Mavzu: Janubiy Amerika materigi ichki suvlari Reja
Download 26.75 Kb.
|
Janubiy Amerika ichki suvlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mamore va Beni
- Pilkomayo, Bermexo
Churun daryosining yuqori oqimida uning ustunsimon Auyan-Tepua massividan tushadigan yerida dunyodagi eng baland Anxel sharsharasi- balandligi 1054 m, bor. Аnхеl — Vеnеsuelаdаgi shаrshаrа, Gviаnа yassitоg`ligidаgi Churun dаryosi (Оrinоkо dаryosi hаvzаsi) dAmazonka 1054 m bаlаndlikdаn (Yеr shаridаgi eng bаlаnd shаrshаrа) оqib tush аdi. 1935 y.dа vеnеsuelаlik uchuvchi X. Аnхеl tоmоnidаn kаshf qilingаn.
Tog`likdan Gviana pasttekisligiga tushadigan yerlarda ham sharsharalar ko`p. Potaro daryosidagi Kayeteur sharsharasi Anxel sharsharasidan ancha past 225 m bo`lsa ham, lekin Niagara sharsharasidan bir necha baravar baland va dunyodagi eng yirik sharsharalardan biri hisoblanadi. Amazonka sistemasi bilan Paragvay orasidagi suvayirg`ichda qadimgi fundamentning anteklizasi joylashgan bo`lib, u eng baland joyi 1425 m ga yetadigan yassi qirlarni hosl qiladi. Bu qirlardan va And tog`laridan oqib tushuvchi daryolar tekislikda aylanib oqib, unda qum va gil yotqiziqlarini qoldiradi. Bu daryolarning ko`pi yilning qurg`oqchil faslida qurib qoladi. Daryolar o`zanlari bo`ylab yopishqoq balchiq yerlar cho`zilgan bo`lib, ular yomg`irgarchilik davrida odamlar uchun juda xavflidir. Qurg`oqchilik davrida qurib, daryolarning baland, barqaror qirg`oqlarini hosil qiladi. Gran-Chakoning shimolida Mamore va Beni daryolari havzasida, namgarchilik davr 5-6 oygacha cho`ziladi va yog`inning umumiy miqdori 1500 mm gacha ko`payadi. Yog`in taqsimotidagi aniq ifodalangan davriylik bu yerda ham saqlanadi, lekin qishki nam yetishmasligi o`simliklarda Gran-Chakodagidek keskin aks etmaydi. Yozda mo`l-ko`l yog`adigan yomg`irlar va bular natijasida daryolarning kuchli toshishi tekislik hududni suv bosib va botqoqlanib ketishiga sabab bo`ladi. Tuproqqa singigan nam quruq davr boshida o`simliklarni ta’minlab turadi. Bunday sharoit paragvay daryosining yuqori oqimidagi Braziliya tog`ligiga tutashib turgan va Pantanal deb ataladigan soylik uchun ham xosdir. Paragvay va uning irmoqlari seryomg`ir yoz davrida yassi tekis yerlarga toshib ketib, uni yaxlit botqoqlikka aylantiradi. Qurg`oqchil davr boshlanishi bilan daryolar o`z o`zaniga qaytadi va bunda ko`pincha oqim yo`nalishini o`zgartiradi. Gran-Chakoning Paragvay havzasiga qaraydigan daryolari-Pilkomayo, Bermexo va boshqalar ham yomg`irli faslda to`lib oqadi va kuchli toshadi. Ular juda ilon izi bo`lib oqadi va har yili toshqin vaqtida o`z o`zanini o`zgartiradi. Tuprog`I sho`r bo`lganligi sababli Gran-Chakoning ba’zi daryolari va deyarli barcha ko`llarning suvi sho`r. tekisliklarning eng past yerlarida seryomg`ir davrda vaqtli sho`r ko`llar vujudga keladi. O`lkada yo`llar deyarli butunlay bo`lmaganligidan daryolar katta transport ahamiyatiga ega. Parana va Paragvay daryolari, shuningdek Paragvayning faqat yomg`irli davridagina kichik kemalar qatnay oladigan irmoqlari Gran-Chakoning ichki rayonlariga kiriladigan asosiy yo`llar bo`lib xizmat qiladi. Parana va Urugvayning sersuv ko`pdan-ko`p irmoqlari oqib o`tadigan Urugvay platosi va ikki daryo oralig`i suv bilan yetarli miqdorda ta’minlangan. Lekin sernam Pampada daryolar kam, uni Kordilyera yoni yoki Janubiy s’yerralardan oqib tushadigan uncha katta bo`lmagan oqar suvlar kesib o`tadi. G`arbga tomon, quruq Pampadan oqar suvlar miqdori keskin kamayadi, u yerda odatda qattiq yomg`irlar yog`adigan davrdagina suv bo`ladigan kichikroq vaqtli oqar suvlar ko`pchilikni tashkil qiladi. Sho`r ko`llar ko`pincha yer osti suvlarining yuqorigi qatlamlari ham sho`r bo`ladi. Qurg`oqchil davrda qurib qolgan ko`llar tagi, qurib qolgan daryo o`zanlari tuz bilan qoplanadi. Butun Pampada ichishga yaroqli chuchuk suvlar chuqur quduqlardan olinadi. Kordilyera yoni tog`larida butun o`lka suvga juda kambag`al, buning ustiga grunt suvlari va yer usti suvlarining anchagina qismi sho`rlangan, bunga gruntning sho`rligi sababdir. Oqar suvlar And tog`lari va s’yerralarining sharqiy yonbag`irlarida vujudga kelib, qumlar orasida yo`qolib ketadi yoki quruq Pampa hamda ichki soyliklardagi sho`r ko`llar va botiqlarga quyiladi. Yozda tog`lardagi qorlarning erishi va yomg`ir suvlari qo`shilgach, daryolarning toshishi katta vayronaliklarga sabab bo`ladi, yilning boshqa vaqtida ular juda sayozlanib qoladi. Ko`p daryolar tog`lardan chiqishi bilan ular suvi sug`orishga olinadi. Sug`oriladigan yerlarda vohalar bunyod etilgan, vohalarda uzum (Mendosi rayoni), shakarqamish (Tukuman rayoni) va boshqa madaniy o`simliklar yetishtiriladi. Patagoniya platosidagi kam sonli aholi manzilgohlari shamollardan to`silgan va suv bilan ta’minlangan daryo vodiylarida to`plangan. Suvayirg`ich yerlarda odatda suv btunlay yo`q. uncha ko`p bo`lmagan daryolar And tog`laridagi ko`l va muzliklardan suv olganligi sababli ularda suv doim oqib turadi. Patagoniyning deyarli hecha qayerida yerni sug`ormasdan dehqonchilik qilish mumkin emas. Chubut daryosidan janubda sun’iy sug`orilsa ham don ekinlari pishmaydi. Karib Andi tog`laridan Karib dengizi tomonga kichik va kalta daryolar oqib tushib, sohilga ko`p miqdorda nuroq jinslarni olib keladi; ohaktoshlar yer yuzasiga chiqib yotadigan joylarda suv deyarli butunlay yo`q. Download 26.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling