Respublikasi Davlat staistika ko’mitasi ma‘lumotlari Sof investitsiya yalpi investitsiya bilan amortizatsiya ajratmalarining ayirmasiga teng sof investitsiya asosiy va aylanma kapitalning o’sishini ta‘minlaydi. Asosiy tayanch tushunchalar: Iste‘mol – jamiyat iqtisodiy ehtiyojlarini qondirish maqsadida ishlab chiqarish natijalaridan va ishlab chiqarish omillari (ishchi kuchi) dan foydalanish jarayoni. SHaxsiy iste‘mol – iste‘molchilik tasifidagi ne‘matlar va xizmatlaridan foydalanishini, ya‘ni ularning individual tarzda iste‘mol. Unumli iste‘mol – ishlab chiqarish jarayonida ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchidan foydalanish. Iste‘mol sarflari – aholi daromadlarining tirikchilik ne‘matlari va xizmatlar uchun ishlatiladigan qismi. Jamg’arish – aholi, korxona (firma) va davlat joriy daromadlarining kelajakdagi ehtiyojlarini qondirish va foizli daromad olish maqsadida tuplanib borilishi. Iste‘molga o’rtacha moyillik – shaxsiy daromadning iste‘molga ketadigan ulushi. Jamg’arishga o’rtacha moyillik – shaxsiy daromadning jamg’arishga ketadigan ulushi. Iqtisodiy jamg’arish - milliy daromadning bir qismidan asosiy va aylanma kapitallarni, shuningdek, ehtiyoj va zahiralarini ko’paytirish uchun foydalanish. Jamg’arish normasi – jamg’arish summasining milliy daromadga nisbatining foizdagi ifodasi. Investitsiya – ishlab chiqarishni va xizmat ko’rsatish sohalarini kengaytirishga, ya‘ni asosiy va aylanma kapitalga pul shaklidagi qo’yilma. Investitsiyalar samaradorligi – milliy daromad (foyda) o’sgan qismining investitsion sarflar summasiga nisbatining foizdagi ifodasi. 2.2Jamg’arma va investitsiya o’rtasidagi muvozanatni ta‘minlash Ma’lumki, moliya tizimida davlat markazlashgan maqsadli jamg‘armalari alohida o‘rin tutadi. Mazkur jamg‘armalarning iqtisodiy va ijtimoiy vazifalari mavjud. Bozor iqtisodiyoti sharoitida byudetdan tashqari maqsadli pul jamg‘armalarining o‘rni va ahamiyati juda muhimdir. Chunki, davlat byudeti daromadlari va xarajatlarini samarali boshqarishda, aholi turmush darajasini oshirishda, ishlab chiqarishni rag‘batlantirishda bevosita davlat byudeti bilan birga byudetdan tashqari maqsadli jamg‘armalardan ham foydalaniladi. Davlat byudeti o‘zining daromadlarini aniq xarajatlariga biriktirilmasligi hisobiga mablag‘larning moslashishiga ko‘mak beradi. Ammmo xarajat moddalari bo‘yicha mablag‘larning ortiqroq yo‘naltirishga erishmaslik lozim, xususan bunda ijtimoiy talablar maxsus e’tiborni talab etadi, chunki hamma vaqt ushbu maqsadlar uchun xarajatlarni kamaytirishdek xavf mavjud bo‘ladi. Shuning uchun ham rivojlanishning eng muhim yo‘nalishlarini aniqlash va mablag‘larni maqsadli ishlatilishi va yo‘naltirilishi ta’minlash muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu holatlar maqsadli umumdavlat vazifalarini moliyalashtirishda tegishli davlat maqsadli jamg‘armalarni tashkil etish uchun asos bo‘ldi. Byudetdan tashqari jamg‘armalarni tashkil etishning maqsadi jamiyat uchun muhim bo‘lgan xarajatlarni byudet mablag‘laridan tashqari mustaqil manbalar hisobidan ta’minlashdir. Byudetdan tashqari jamg‘armalarni tashkil etilishining muvofiqligini ta’minlovchi yana bir muhim omil – bu byudet taqchilligidir. Xarajatlarni daromaddan o‘sib ketishi kuchayishiga moliyaviy resurslarni faqat qidirib topishda emas, balki korxonalar, tashkilotlar va aholidan tushgan mablag‘larni qayta guruxlanishini xam talab etadi. Va nihoyat, xo‘jalik yuritishning va xususiylashtirishning ko‘p qirrali shakllari, byudet shakllari bilan bir qatorda jamiyatda pul mablag‘larni qayta taqsimlashni yangi usullarini qo‘llash zaruriyatini qat’iy talab etadi. Byudetdan tashqari jamg‘armalar dastlab, mahsus jamg‘armalar shaklida yoki byudet kelib chiqqunga qadar mahsus hisoblar shaklida paydo bo‘lgan. Hukumat o‘zining faoliyatining kengayishi bilan ularni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan mablag‘larni talab etuvchi yangi xarajatlarga ehtiyoj sezardi. Bu mablag‘lar mahsus maqsadlar uchun mo‘ljallangan alohida jamg‘armalarda yig‘ilar edi. Bu jamg‘armalar qoidaga ko‘ra vaqtinchalik xarakterga edi. Davlatning rejalashtirgan tadbirlarini amalga oshirib bo‘lganidan keyin ushbu jamg‘armalar o‘z faoliyatini to‘xtatar edi. Shu bilan bog‘liq ravishda jamg‘armalar soni doimiy o‘zgarib turar edi. Markazlashgan davlatning barqarorlashishi bilan birgalikda mahsus jamg‘armalarni muvofiqlashtirish davri boshlandi. Turli jamg‘armalarni birlashtirilishi asosida davlat byudeti tuzildi. Bugungi kunda byudet bilan bir qatorda byudetdan tashqari jamg‘armalarning ahamiyati ortib bormoqda. Byudetdan tashqari jamg‘armalarga badallarni to‘lovchi sifatida yuridik va jismoniy shaxslar (tadbirkorlar)-ijtimoiy kafolatlarning iste’molchilari hisoblanar ekan, to‘lovlar va jamg‘armalar pul mablag‘larining taqsimlanishi mamlakatning barcha fuqarolariga ta’luqli bo‘ladi va shuning uchun ham byudetdan tashqari jamg‘armalar samarali faoliyat ko‘rsatishida ularning qiziqishlari kuzatiladi. Shunday qilib, davlat maqsadli jamg‘armalari – davlat organlari tomonidan milliy daromadni aholining ma’lum ijtimoiy guruhlari foydasiga qayta taqsimlashning bir usulidir (1-rasm). Byudetdan tashqari jamg‘armalar ikkita asosiy vazifani bajaradi: • iqtisodiyotning muhim tarmoqlarini qo‘shimcha mablag‘lar bilan ta’minlash; • aholi uchun ijtimoiy xizmatlarni kengaytirish. Byudetdan tashqari jamg‘armalar moliya tizimining bir bug‘ini bo‘lishi bilan birgalikda bir necha xususiyatlarni o‘zida kasb ettiradi: • hukumat va boshqaruv organlari tomonidan rejalashtiriladi hamda qat’iy maqsadli yo‘naltirilgan bo‘ladi; • jamg‘armalar mablag‘laridan byudetga kiritilmagan davlat xarajatlarini moliyalashtirish uchun foydalaniladi; • asosan yuridik va jismoniy shaxslarning ajratmalari asosida shakllantiriladi; • jamg‘armalarga sug‘urta badallari va ularni to‘lashda yuzaga keladigan o‘zaro aloqalar soliqli xarakterga ega, badallar tarifi davlat tomonidan belgilanadi va majburiy xisoblanadi; • jamg‘armalar pul mablag‘lari davlat qaramog‘ida bo‘lib, ular byudetlar, shuningdek boshqa jamg‘armalar tarkibiga kirmaydi hamda qonun xujjatlarida e’tirof etilmagan maqsadlarda ishlatilmaydi; jamg‘armalar mablag‘laridan foydalanish ko‘rsatmaga asosan foydalaniladi. 1-rasm. Davlat maqsadli byudetdan tashqari jamg‘armalarning mohiyati1 Byudetdan tashqari jamg‘armalar - davlat tomonidan byudetga kiritilmaydigan ba’zi jamoat ehtiyojlarini moliyalashtirish uchun mustaqil tezkorlik asosida moliyaviy resurslardan qat’iy maqsadli foydalanishning shaklidir. Mablag‘lar ishlatilishining maqsadli yo‘naltirilishiga ko‘ra byudetdan tashqari jamg‘armalar ijtimoiy, iqtisodiy, ekologik va boshqa jamg‘armalarga ajratiladi. Ijtimoiy ahamiyatdagi jamg‘armalar davlat organlariga faol ijtimoiy siyosatni yuritishga ko‘mak beradi.Ushbu jamg‘armalarni shakllantirishda asosan sug‘urta qilingan shaxslarning sug‘urta badallaridan, tadbirkorlarning sug‘urta badallaridan, subsidiyalar va davlatning foizsiz ssudalaridan foydalaniladi. Maqsadli jamg‘armalarni quyidagi xususiyatlar bo‘yicha tasniflash mumkin (2- rasm). Davlat ijtimoiy jamg‘armalari fuqarolarning pensiya olish, kasalligi, nogironligi, boquvchisini yo‘qotganligi sababli, shuningdek, sog‘liqni saqlash va Ta’kidlash joizki, iqtisodiyot qisman nobarqaror bo’lgan bir sharoitda, tijorat va tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash, zarur bo’lgan sharoitlarda ularning moliyaviy operatsiyalarini rag’batlantirish uchun davlat boshqaruv organlari o’zgacha manbadan shakllangan moliyaviy resurslar hisobidan yangi ko’rinishdagi Davlat maqsadli jamg’armalari tashkil etishi maqsadga muvofiq sanaladi. Davlat byudetidan xoli bo’lgan davlatning byudjetdan tashqari jamg’armalari muayyan bir muammoni bartaraf etish yoxud mavjud muammolar ko’lamini qisqartirishga qaratilgan bo’lib, davlat tomonidan qat’iy e’tiborga molik bo’ladi. So’nggi yillarida mamlakatimizda davlat maqsadli jamg’armalarining soni oshishi bilan birga, mos ravishda ularning daromadlari va xarajatlari miqdori ham o’sib boorish tendensiyasiga ega. Biroq, davlat maqsadli jamg’armalarining daromadlari xarajatlari qoplashga yetarli miqdorda bo’lmagani bois, davlat byudjetidan davlat maqsadli jamg’armalariga har yili transfertlar ajratishga to’g’ri kelmoqda. Quyida keltirilayotgan 2-jadvalda 2020-2022 yillarda davlat maqsadli jamg’armalarining daromadlari, xarajatlari va ajratilgan transfertlar miqdori keltirilgan. Jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, 2020 yilda davlat maqsadli jamg‘armalari (O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasini hisobga olmaganda) daromadlari 25 385,1 mlrd. so‘mni tashkil qilib, xarjatlari esa 35 413,6 mlrd. so‘m miqdorda bo’gan. Natijada davlat byudjetidan 2020 yilda 9 248,1 mlrd. so‘m transfert ajratilgan. 2022 yilda esa davlat maqsadli jamg‘armalarining daromadlari 31 935,9 mlrd. so‘m, xarajatlari 58 179,0 mlrd. so‘m va tarnsfertlar 25 900,1 mlrd. so‘m bo’lishi prognoz qilingan. XULOSA Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, Milliy iqtisodiyotning yaratishdan hosil bo‘lgan milliy daromad iste’mol va jamg‘arish maqsadlarida ishlatiladi. Iste’mol jamiyat iqtisodiy ehtiyojlarini qondirish jarayonida ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlardan foydalanishni bildiradi. Bunda unumli va shaxsiy iste’mol farqlanadi. Unumli iste’mol bevosita ishlab chiqarish jarayoniga tegishli bo‘lib, ishlab chiqarish vositalari va inson ishchi kuchining iste’mol qilinishini, ya’ni ulardan ishlab chiqarish maqsadida foydalanish jarayonini anglatadi. Shaxsiy iste’mol ishlab chiqarish sohasidan tashqarida ro‘y berib, bunda iste’mol buyumlaridan bevosita foydalaniladi. Iste’mol jarayonida turli xil moddiy va ma’naviy ne’matlardan foydalaniladi. Iste’mol yakka tartibda va jamoa bo‘lib iste’mol qilinadi va ularni farqi bo‘ladi. Alohida shaxsning o‘z ixtiyorida bo‘lgan ne’matlarni iste’mol qilishi yakka tartibdagi iste’molga, jamiyat a’zolari turli guruhlarining ne’matlardan birgalikda foydalanish jamoa bo‘lib iste’mol qilishni bildiradi. Shuningdek, mavzuga doir adabiyotlarni va boshqa ko’plab manbalarni, mutahasislarning fikrlarini o’rganib chiqib quyidagilarni taklif qilaman: O‘zbekiston Respublikasida iste’mol tarkibidagi o‘zgarishlar doimiy nazorat qilib borishni va zarur choralar ko’rishni; O‘zbekistonda Markaziy bankning depozit siyosati va uning hozirgi holatini tahlil qilish va yaxshilashni; iste’mol va jamg‘arma funksiyalari mutanosibligini ta’minlash aholi jamg‘armalarini tijorat banklariga jalb qilish bankning depozit hisob raqamlarida bo‘sh pul mablag‘larini kamaytirish; to‘g‘ri belgilangan foiz siyosatini olib borish; doimiy ravishda jalb qilingan resurslar bo‘yicha shakllanayotgan foizli harajatlar miqdorini kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish; FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR Ўзбекистон Республикаси Президенти Ш.Мирзиёевнинг Олий Мажлис Сенати ва Қонунчилик палатасига Мурожаатномаси. Тошкент. 2017й. 22.12. www.uza.uz. Ўзбекистон Республикаси Президентининг 22.01.2018 йил ПФ-5308-сонли “2017-2021 йилларда Ўзбекистон Республикасини ривожлантиришнинг бешта устувор йўналиши бўйича ҳаракатлар стратегиясини «Фаол тадбиркорлик, инновацион ғоялар ва технологияларни қўллаб-қувватлаш йили»да амалга оширишга оид давлат Дастури тўғрисида”ги фармони. Мирзиёев Ш.М.. Қишлоқ хўжалиги ва озиқ-овқат соҳаси вакиллари учун катта синов ва кенг имкониятлар йили. 14 апрель 2020 й.. www.prezident.uz/uz/lists/view/3500. Мирзиёев Ш.М. Қишлоқ хўжалиги ва озиқ-овқат маҳсулотлари ишлаб чиқариш – eнг долзарб масала. 10 апрель 2020 й. www.prezident.uz/uz/lists/ view/3493. Абдураҳмонов Қ.Ҳ, Холмўминов Ш.Р. “Меҳнат иқтисодиёти ва социологияси”. Тошкент - 2004 йил. Ўлмасов А. “Иқтисодиёт асослари”. Т.: Меҳнат - 1997 йил. Хусаинов Ғ.Л., Сайиткулова П.И. “Меҳнатга ҳақ тўлаш тизимини такомиллаштириш масалалари”. Иқтисодиёт ва таълим. №1, 2018. 93-96 бетлар. Татаркин А., Полбицын С.. Региональный вектор продовольственной безопасности России// АПК: eкономика и управление, №12 2015 г. Ушачев И., Серков А., Бондаренко Л., Аварский Н., Чекалин В., Тарасов В. Доктрина продовольственной безопасности Российской Федерации нуждается в совершенствовании // АПК: eкономика и управление, № 9 2015 г. Саидова Д.Н., Рустамова И.Б., Турсунов Ш.А. (2016). Аграр сиёсат ва озиқ-овкат хавфсизлиги. Ўқув қўлланма. –Т.: ЎзР Фанлар Академияси Асосий кутубхонаси нашриёти. – 260 б. World bank, 1986. Poverty and Hunger: Issues and Options for Food Security in Developing Countries. Washington DC. http://www-wds.worldbank.org. Продовольственная и сельскохозяйственная организация Объедененых Наций. Состояние рынков сельскохозяйственной продукции: 2015-2016 годы. Рим, 2015 г. www.fao.org. Internet ma’lumotlari www.registr.stat.uz. www.minjust.uz. www.norma.uz http://www.rbc.ru/business. www.un.org/sustainabledevelopment. www.fao.org/sustainable-development-goals. https://stat.uz/uploads/docs/ qishloq_xo'jaligi_dekabr_uz.pdf. Глобальная торговля продукцией сельского хозяйства – ERI (eurasian-research.org) Пандемия шароитларида қишлоқ хўжалиги ва озиқ-овқат хавфсизлиги – Газета.uz (gazeta.uz) Download 75.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling