Mavzu: jinoyat ishlarini tergov qilishda zamonaviy axborot texnologiyalari imkoniyatlaridan foydalanishning ahamiyati
Download 54.6 Kb.
|
1 2
Bog'liqReferat namuna
Oldingi tahrirga qarang.
og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyatlarni sodir etganlik uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxslar yarashilganligi munosabati bilan jinoiy javobgarlikdan ozod etilmasligiga oid qoida voyaga yetmaganlar, birinchi va ikkinchi guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar, ayollar, oltmish yoshdan oshgan erkaklar va ehtiyotsizlik orqasida jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan qo‘llanilmaydi; voyaga yetmaganlar, birinchi va ikkinchi guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda pensiya yoshiga yetgan shaxslarga nisbatan uch yildan ortiq bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo nazarda tutilgan qasddan sodir etilgan jinoyatlarga doir, shuningdek, ehtiyotsizlik oqibatida sodir etilib, buning uchun besh yildan ortiq bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo nazarda tutilgan jinoyatlarga doir ishlar bo‘yicha qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llashga yo‘l qo‘yilmaydi. (5-bandning uchinchi va to‘rtinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-noyabrdagi PF-26-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 06/21/26/1111-son) 6. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda jinoyat ishining tergovga tegishliligi institutini yanada takomillashtirish bo‘yicha qonun loyihasini ishlab chiqsin va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritsin. Bunda, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksida nazarda tutilgan hollarda jinoyat ishi bir surishtiruv yoki dastlabki tergov organidan boshqasiga o‘tkazilishi faqat O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori va uning o‘rinbosarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar prokurorlari va ularga tenglashtirilgan prokurorlar tomonidan amalga oshirilishi mumkinligini nazarda tutsin. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori, Davlat xavfsizlik xizmati raisi, ichki ishlar vaziri, Milliy gvardiyasi qo‘mondoni va Davlat bojxona qo‘mitasi raisining alohida e’tibori jinoyat ishlarining tergovga tegishliligi to‘g‘risidagi jinoyat-protsessual qonunchiligi normalariga so‘zsiz rioya etilishi uchun jinoyat ishlarini tergov qilish vakolatiga ega bo‘lgan tegishli tuzilmalar rahbarlari shaxsan javobgar hisoblanishiga qaratilsin. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori jinoyat ishlarini tergovga tegishliligiga oid qoidalarga so‘zsiz rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha tizimli choralar ko‘rib borsin. 7. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda: “Elektron jinoiy-huquqiy statistika” yagona axborot tizimida yaratilgan jinoyatga oid ariza, xabar va boshqa ma’lumotlarni elektron ro‘yxatga olish va ularni ko‘rib chiqish natijalarining yagona elektron hisobini yuritish imkonini beruvchi dasturiy modulni barcha tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlarga ulanishini va 2021-yil 1-yanvardan boshlab to‘liq ishga tushirilishini; uch oy muddatda jinoyatlar haqidagi ariza, xabar va boshqa ma’lumotlarni qabul qilish va ko‘rib chiqish, shuningdek, tergovga qadar tekshiruv harakatlarini o‘tkazish tartibini belgilovchi normativ-huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiqilishini ta’minlasin. 8. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuraturasi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiyasi va Davlat bojxona qo‘mitasi Moliya vazirligi bilan birgalikda 2021-yil 1-iyunga qadar: surishtiruvchi va tergovchilarni videotasvirga olish vositalari bilan ta’minlash; tergov hibsxonalari va jazoni ijro etish muassasalarini tergov harakatlarini videokonferensaloqa rejimida o‘tkazishda foydalaniladigan texnik vositalar va uskunalar bilan to‘liq jihozlash va ularning uzluksiz ishlashini ta’minlash choralarini ko‘rsin. 9. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va Ichki ishlar vazirligi: 2021-yil 1-yanvarga qadar Toshkent shahar prokuraturasi tergov bo‘linmalari va Ichki ishlar bosh boshqarmasi tergov boshqarmasining faoliyatini xalqaro standartlar va ilg‘or xorijiy tajribaga muvofiq namunaviy tarzda tashkil etsin. Bunda, ularni zamonaviy kriminalistik uskunalar bilan jihozlangan avtotransport vositalari, protsessual harakatlarni audio va videoga qayd etish tizimlari hamda stenografiya yuritish uskunalari bilan ta’minlashga, shuningdek, xizmat binosida maxsus tergov hamda gumon qilinuvchi va ayblanuvchining himoyachi bilan xoli uchrashish xonalarining mavjudligiga alohida e’tibor qaratilsin; 2021-yil yakuniga qadar tergov bo‘linmalarining namunaviy faoliyatini tashkil etishning natijalarini inobatga olgan holda bunday tajribani boshqa barcha surishtiruv va dastlabki tergov tuzilmalarida joriy etish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga taklif kiritsin. Belgilab qo‘yilsinki, ushbu Farmonning 8 va 9-bandlarida nazarda tutilgan tadbirlar bilan bog‘liq sarf-xarajatlar tegishli davlat organlarining budjetdan tashqari mablag‘lari va xalqaro hamkorlar ko‘magi hisobidan hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi. 10. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi: bir oy muddatda Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi va boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda tergov sohasida malakali kadrlarni tayyorlashga ixtisoslashgan oliy ta’lim muassasasini tashkil etish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish; ikki oy muddatda prokuratura organlarining belgilangan shtat birligi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyat va Toshkent shahar prokuraturalari tizimida prokuror-kriminalist lavozimini joriy etish; uch oy muddatda Davlat budjeti parametrlarida prokuratura organlari uchun ajratilgan mablag‘lar doirasida va budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan prokuror-kriminalistlarni zamonaviy maxsus jihozlar bilan ta’minlash choralarini ko‘rsin. 11. Ushbu Farmonda belgilangan chora-tadbirlarning samarali va o‘z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida bir oy muddatda: O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori (Yo‘ldoshev), Davlat xavfsizlik xizmati raisi (Azizov), ichki ishlar vaziri (Bobojonov), Milliy gvardiya qo‘mondoni (Djurayev) va Davlat bojxona qo‘mitasi raisi (Azimov) — respublika va viloyatlar darajasidagi hay’at yig‘ilishlarini onlayn tarzda o‘tkazib, unda surishtiruv va dastlabki tergov tuzilmalari rahbarlari va mas’ul xodimlariga sud-tergov faoliyatida shaxsning huquq va erkinliklarini himoya qilish kafolatlarini ta’minlash bo‘yicha yangi qabul qilingan choralar mazmun-mohiyati yetkazilishi va amaliyotga to‘g‘ri tatbiq etilishini ta’minlasin; O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi (Kamilov) — Oliy sud Plenumining navbatdan tashqari yig‘ilishida qabul qilingan Farmon normalari sudlarda to‘g‘ri tatbiq etilishi, shuningdek, sud-tergov faoliyatida shaxsning huquq va erkinliklarini himoya qilish kafolatlarini ta’minlash ustidan sud nazoratini kuchaytirish masalalarini ko‘rib chiqsin; O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori (Xodjayev) O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, Milliy teleradiokompaniyasi va “Dunyo” axborot agentligi bilan birgalikda — ommaviy axborot vositalari, mahalliy va xorijiy ekspertlar hamda fuqarolik jamiyati institutlarini jalb qilgan holda ushbu Farmonda belgilangan chora-tadbirlarni aholi va ekspertlar hamjamiyati orasida keng yoritish choralarini ko‘rsin. 12. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi mas’ul vazirlik va idoralar bilan birgalikda ushbu Farmonda nazarda tutilgan chora-tadbirlar ijrosi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga har chorakda axborot berib borsin. 13. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Oliy sudi, Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida takliflar kiritsin. 14. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin. Jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchiligining samarali tizimini yaratish davlatning qonuniylik va huquq-tartibotni ta’minlash, inson huquq va erkinliklari, jamiyat va davlat manfaatlari, tinchlik va xavfsizlikni ishonchli himoya qilish bo‘yicha ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi. Shu bilan birga, sud-tergov amaliyoti tahlili, shuningdek, xalq bilan bevosita muloqot natijalari ushbu sohada bir qator tizimli muammo va kamchiliklar mavjudligini ko‘rsatdi, xususan: birinchidan, jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchiligi tizimida fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini samarali himoya qilish, jinoyat ishlari bo‘yicha sudgacha va sud jarayonida qonuniylikni ta’minlashga to‘sqinlik qiluvchi huquqiy bo‘shliqlarning mavjudligi; ikkinchidan, jinoyatlarni profilaktika qilish va oldini olish, shuningdek, fuqarolarga yuksak huquqiy madaniyat va qonunga hurmat hissini singdirish borasidagi huquqiy mexanizmlarning yetarli darajada samarador emasligi; uchinchidan, alohida turdagi jinoyatlarni sodir etganlik uchun sanksiyalar qilmishlarning ijtimoiy xavflilik xususiyati va darajasiga nomuvofiqligi, jumladan jazoning muqobil turlari, rag‘batlantiruvchi normalar va jamoat ta’sir choralari yetarli darajada qo‘llanilmasligi va samarasizligi; to‘rtinchidan, tezkor-tergov tadbirlarini o‘tkazish sifatining qoniqarsizligi va protsessual qonunchilik talablarini buzgan holda olingan ma’lumotlardan dalil sifatida foydalanilishi; beshinchidan, xalqaro amaliyotda e’tirof etilgan jinoyat-huquqiy institutlarning yetarli darajada implementatsiya qilinmaganligi, jumladan yuridik shaxslar jinoiy javobgarligining mavjud emasligi; oltinchidan, sud-tergov faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish juda past darajada ekanligi. Zamonaviy xalqaro standartlar va ilg‘or xorijiy tajribani inobatga olgan holda, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchiligini takomillashtirishning mutlaqo yangi ustuvor yo‘nalishlarini ishlab chiqish va amalga oshirish maqsadida: 1. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchiligini takomillashtirish konsepsiyasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchiligini takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari va vazifalari etib belgilansin: jinoyat qonunchiligi normalarini unifikatsiya qilish; jinoiy javobgarlik va jazo tizimini takomillashtirish; fuqarolar huquq va erkinliklari, jamiyat va davlat manfaatlarining ta’sirchan va ishonchli muhofaza qilinishini ta’minlash; jinoyat-protsessual qonunchiligi normalarini tizimlashtirish va uyg‘unlashtirish; jinoyat protsessida shaxsning huquq va erkinliklari kafolatlarini ishonchli ta’minlash mexanizmlarini takomillashtirish; jinoyat protsessining yangi shakl va tartib-taomillarini kiritish. 2. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Oliy sudi va Ichki ishlar vazirligining quyidagilarni nazarda tutuvchi “Elektron jinoyat ishi” dastlabki loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan jinoyat ishlarini yuritish tartibini bosqichma-bosqich raqamlashtirish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin: jinoyat ishlari bo‘yicha ish yurituvni elektron shaklda yuritish va protsessual harakatlarni amalga oshirish vaqtida surishtiruv organlarining prokuratura organlari, sudlar va jazoni ijro etish organlari, shuningdek, boshqa tashkilotlar bilan ma’lumotlar almashinuvi imkoniyatini beruvchi himoyalangan tizimni, jumladan axborot tizimlari va ma’lumotlar bazalarini integratsiya qilish, jinoyat ishlari bo‘yicha statistika yuritishni avtomatlashtirish orqali joriy qilish; hujjatning yagona identifikatorini joriy etishni hisobga olgan holda jismoniy va yuridik shaxslarning surishtiruv organlari, sudlar, prokuratura organlari bilan Internet tarmog‘i orqali axborot almashinuvini ta’minlash; jinoyat ishlari bo‘yicha surishtiruv amaliyotida jinoyat-protsessual hujjatlarining yagona elektron shaklini ishlab chiqish; jinoyat ishlarini yuritish jarayonlarini, shu jumladan jinoyat ishlari bo‘yicha elektron ish yurituvda tartib-taomillarni qisqartirish va ortiqcha bosqichlarni chiqarib tashlash orqali optimallashtirish; protsessual harakatlarni amalga oshirish tartiblarini, jumladan elektron shaklda sanksiyalar olish, dalillarni to‘plash, ekspertizalar, sud muhokamasi o‘tkazish va sud qarorlarini ijro etish orqali soddalashtirish. 3. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchiligini takomillashtirish bo‘yicha idoralararo komissiya (keyingi o‘rinlarda Idoralararo komissiya deb yuritiladi) tashkil etilsin va uning tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 4. Idoralararo komissiya (O.B. Murodov): ikki hafta muddatda O‘zbekiston Respublikasining jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchiligini takomillashtirish, shuningdek, “Elektron jinoyat ishi” dastlabki loyihasini amalga oshirish bo‘yicha ishchi guruhlar tashkil etsin va ularning ish rejalarini tasdiqlasin; 2018-yil 1-dekabrga qadar Toshkent shahrining Yakkasaroy va Mirobod tumanlarida “Elektron jinoyat ishi” dastlabki loyihasi (keyingi o‘rinlarda — dastlabki loyiha) amalga kiritilsin; 2019-yil 1-oktabrga qadar dastlabki loyihaning sinovlari natijalaridan kelib chiqib, jinoyat ishlari bo‘yicha elektron ish yurituvi joriy qilinishi munosabati bilan jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchiligini takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritsin; 2019-yil 1-dekabrga qadar ushbu qaror bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchiligini takomillashtirish konsepsiyasi asosida Jinoyat kodeksi va Jinoyat-protsessual kodeksining yangi tahrirdagi loyihalarini kiritsin. Ushbu bandda belgilangan vazifalarni amalga oshirish doirasida: jinoyat va jinoyat-protsessual huquqi sohasidagi ilg‘or xalqaro tajribani, umume’tirof etilgan norma va standartlarni, jumladan joylarga chiqqan holda o‘rganishni; ilmiy doiralar, fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari vakillari va xorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda uchrashuvlar, seminarlar, davra suhbatlari va matbuot anjumanlari tashkil etishni ta’minlasin. 5. Dastlabki loyiha ishtirokchilari ro‘yxati va uni amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi 3 va 4-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin. 6. Belgilab qo‘yilsinki, dastlabki loyihani amalga oshirish doirasida: bir vaqtning o‘zida hujjatlarning qog‘oz va elektron shakllaridan foydalaniladi; O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi “Elektron jinoyat ishi” loyihasining amalga oshirilishi va yuritilishiga mas’ul bo‘lgan vakolatli organ hisoblanadi; ish o‘rinlarini jihozlash, ichki lokal-hisoblash tarmoqlarini tashkil etish tegishli vazirlik va idoralar — dastlabki loyiha ishtirokchilarining o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi; aloqa kanallari bilan ta’minlash “O‘zbektelekom” AK tomonidan Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan amalga oshiriladi; “Elektron jinoyat ishi” tizimini yaratish va joriy etish, uni dastlabki loyiha ishtirokchilarining mavjud axborot tizimlari va resurslari bilan integratsiya qilish va axborot xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha zaruriy choralarni ko‘rish, loyiha hujjatlarini ishlab chiqish “UZICON.UZ” DUK tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish markazi bilan birgalikda Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan amalga oshiriladi. 1994-yilda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat va Jinoyat-protsessual kodekslari shaxsni jinoiy tajovuzlardan samarali muhofaza qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklari hamda jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qilish, qonuniylik va huquqiy tartibotni ta’minlash uchun huquqiy poydevor yaratdi. O‘tgan yillar mobaynida mamlakatimiz jinoyat va jinoyat-protsessual qonun hujjatlarida uning normalarini takomillashtirishga, jinoyat protsessiga jalb etiladigan fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini so‘zsiz ta’minlash maqsadida ilg‘or xalqaro standartlar va xorijiy amaliyotni implementatsiya qilishga qaratilgan sezilarli o‘zgarishlar yuz berdi. Jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchiligini takomillashtirish sohasidagi davlat siyosatining eng muhim yo‘nalishlarini belgilab bergan 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasining qabul qilinishi sud-huquq tizimini isloh qilishning tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan bosqichi bo‘ldi. Xususan, jinoyat qonunchiligining yanada liberallashuvi hamda alohida toifadagi jinoyatlarni jinoiy yurisdiksiyadan chiqarish amalga oshirildi, ozodlikdan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolar ro‘yxati kengaytirildi. “Xabeas korpus” institutini qo‘llash sohasini kengaytirish, jinoyat ishlari bo‘yicha ish yuritishning soddalashtirilgan tartibini joriy qilish, shuningdek, sud-tergov faoliyatida fuqarolarning huquq va erkinliklarini kafolatlashni yanada kuchaytirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi. Har bir xodim tomonidan “Xalq manfaatlariga xizmat qilish” degan ezgu g‘oyani amalga oshirishga asoslangan holda huquqni muhofaza qilish organlari faoliyatini tashkil etish tubdan qayta ko‘rib chiqildi. Shu bilan birga, sud-tergov amaliyotida, jumladan mamlakatning jinoiy-huquqiy siyosatini samarali ro‘yobga chiqarishga to‘sqinlik qilayotgan, jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchiligidagi ayrim normalarning mukammal emasligi bilan bog‘liq bo‘lgan qator muammo va kamchiliklar saqlanib qolmoqda, xususan: jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchiligi tizimida fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini samarali himoya qilish, jinoyat ishlari bo‘yicha sudgacha va sud jarayonida qonuniylikni ta’minlashga to‘sqinlik qilayotgan huquqiy bo‘shliqlarning mavjudligi; jinoyatlarni profilaktika qilish va oldini olish, shuningdek, fuqarolarga yuksak huquqiy madaniyat va qonunga hurmat hissini singdirish borasidagi mexanizmlarning yetarli darajada tartibga solinmaganligi; alohida turdagi jinoyatlar uchun sanksiyalar qilmishlarning ijtimoiy xavflilik xususiyati va darajasiga nomuvofiqligi, jumladan jazoning muqobil turlari, rag‘batlantiruvchi normalar va jamoat ta’sir choralari yetarli darajada qo‘llanilmasligi va samarasizligi; tezkor-tergov tadbirlari o‘tkazish sifatining qoniqarsizligi va protsessual qonunchilik talablarini buzgan holda olingan ma’lumotlardan dalil sifatida foydalanilishi; xalqaro huquq va xorijiy amaliyotda e’tirof etilgan jinoyat-huquqiy institutlarning yetarli darajada, jumladan yuridik shaxslarning jinoiy javobgarligini belgilash sohasida implementatsiya qilinmaganligi; sud-tergov faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish juda past darajada ekanligi. Download 54.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling