Mavzu: Janubi-Sharqiy Osiyoning davlarining temir davri yodgorliklari


Janubi-Sharqiy Osiyoning qadimgi davr tarixi va arxeologiyasi


Download 31.24 Kb.
bet3/3
Sana20.11.2023
Hajmi31.24 Kb.
#1788745
1   2   3
Bog'liq
Mavzu Janubi-Sharqiy Osiyoning davlarining temir davri yodgorli-fayllar.org

Janubi-Sharqiy Osiyoning qadimgi davr tarixi va arxeologiyasi.
Botqoqli vodiylar, kichik tog` daryolari, tropik o’rmonlar bilan qoplangan baland tog`lar Janubiy-Sharqiy Osiyo uchun xarakterli hol. Bu yerda eramizdan avvalgi VIII ming yilikdayoq mezolit davrida o’troq manzilgohlar paydo bo’lgan. Neolit davrida esa sholikorlik xo’jaligi qadimgi janubiy-sharqiy Osiyoda keng tarqalgan.

Janubiy-Sharqiy Osiyoning kontinental qismida yashagan qadimgi xalqlar avstroosiyoliklar (monlar, kxmerlar va boshqalar) orollarda austroneyziylar (malayalar, yavalilar va boshqalar), etnograflar ularning barchasini qo’shib austri xalqlari deb ataydilar. Qadimda eng rivojlangani austroosiyo viloyatlaridan janubiy hindi-xitoy tekisliklaridir. Bu yerda eramizdan avvalgi III ming yillikda aholi dastlab mis keyinchalik jez davriga mustaqil o’tadilar. Er. avv. II ming yillikda janubiy- sharqiy Osiyo taraqqiyotda qo’shni viloyatlardan orqada qola boshlaydi.


Daryolarning murakkab tizimi xo`jalikning bosh yo`nalishi bo’lgan sholikorlik zarur bo’lgan sun'iy sug`orish tizimini barpo qilishni qiyinlashtirgan. Uzoq vaqt jamiyatning asosiy bo`g`ini bo’lib, sholikorlik bilan shug`ullanadigan kichikroq qishloq jamoalari qolavergan. Faqat so’nggi jez asrida er. avv. I ming yillikda Dongshon sivilizatsiyasi vaqtida (Dongshon qishlog`i yonida bu madaniyatning birinchi qabri topilgan) janubi-sharqiy Osiyoning katta va o’rta daryolari vodiylarida katta-katta dehqonchilik manzilgohlari paydo bo’ladi. Bu davrda omoch dehqonchiligi paydo bo’ladi, jamiyat ijtimoiy tuzilmasi murakkablashadi.
Yaqinda topilgan juda kam sonli o’ziga xos iyerogliflarga o`xshash yozuvlardagi qadimiy yozma manbalar mavjud. Janubi-sharqiy Osiyoning qadimgi tarixini qayta tiklashda ilk o’rta asr (vyet, mon va boshqalar) xronikalari hamda qadimgi Xitoy, qadimgi hind, antik mualliflar asarlari va manbalari muhim rol o`ynaydi. Ilk sinfiy jamiyatlar qadimgi austroosiyo va ularga qarindosh qadimgi vyetlarda paydo bo’lib Garbiy Hindixitoyda hozirgi shimoliy Vetnam orqali Yanszi quyi oqimigacha cho`zilib ketgan. Ularning orasida davlatlarning to’rt guruhini ko’rsatish mumkin: shimoli-sharqiy Hindixitoy va janubiy Xitoy dengiz qirg`og`i: janubiy Hindixitoy davlatlari; Malakka yarim oroli va arxipelagida qadimgi Indoneziya davlatlari; shimoliy Hindixitoyning markaziy qismi va tay tilli, birma tilli xalqlar joylashgan qo’shni hududlar davlatlari6.
Qadimgi Vyet davlatlari va ularning qo’shnilari Shimoliy Vetnamdagi va Janubiy dengizning shimoliy qismidagi davlatlardan shimolroqdagi qadimgi Xitoy an'analariga ko’ra birinchi navbatda «varvar» (Xitoy an'anasi nuqtai-nazaridan) Eyu (Vyet) podsholigi tarixda yaxshiroq ma'lum.
Yue podsholigi er. avv. VII asrda Yanszi daryosining quyi oqimida paydo bo’lgan. Uning ijtimoiy tuzilishi qadimgi Xitoy podsholiklariga qaraganda soddaroq bo’lgan. Aholining asosiy mashg`uloti sug`orma sholikorlikdir. Er. avv. IV-III asrlarda Yanszi daryosining yuqori qismida besh davlat: Xanchxa, quyi qismida Vanglang (keyin Aulak), sharqda Teyau, Namvyet va boshqalar mavjud bo’lgan. Ular yuqori ijtimoiy taraqqiyot darajasida bo’lganlar. Janubiy podsholiklarda ham madaniyatini qabul qilish shimolga qaraganda ancha yuqori bo’ladi7.
Er. avv. III asrda hududdagi eng rivojlangan davlatlardan Xongxa daryosining quyi qismi va unga qo’shni hududlarda Siszyan pastida vetnamliklarning ajdodlari lakvyetlar joylashgan davlat Namvyet edi. Aulakda aholining asosiy qismini jamoachilardan iborat mayda ishlab chiqaruvchilar tashkil qilgan. Turli manbalar Namvyet jamiyatida qullar mavjudligini ko’rsatadi. Hukmron sinflar jamiyatda katta yer-mulk egalari hukmron tabaqa bo’lib, ular bilan bog`langan xizmat zodagonlari, qullar va mayda ishlab chiqaruvchilar bo’lgan. Davlat tepasida hukmdor turgan. Qadimgi vyetlar madaniyati o’ziga xos edi. Ayniqsa, ajdodlarga e'tiqod, yer ruhiga, timsoh-ajdar va suvda suzuvchi qushlarga sig`inish keng tarqalgan.
Er. avv. 221-214-yillarda Aulak, Teyau va Namvyet davlatlari Sin imperiyasi bilan o’z mustaqilliklari uchun urush olib boradilar. Urushlar jarayonida Aulak o’z mustaqilligini saqlab qoladi va Teyauning bir qismini o’ziga qo’shib oladi. Namvyet bir necha yil Sin qo’shinlari tomonidan bosib olingan. Er. avv. 207 yilda Namvyet va Aulak davlatlari birlashadi. Bu davlat er. avv. II asrda janubiy –sharqiy Osiyoda eng kuchli davlat bo’lib, faqat Xan imperiyasidan kuchsizroq bo’lgan. Eramizdan avvalgi II asr boshlarida Namvyet Vo'ongi (hokimi) o’zini Xan imperatoriga teng deb e'lon qiladi. Mamlakat iqtisodiyotini asosini sholikor hududlar tashkil qiladi. Bu davlatda yirik shaharlar, rivojlangan ichki va tashqi savdo, hunarmandchilik mavjud edi8.
Er. avv. II asr boshlarida Namvyet-Aulak hukmdorlari urushlar va diplomatik yo`l bilan qo’shni davlatlarni qo’shib olishga harakat qiladilar, ammo er. avv. III asrda mamlakat Xan imperatori U-di tomonidan bosib olinadi. Xan imperiyasi mamlakat ichki ishlariga aralashmaydi. Imperiya «varvarlarni varvaralar boshqaradi» siyosatini olib boradi9.
Er. avv. III-II asrlarda Janubiy-Sharqiy Osiyoni tog`li hududlarida qadimgi
Tay Diyen va Yelan davlatlari alohida guruhni tashkil etadi. Bu yerda dehqonchilik zaif bo’lib, chorvachilik yetakchi o’rin egallagan. Shu bilan birga bu yerda qandaydir birma tilli guruhlar va Markaziy Osiyo chorvador aholisi bilan birgalikda ilk sinfiy jamiyatlar shakllantirilgan.Qullarning safi mahalliy etnik birliklarni qaram qilish hisobidan to`ldirildi10.
Er. avv. I asr boshlarida Xan ma'muriyati hozirgi Shimoliy Vetnamdagi lanvyetlarni ommaviy assimilyatsiya qilish siyosatini olib borgan. Bu siyosat kuchli qarshilikka uchraydi va zodagonlar boshchiligida qo’zg`olonlar ko`tariladi. 40-50 yillarda Lanvyetlar «ikki opa-singil» boshchiligida qo’zg`olon ko`tarib Xan hokimiyatini ag`darib tashlaydilar va o’z mustaqilliklarini qayta tiklaydilar. Xan imperiyasi uzoq urushlardan so’ng, mamlakatda o’z nazoratini qayta tiklaydi, lekin mahalliy aholini assimilyatsiya qilish siyosatidan voz kechishga majbur bo’ladi. Eramizning I-V asrlarida Vetnamga Hindistondan buddizm, Xitoydan xitoy madaniyati kirib keladi. Buddaviylik XII va XIII asrlargacha hukmron dinga aylanadi.
Mon-Kxmer va Indoneziyaliklarning davlat birlashmalari Eramizning boshlarida Hindixitoy va Indoneziya yirik daryo vodiylarida sinfiy jamiyat va davlatlar shakllanadi. So’nggi jez davrida xo’jalikning yuqori taraqqiyoti, temir qurollaridan keng foydalanishga o`tish, davlatni shakllanishiga olib keladi11.
Janubiy Hindistonning dravid xalqlari orqali shimoliy Hindiston, Yaqin Sharq va o’rtayer dengizi bilan doimiy aloqalar o`rnatiladi. Tekislikda vyetlarda bo’lgani kabi yetakchi ijtimoiy birlik kichik qishloq jamoasi edi. Vodiylarda yuqori darajada rivojlangan dehqonchilik, tog`li viloyatlarda ovchi-termachilik xo’jaligi mavjud bo’lgan. Mahalliy jamiyatlarning o’ziga xosligi bir etnolingivistik guruh ichida tekislikda yuqori taraqqiyot darajasiga erishgan dehqonlar bilan qo’shni tog`lik vohadagi ovchi-terimchilarning birgalikda yashashi edi. Ana shunday ijtimoiy- iqtisodiy har xillik sinfiy jamiyat va davlatni ibtidoiy jamoa munosabatlari hukm surgan viloyatlar bilan ajratilishiga sabab bo’ldi.
Aulak, Bapnom (Funan), Shrikistra (Tarekittara), Suvannabxumi (Janubiy Birma) dagi va Tyao Praye (Menam), Malakk yarimorolidagi va arxipelagidagi Malay, ilk Yava davlatlari ma'lum bir siyosiy-iqtisodiy yadro-aholi zich joylashgan sholikor voha va uning poytaxti atrofida joylashgan edilar. Hukmdor barcha yer zahirasini oliy egasi edi. Bir qism yer zodagonlarning merosiy yeri, ibodatxona va koxinlarning «abadiy» yerlari bo’lgan. Aholining asosiy qismi erkin jamoatchilardan iborat bo’lib, koxinlar, zodagonlar qatlami mavjud bo’lgan. Qullar kam sonli bo’lgan. Ko’pgina Mon va Kxmer davlatlari eramizning I asrlari atrofida paydo bo’ladi. Ular bir-birlari bilan yaqin aloqada bog`langanlar. Bu davlatlar ichida eng kattasi Bapnom (Funan) imperiyasi bo’lib, u o’zining gullab yashnagan davrida Janubiy Hindixitoyning butun mon va kxmer tekisligini egallagan12.
Bapnom davlati yangi eraning birinchi asrlarida vujudga keldi. Eramizning II-III asrlarida mamlakatni birlashtirilish tugagach qadimgi kxmer hukmdorlari istilochilik urushlarini olib boradilar. Kxmer hukmdorlaridan eng mashhuri Fanishman bo’lgan. U kuchli flot quradi va qator qo’shni viloyatlarni bosib oladi. Bapnomning harbiy, dengiz va savdo qudrati er. avv IV asrgacha o’sib boradi. Irrigasiya va ibodatxonalar qurilishi keng miqyosda olib boriladi, mamlakatda xinduizm va budda e'tiqodlari tarqaladi va hukmdor hokimiyati kuchayadi.
V-IV asr boshlarigacha qadimgi kxmer jamiyatida shimoliy guruhlar kuchaydi. Ular ilgari savdoda ishtirok etmagan edilar. Sekin-asta ular dengiz bo`yi hududlarini bo’ysundiradilar. Bapnom imperiyasi zaiflashib inqirozga yuz tutadi. Mon-Kxmer xalqlari janubiy Hindiston madaniyatining ayrim unsurlarini jumladan yozuv, diniy til, ayrim diniy tasavvurlarni, monlar asosan buddizmni, kxmerlar hinduizmni qabul qilganlar.
Indoneziya xalqlarining qadimgi davlatlari I-IV asrlarda orollarda davlatlarning g`arbiy (malaya), sharqiy (yava) guruhlari paydo bo’ladi. Garbiy guruh Sumatra davlatlarini tashkil qildi, ularning ichida ayniqsa markaziy Sumatraning tekislik qismida Malakka yarim orolining kichik davlatlari boshchiligida markazlashuv jarayoni tez boradi. Bu davlatlar hayotida tashqi savdo, tranzit savdo (ko’pgina ziravorlar, Molukka orollari bilan savdo qilingan) yetakchi o’rin tutadi. Janubiy–sharqiy Osiyoning bu asrlardagi dengizchilari Mon-kxmer va indoneziyaliklar edi. Shalmaladvipi (Malakka orolining qadimgi nomi) davlatlaridan eng mashhuri (II asrdan) Kataxa va Tambralinga edi. Ular nisbatan kuchli qo’shinga ega bo’lgan boy davlatlar bo’lgan. Bu davlatlarda madaniy taraqqiyot darajasi yuqori bo’lib, shahar aholisi orasida sanskrit adabiyoti, yozuv va tili, hinduizm va budda diniy ta'limoti keng tarqalgan13.
Yava va Kalimantandagi Malaya va Yava davlatlari agrar mamlakatlar edi. Garbiy Yavadagi Taruma va Mulavarman davlatlari (IV-V asrlar) sun'iy sug`orish inshootlarini qurishni amalga oshiradilar. Qullar, chorva va yer-mulkni xususiy mulkligini induizm koxinlari qo’llab-quvvatlaydilar.
Hindixitoy yarim orollarining sharqiy qirg’og’ida indoneziya tillari oilasiga mansub xalklar yashaydigan Tyampa boshdan kuchli dengiz flotiga ega bo’lgan, yirik savdo davlati bo’lgan. Tyampa hokimlari qirg`oq bo’yidagi qo’shnilarini talash bilan shug`ullanar, dengizdagi o’z qudratini muntazam namoyish qilar edilar.
Madaniyatda Tyampa Indoneziya dunyosiga tegishli bo’lib, ko’p hollarda ularga kxmerning ta'siri kuchli bo’lgan. Xan Xitoyi bilan urushlar, doimiy diplomatik va savdo aloqalari bilan almashinib turilgan14.
Janubi-Sharqiy Osiyoning paleolit davri yodgorliklari Birmadagi ilk Anyat, Indoneziyaning Yava orolida joylashgan Pachitan, Vetnamdagi Shonvi, Malayziyadagi Kota-Tampan va boshqa bir qator yodgorliklarni keltirib o’tishimiz mumkin. O’rta va yuqori paleolit davrida Janubiy-Sharqiy Osiyoning paleolit davri moddiy madaniyati Ko’xna dunyoning boshqa xududlariga nisbatan o’ziga xos taraqqiyot yo’llarini bosib o’tgan. Tosh qurollar indusriyasida makrolitlik saqlanib qolingan. Pachitan yodgorligi Yava orolining markaziy qismida joylashgan bo’lib, paleolit davri yodgorligi hisoblanadi. Sangiran yodgorligi esa bu Janubiy-Sharqiy Osiyoda mikrolit tosh qurollar ishlab chiqarish texnikasining tarqalganligidan dalolat beradi. Malayziyada joylashgan mashxur Nia g’ori T. Garrison tomonidan o’rganilgan bo’lib, bu yodgorlikda arxeologik davrlarinng ketma-ketligini kuzatishimiz mumkin. Unda topilgan eng qadimgi tosh qurollarining davriy sanasi 39500 yilni tashkil etmoқda. Nia g’or-makonidan topigan Homo sapienslar tegishli tana suyaklari taxlili ularning avstraloid irqiga oid ekanligini ko’rsatmoqda. Janubiy-Sharqiy Osiyoda yer sharining boshqa hududlariga farqli ravishda mezolit davri alohida arxeologik davr sifatida ko’rsatilmaydi. Biz Janubiy-Sharqiy Osiyoda mezoneolit davri madaniyatlarini kuzatishimiz mumkin. Ya’ni Janubiy-Sharqiy Osiyoda mezolit va neolit davriga oid madaniyatlarning bir vaqtning o’zida mavjud bo’lganligini kuzatishimiz mumkin.
Janubiy-Sharqiy Osiyoning mezoneolit davri yodgorliklaridan biri Xoabin madaniyatidir. Xoabin madaniyati uchta davriy bosqichga ajratiladi. Ilk, o’rta va quyi Xoabin bosqichlari. Ilk Xoabin davriy sanasi miloddan avvalgi 48-23 ming yilliklar, o’rta Xoabin miloddan avvalgi 23-13 ming yilliklar va quyi Xoban miloddan avvalgi 13-8 ming yilliklar. Ushbu madaniyatning uchta davriy bosqichga bo’linishi arxeolog olim V. Solxeym tomonidan amalga oshirilgan. Mezoneolit madaniyatiga oid navbatdagi yodgorlik Ruxlar g’ori hisoblanadi. Ruxlar g’orining davriy sanasi miloddan avvalgi 12 ming yillikni tashkil etadi15.

Xulosa.
Bu kurs ishidan xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, Janubi-Sharqiy Osiyo mamalakatlari anchagina tarixiy ahamiyatga ega hudud hisoblanadi. Bu mintaqadagi barcha davlatlarda ham sivilizatsiya bir xil darajada bo’lmaganligini ko’rdik. Bu mintaqada rivojlanish bosqichlari turli darajada bolganligi bilan izohlanadi. Yavadan topilgan Pitekantrop ( “pitekus” – maymun, “antropos” – odam, ya’ni maymun odam) suyaklari anchagina e’tiborga molikdir. Bu suyak qoldiqlari Janubi-Sharqiy Osiyo mintaqasida ham qadimgi odamlar yashaganligini ko’rsatib beradi. Pitekantroplarni miya hajmi 900 sm bo’lib, cherepi (bosh qismi) ko’p hollarda maymunlarnikiga o’xshash bo’lgan. qoshi bo’rtib chiqqanligini ko’rishimiz mumkin.

Agar avstrolopitekni bosh suyagi bilan pitekantropni solishtirsak, pitekantroplarniki ancha taraqqiy etganini ko’ramiz. Aniqrogi, pitekantroplarning boshini hajmi avstrolopiteknikiga nisbatan 1,5barobar katta. (avstrolopiteklarning miya xajmi 550-600 sm. ) shuni alohida ta'kidlash keraki, pitekantroplarning suyak qoldiqlarini xammasi pereanlotennie xolatida topilgan. Buning ustiga ular tosh qurolari bilan birga topilmagan. Chunki madaniy qatlam joyidan tabiat kuchlari ta'sirida siljigan. Shuning uchun xam olimlar urtasida pitekantroplar qurollar yasashni bilganlarmi? Yoki blimaganlarmi? Deb munozara bo’lgan. Lekin shu pitekantroplarning suyak qoldiqlari topilgan joylardan uzoq bo’lmagan joylarda tosh qurollar topilgan. Ularni shu pitekantroplarga tegishli. Ular tabiat kuchlarining ta'sirida xar xil joylarga joylashgan deb xulosa qiluvchilar ham bor.


Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.

1) Bernard Eccleston. Michael Dawson. “ The Asia-Pacific Profile”. Routledge(UK). 2010.

2) Борисковский П.И. “Каменный век Южной и Юга – Восточная Азии” Ленинград. 2001.
3) Carolyn L. Mya Than. “ASEAN Enlargement: impacts and implications” London. 2007.
4) Ian Shaw. Rober Jameson. “A Dictionary of Archaeology”.UK. 1999.
5) Miriam T. Stark. “Archaeology of Asia”. Blackwell Publishing Ltd. London. UK. 2006.
6) Деревянко А.П. Каменный “ Северной Восточной Центральной Азии”. Новосибирск. 1997.
7) Roger Lewin. “Human evolution: an illustrated introduction / 5th ed”. Blackwell, 2005.
8) Алексеев В.П.. Першиц.А. И. “История первобытнова обшества” . Москва. 1999.
9)Борисковский П.И “Кишиликнинг енг кадимги хаёти “. Тошкент.1959.
10) Вишняцкий Л.Б. Введение в преисторию. “Проблемы антропогенеза и становления культуры: - Кишинев: Высшая Антропологическая Школа”. Москва. 2005.
11) Автор составитель КЮТ.Е Древние Люди. «Финекс» - Санкт-петербург.2007.

1 Bernard Eccleston. Michael Dawson. “ The Asia-Pacific Profile”. Routledge(UK). 2010. P.: 66-67.



2 Wikipedia.



3 Bernard Eccleston. Michael Dawson. “ The Asia-Pacific Profile”. Routledge(UK). 2010. P.: 69-70.



4 Carolyn L. Mya Than. “ASEAN Enlargement: impacts and implications”. London. 2007. P.: 114.



5 Wikipedia.



6 Ian Shaw. Rober Jameson. “A Dictionary of Archaeology”.UK. 1999. P.: 209-211.



7 Miriam T. Stark. “Archaeology of Asia”. Blackwell Publishing Ltd. London. UK. 2006.



8 Борисковский П.И. “Каменный век Южной и Юга – Восточная Азии” Ленинград. 2001. C.:133



9 Деревянко А.П. Каменный “Северной Восточной Центральной Азии”. Новосибирск. 1997 C.:342



10 Miriam T. Stark. “Archaeology of Asia”. Blackwell Publishing Ltd. London. UK. 2006.



11 Ian Shaw. Rober Jameson. “A Dictionary of Archaeology”.UK. 1999. P.: 221.



12 Roger Lewin. “Human evolution: an illustrated introduction / 5th ed”. Blackwell, 2005. Р.: 14-16



13 Roger Lewin and Robert A. “Evolution the human story, Principles of Human Evolution”. Great Britain, 2011, oley, 2nd ed., Blackwell, 2004. P 45-46



14 Деревянко А.П. Каменный “Северной Восточной Центральной Азии”. Новосибирск. 1997 C.:221



15 Roger Lewin and Robert A. “Evolution the human story, Principles of Human Evolution”. Great Britain, 2011, oley, 2nd ed., Blackwell, 2004. P.: 201-202






http://fayllar.org
Download 31.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling