Mavzu: Jamoada hamshiralik ishini tashkil etishda hamshiraning o`rni. Reja


Download 23.21 Kb.
bet3/5
Sana19.06.2023
Hajmi23.21 Kb.
#1615133
1   2   3   4   5
Bog'liq
Jamoada hamshiralik ishini tashkil etishda hamshiraning o

Jamoada hamshiralik ishi
(3) Green L.W. ning ta'rifi
Sanitar ta'lim bo'yicha yetakchi bo'lgan Amerikalik ijtimoiy psixologiya bo'yicha olim Grin (Green L.W.) quyidagi ta'rifni beradi:
“Sanitar ta'lim bu turli uslublarni jamlash va ularni salomatlikka doir amaliy erkin tanlovni amalga oshirish uchun rejaga ko'ra ishlatish”.
Ushbu ta'rifning xususiyati “amaliy erkin tanlovni amalga oshirish” degan jumaladan iborat. Harakatlarni qayta shakllantirish deganda erkin tanlov tushuniladi.
2. Sanitar ta'limning ko'rinishlari.
1) Boshlang’ich sanitar ta'lim
Sog’lom odamlarga yo'naltiriladi va kasallikning odlini olishni o'z oldiga maqsad qilib qo'yadi. Bu toifaga gigiena, kontratseptsiya, ovqatlanish va shaxsiy o'zaro aloqalar bilan shug’ullanuvchi bolalar va o'smirlar uchun ko'p ta'lim dasturlari kiradi. Boshlang’ich sanitar ta'lim nafaqat kasalliklarning oldini olish bilan, balki sog’liq sifatini yaxshilash, demak hayot sifati bilan ham shug’ullanadi.
2) Ikkinchi sanitar ta'lim
Bemorni uning salomatligi va uni yaxshilash uchun nima qilish mumkinligi to'g’risida xabardor qilish. Salomatlikni tiklash bemordan hayot tarzini yoki xulqini yoki tayinlovlar rejimini bajarishni, o'zini o'zi mustaqil parvarish qilishga o'rganishni va o'ziga o'zi yordam ko'rsatishni talab qilishi mumkin.
3) Uchinchi sanitar ta'lim.
Kasalliklarining oldi olinmagan yoki buning imkoni bo'lmagan va butunlay yo'qotib yuborib bo'lmagan bemorlarni o'qitish bilan shug’ullanadi. Uchinchi sanitar ta'limning katta qismini qayta tiklash dasturlari egallaydi.
2. Sanitar ta'limni rejalashtirish va bajarish.
Ob'ektlarning sog’liq bo'yicha ehtiyojlariga mos kelish, va sanitar ta'limning kundalik hayot faoliyatidagi muayyan xarakatlarning qayta shakllanishi bilan bog’liq rejani olib borish zarur.
(1) Materiallarni tayyorlash uchun ma'lumotlarni yig’ish.
Ob'ektning salomatlik bo'yicha ehtiyojlarini to'laroq aniqlash uchun quyidagi punktlar bo'yicha ma'lumotlarni yig’ish olib boriladi:
(1) Ob'ekt to'g’risidagi asosiy ma'lumotlar (yoshi, jinsi, xulqi, o'zini o'zi parvarish qila olishi)
(2) Ijtimoiy omillar va ob'ektning salomatlik holatiga ta'sir ko'rsatuvchi atrof muhit omillari.
(3) O'z salomatligiga doir ishonishlar va kundalik faoliyat.
2) Materialni tuzish uslublari
Ob'ektning turmush tarziga, o'zining salomatligiga doir ishonch va tushunishga, sog’liqqa doir muammolarning ko'rinishlari va xokazolarga mos aniq va oson ishlatish mumkin bo'lgan materiallar tuziladi.
Ko'rish va eshitish hissi bilan bog’liq material sifatida komyuterlar, video va teatr tomoshalari kabi qo'llanmalardan foydalaniladi. Shuningdek oilada bor buyumlardan foydalanish mumkin. Bukletlar, broshyuralar, plakatlar, devoriy diagrammalar, devoriy gazetalar, izohli qog’oz suratlar, mulyajlar va namunalar tuziladi.

Download 23.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling