Mavzu: jamg’arma va unga ta’sir etuvchi omillar. Mundarija: kirish I bob jamg‘arma funksiyalari mutanosibligini ta’minlash muammolari
-rasm. Iste’mol tovarlarini iste’mol qilinish muddatiga ko‘ra bo‘linishi
Download 75.61 Kb.
|
Jamg’arma va unga ta’sir etuvchi omillar.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Unumli iste‘mol
1-rasm. Iste’mol tovarlarini iste’mol qilinish muddatiga ko‘ra bo‘linishi
Aholi iste’mol tovarlariga bo‘lgan talablari shakllanishida quyidagi umumiy omillar muhim rol o‘ynaydi: - ijtimoiy-iqtisodiy va demografik xususiyatlar, daromad va bilim darajasi, mashg‘ulot turi bilan tavsiflanuvchi ijtimoiy guruh; - etnik guruh – millat (o‘zbek, rus, tojik, arab va boshq.); - demografik guruh - yoshi, jinsi, dini, oila a’zolari soni; - hayot tarzi – hayotiy faolligi, qiziqishlari, qarashlari va demografiyasi. Yuqoridagi omillar o‘z o‘rnida aholining iste’mol tovarlariga bo‘lgan ehtiyojlarini xususiyatini aniqlashga ta’sir qiladi. Iste’mol tovarlari bozorining muhim xususiyatlaridan biri aholi daromadlari va undan kelib chiqib aholining to‘lov qobiliyatining hisobga olinishidir. Iste’molchilarning bilim darajasi bevosita ular daromadlari darajasiga ta’sir qiladi, shuningdek, ularning mutaxassisligi ham to‘lov qobiliyatini belgilovchi omillardan sanaladi. Har bir mamlakatni daromad bo‘yicha taksimotini o‘ziga xos belgilari bo‘lib, bu guruhlarga bo‘lish doimiy bo‘lmay, u jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy, pul muomalasini o‘zgarishiga qarab o‘zgarib boradi. Iste’mol tovarlari hajmi va aholining to‘lov qobiliyati o‘rtasidagi mutanosiblik ham bevosita aholi daromadlariga qarab turli mamlakatlarda turlicha bo‘lishiga olib keladi. Shunday qilib, mamlakatda iste’mol tovarlari bozorini shakllantirsh uchun quyidagi omillar ta’sir ko‘rsatadi: aholi to‘lov qobiliyati; ommaviy axborot vositalari; mamlakatdagi mavjud ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoit; hukumat tashkilotlari va boshqa qonun chiqaruvchi organlar; fan va texnikaning rivojlanish holati; madaniyat va milliy an’analar darajasi; aholining iste’mol tovarlariga bo‘lgan talabi; narx-navo va boshqa omillar. Iste’mol tovarlari va boshqa turdagi tovar va xizmatlardan foydalanishga qilinadigan harajatlari quyidagilarda deb hisoblaymiz: - oziq-ovqat mahsulotlari uchun qilinadigan harajatlar; - kiyim-kechakka, poyafzal, material va boshqalarga qilinadigan harajatlar; - mebel, xo‘jalik mollari va idishlar sotib olishga qiliniladigan harajatlar; - attorlik, parfyumeriya mollari sotib olishga qilinadigan harajatlar; - sport mollari va maishiy xizmat tovarlarini sotib olishga qilinadigan harajatlar; - tamaki mahsulotlari sotib olishga qilinadigan harajatlar; - turli ichimliklar sotib olishga qilinadigan harajatlar; - boshqa turdagi tovarlar sotib olishga qilinadigan harajatlar; - kommunal to‘lovlar uchun to‘lov; - dam olish, sanitariya gigiena, sog‘liqni saqlash, maishiy xizmatga qiliniladigan harajatlar; - transport va aloqa tizimidan foydalanishga qiliniladigan harajatlar va boshq. Aholi daromadlarining me’yoriy va boshqa ko‘rsatkichlari aholi to‘lov qobiliyati va iste’mol tovarlari hajmi o‘rtasidagi mutanosiblikni o‘zida mujassamlashtiradi. Bu mutanosiblik shundan iboratki, bunda daromadlardan kelib chiqqan holda iste’mol tovarlariga mablag‘ ajratiladi va ana shu mablag‘larga mos iste’mol tovarlari hajmi belgilanib olinadi. Milliy iqtisodiyotning yaratishdan hosil bo’lgan milliy daromad iste‘mol va jamg’arish maqsadlarida ishlatiladi. Iste‘mol jamiyat iqtisodiy ehtiyojlarini qondirish jarayonida ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlaran foydalanishni bildiradi. Bunda unumli va shaxsiy iste‘mol farqlanadi. Unumli iste‘mol bevosita ishlab chiqarish jarayoniga tegishli bo’lib, ishlab chiqarish vositalari va inson ishchi kuchining iste‘mol qilinishini, ya‘ni ulardan ishlab chiqarish maqsadida foydalanish jarayonining anglatadi. Download 75.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling