Мавзу: Жисмоний тарбия дарсларида таълимнинг замонавий


Sog’lomlashtirish vazifalari


Download 237 Kb.
bet3/16
Sana08.03.2023
Hajmi237 Kb.
#1248351
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
8-9 sinflarda dars o\'tish uslubiyoti

Sog’lomlashtirish vazifalari. O’qituvchi ta’limni hal etish bilan birga unga parallel holda sog’lomlashtirish vazifasini ham qo’yadi. Buning uchun u jismoniy mashqlar darsida bajariladigan, shug’ullanuvchilar organizmiga yaxshi ta’sir etuvchi qator tadbirlarni amalga oshiradi. Bu planda jismoniy yuklar me’yorini to’g’ri belgilash, mashg’ulotlarni o’tish o’rnini gigienik holatini, ularni toza havoda tashkil etish, o’quvchilar formasiga talablar katta ahamiyatga ega. Ayniqsa har bir mashqni bajarganda shug’ullanuvchilar holatiga va nafas olishiga diqqatni qaratish zarur. Chunki mashqni to’g’ri bajarishga o’z vaqtida nafas olish va nafas chiqarish, tanani to’g’ri holatiga bog’liq bo’lib, faqat sog’lomlashtirish samarasigina berib qolmasdan, mashqlar ham muvoffaqqiyatli o’zlashtirib olinadi.
Sog’lomlashtirish vazifasini hal etishda, o’quvchilar bilan mashg’ulotlarni tashkil etganda salomatligi bo’yicha maxsus meditsina gruppasiga kiritilgan, vaqtincha jismoniy yuklardan ozod bo’lgan, kasalligi tufayli bir necha darsni qoldirgan bolalarga ayniqsa katta e’tibor berish zarur.
Sog’lomlashtirish vazifasini hal eta borish, o’quvchilarni nazorat metodi va organizm holatini baholashga o’rgatilib boriladi. Bu o’quvchilarni mustaqil jismoniy mashqlardan foydalanishga o’rgatish haqida eng zarurdir. Sog’lomlashtirish vazifasini ta’lim bilan parallel amalga oshira borib, o’qituvchi ularni diqqatini vaqti-vaqti bilan talaffuz qilishga tortadi, ularni dars konspektiga yozib boradi.
Tarbiyaviy vazifalari. Jismoniy tarbiya darslari o’quvchilar shaxsini tarbiyalashda katta ta’sir etish imkoniyatiga ega. Bu imkoniyatlar darsni tashkil etilishdan boshlanadi, agar o’qituvchi bu jarayonni boshqarsa, tarbiya vazifalari qo’yilsa, bu holda ijobiy natijalarga erishadi, agar bu jarayon o’z holiga qo’yib qo’yilsa, xatto salbiy samara olish mumkin.
Darslarni kuzatish shuni ko’rsatadiki, ba’zi bir o’qituvchilar o’quvchilar psixologik tayyorlashga ahamiyat bermaydilar. Bunda asosiy o’rinni o’quvchilarni mashqni bajarishi, o’z holatini mustaqil boshqara bilishiga jalb etishlik egallashi kerak. Masalan, rejalashtirilgan jismoniy yuklarni bajarishga irodani tarbiyalab vujudga kelgan tolishni va qo’rquvni engib o’tishga butun kuchni sarflash zarur.
Darsda asosiy e’tiborni o’quvchilarni jismoniy takomillashuv talablariga ehtiyoj hosil qilishga qaratiladi. Ehtiyoj – bu shaxsni ma’lum faoliyatlariga jalb etish bilan xarakterlanib, yashash shartini zaruriyati, sifatida idrok qilinadigan, psixologik holatdir.
O’quvchilar bilimlarni, ko’nikma va malakalarni egallab olib, o’zaro bir-biri bilan, o’qituvchi bilan musobaqada bo’lib, o’z-o’ziga xizmat qilishni, intizomga, mehnat qilishga, jamiyat mulkini saqlashga o’rganadilar. Bunday munosatlar juda ko’p va ular doimo o’qituvchining diqqat e’tiborida bo’lishi kerak. O’qituvchi ularni ko’radi, to’g’rilaydi, nazorat qiladi, zaruriy tomonga yo’lantiradi. Bu muomala va munosabatlarning kutilmaganda yuz beradigan intizom formalariga e’tibor berib, ahloqiy rivojlantirishlari uchun bor imkoniyatdan foydalanmog’i kerak.
Pedagog bolalarni tabiatga nisbatan salbiy munosabatini ko’ra bila turib befarq qaramasligi, mashqni yaxshi bajara bilmagan o’quvchi ustidan yo’l qo’ymasligi kerak. Darsni tashkil etishning an’anaviy usuli katta tarbiyaviy ahamiyatga ega, qaysiki o’qituvchi ma’lum talablarni qo’yib butun jarayonini ko’z oldida tutishi zarur.
Bu talabalar asosan quyidagilardan iborat:
- darsga sinchiklab tayyorgarlik ko’rish, darsda mehnatga bo’lgan munosabatni vujudga keltirish, o’kish vaqtida javobgarlikni his ettirish va ehtiyotkorlik muomalasini vujudga keltirish;
- darsda birgalikdagi faoliyatining muvaffaqqiyat sharti bo’lgan mehnat intizomini saqlash;
- o’rgatishni samaradorligi uchun zarur bo’lgan o’zaro munosabat, o’zaro hurmatni etik me’yorlarini saqlash;
- jihozlarga, asbob anjomlarga jamiyatni moddiy mulki ehtiyotkorlik bilan qarashga o’rgatish;
- komandalarni benuqson bajarish, saflash va qayta saflash, kollektiv faoliyatini muvaffaqqiyatli sharti ekanligini to’g’ri tushinish;
- zaruriy jihozlarni tayyorlash va ularni yig’ishtirishda katnashish, o’z-o’ziga xizmat qilishni kollektiv faoliyati sifatida qarash;
- yagona formani talab etish, o’z ramziga ega bo’lishlik vatanparvarlik va o’z kollektivini yutuq va muvaffaqqiyatlarini his etishga o’rgatish;
- o’rtoqlari muvaffaqqiyatsizliklari ustidan kulishni kat’iyan taqiqlash.
An’analarni o’rgatish uchun birinchi darslar qulay sharoit yaratadi. Bu darslarda bolalar o’qituvchini har qanday tartib intizom taklifini qabul qilishga tayyor turadilar.
Shunday qilib, darsda tarbiyaviy tarbiyaviy maqsad bo’lgandagina u dars tarbiyalaydi. Ammo bir dars jarayonida xech qachon maqsadga erishib bo’lmaydi, chunki bir darsda shaxsiy sifatlar xech qachon shakllanmaydi. Ularni amalga oshirish uchun amaliyotni ko’rsatishiga qaraganda vazifalarni o’quvchilar orasida xaqqoniy to’g’ri taqsimlab shu vazifalarni 6-8 darslar davomida takrorlash maqsadga muvofiqdir. Bu jarayonda muntazam ravishda, qo’yilgan talablarni so’zsiz bajarilishini talab etish, unga sharoit yaratib berish hamda o’quvchilar faoliyatlarini doimo baholab borish zarur.
Darsga qo’yilgan maqsad, qator vazifalarni izchillik bilan amalga oshirish orqali hal etiladi. Shunday qilib vazifa maqsadga erishish bosqichi hisoblanadi.
Agar masalan, o’qituvchi o’quvchilarda insonparvarlikni rivojlantirishni maqsad qilib qo’ygan bo’lsa, bu holda u qator vazifalarni izchillik bilan hal etmog’i zarur: bolalarda o’z o’rtoqlariga nisbatan qadr-qimmatni o’yg’otish, o’rtoqlarini muvaffaqqiyatsizliklaridan kulmaslik, do’stlari bilan umumlashish vaziyatini yaratish, darsda va darsdan tashqari hollarda o’zaro yordam qoidasini kiritib borish zarur. O’quvchilarni ozodlikka o’rgatib borib, kostyum, oyoq kiyimi, soch tarashi, mashg’ulot o’rni, asbob –anjomlarga qator talablarni kiritib borish zarur. Bunda bir vaqtni o’zida ahloqiy va estetik tarbiya vazifalari hal etilib beriladi.
Darsning tarbiyaviy imkoniyati o’quv materialini mazmunidan kelib chiqadi. Saf mashqlari, birgalikda bajarilgan harakat faoliyatlari intizomni tarbiyalaydi. O’yinlar bolalarda o’zaro aktiv munosabatni oshiradi, demak o’rtoqlik, jamoatchilikni tarbiyalaydi. Harakatli o’yinlarni tarbiyaviy imkoniyatlari ularni mazmunidan iboratdir. Masalan, “Kosmonavtlar”, “Otliq sportchilar” tengqurlariga nisbatan diqqat muomalasini tarbiyalaydi.
O’qituvchining sportchilarning qahramonliklari haqidagi suhbati katta tarbiyaviy ahamiyatga ega. Bu ma’lumotlarni e’lon qilganida darsning me’yori buzilmasiligi kerak.
Vazifalarni qo’yish jarayonida o’quvchilarda ularda qanday bajarish haqida aniq tushuncha hosil qilish zarur. Shundagina o’quvchilarga qo’yilgan vazifalarga nisbatan ongli muomalal va faolligi ortadi. Agarda qo’yilgan vazifalarni har xil usullar bilan xal etish imkoni bo’lsa, ularni aytib o’quvchilarga eng yaxshi variantlarini tanlab olishlari uchun berishlari kerak. Ayniqsa buni yuqori sinqlarda dars o’tganda amalga oshirish zarur.
Qo’yilgan vazifalar vaqt limitiga muvofiq bo’lishi va uning irodasi o’quvchilarga tushunarli bo’lib uni bajarishi darajasi o’zlarini baholay bilishlari kerak. Har bir darsda o’qituvchi ko’p vazifalarni hal etadi, ammo asosiy diqqatni o’tilayotgan dars vazifasiga qaratadi. O’rgatish bilan bog’liq bo’lgan bunday vazifalar darsga ikkita uchta kiritilishi mumkin, ayniqsa sport o’yinlarida. Ularni o’qituvchi darsning boshlanishida o’quvchilarga e’lon qilinadi. Shuning bilan birga darsni tarbiyaviy va sog’lomlashtirish ahamiyati olg’a turmog’i kerak. Masalan, o’quvchilarni ikki tomonlama o’yinga jalb etib, g’alabaga erishish uchun jamoa bo’lib ko’rinishni ahamiyatini eslatib qo’ymog’i zarur.
Darsni vazifasi, ularni qo’yilishi va o’quvchilar ongiga etkazilishida jismoniy tarbiya bo’yicha ishlarni boshqa formalari bilan chambarchas bog’liqligini unutmaslik kerak. Har bir o’qituvchi shuni yodda tutishi kerakki, rasmiyatchilik munosbati bilan qo’yilgan vazifalarga o’quvchilar ham rasmiyatchilik munosabati bilan qo’yilgan vazifalarga o’quvchilar ham rasmiyatchilik munosabati bilan javob beradilar.
Umumta’lim xunar maktablarini isloh qilishning asosiy yo’nalishlarini kuchaytirish talab etiladi. Mamlakatni ilg’or maktablarining amaliyoti va ko’pgina ilmiy-qidiruv ishlarning tahlili shuni ko’rsatadiki, o’quvchilarda o’z-o’zini jismoniy takomillashtirish talabini shakllantirish jarayoni qator o’zaro bog’langan yo’nalishlardan iborat:
-bolalarda jismoniy mashqlar mashg’ulotlariga qiziqish va ijobiy muomalada bo’lishni tarbiyalash;
-o’quvchilarni maxsus bilimlar bilan qurollantirish, ular asosida muntazam mashg’ulotlarni zarurligiga ishonch hosil kilishni shakllantirish;
-mustaqil mashg’ulotlarni tashkil qila bilish va malakani shakllantirish;
-o’quvchilarni har kunlik jismoniy tarbiya mashg’ulotlariga amaliy o’rgatish;



Download 237 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling